418
o’zlashtirishga bunday yondashish, unli va undosh tovushlarni puxta o’zlashtirishga
imkon berishi bilan birga, o’quvchilarning aqliy qobiliyatini o’stirish vazifasini ham
bajaradi; xususan, bolalar kuzatilgan hodisaning bir necha belgilarini taqqoslashga,
umumlashtirishga o’rganadilar.
O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yozuvda harflar
bilan ifodalanadi. 1-sinf o’quvchilari quyidagilarni bilib olishlari lozim:
A.tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz;
b) harfni ko’ramiz, o’qiymiz va yozamiz;
v) harf – tovushning yozuvda ifodalanadigan belgisi.
O’quvchilar ko’pincha tovush bilan harfni aralashtirib, xatoga yul qo’yadilar.
Ularda grafik malakani shakllantirish uchun quyidagilarni o’rgatish zarur:
1) bir undosh harf yozuvda ikki undosh tovushni ifodalashi mumkin (masalan,
maktab
so’zidagi
b
harfi
p
tovushini,
maktabim
so’zidagi
b
harfi
b
tovushini
ifodalaydi);
2)
jo’ja, jajji
so’zlaridagi
j
tovushi (jarangli, portlovchi) ham,
jurnal, vijdon
so’zlaridagi
j
tovushi (jarangli, sirg’aluvchi) ham bitta
j
harfi bilan ifodalanadi;
3)
tong, keng
so’zlaridagi uchinchi jarangli undosh tovush
(ng)
ikki harf
birikmasi
(ng)
bilan ifodalanadi;
4) sh, ch harf birikmalari ham bir tovushni ifodalaydi (shamol, choy).
Dostları ilə paylaş: