Hozirgi paytda turli operatsion tizimlar mavjud. Masalan: UNIX, MS DOS,
PS DOS, DRD DOS, OS/2, WARP, WINDOWS, MACINTOCH,
LINUX va
boshqalar. Bundan tashqari, xizmat qiluvchi dasturlar mavjud. Ular
dastur utilitlari
deb atalib, yordamchi amallarni bajarib, kompyuter
ishlashini qulaylovchi
dasturlardir.
Amaliy dasturlar predmet sohadan olingan alohida masalalar va ularning
to‘plamini yechish uchun qaratilgan bo‘lib, amaliy
masalalarni yechish uchun
mo‘ljallangan. Bunday dasturlar majmui
amaliy dasturlar paketi
(ADP) deb
ataladi.
Dasturlar odatda magnit yuritgichlarda joylashgan bo‘ladi. Ammo
operatsion tizimlar va u bilan bog‘liq dasturlar ancha katta hajmga ega bo‘lgani
tufayli keyingi paytlarda lazer disklariga yozilmoqda.
Ba’zi bir tizimli dasturlar, masalan, kiritish-chiqarishning
asosiy tizim
dasturlari (ular BIOS (Basa Input Output System)) deb ataladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri
kompyuterning doimiy xotirasida saqlovchi qurilmasiga yozilgan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: