413
Ayniqsa, “Nutq va matn” mavzusida bir mavzudagi ikki xil nutq yoki matn o`qib
esgittirilsa, o`quvchi ularni bir-biriga taqqoslaydi, ularning o`xshash va farqli
tomonlarini aniqlaydi. O`zining nutqiga e`tiborli bo`lishga harakat qiladi. Nutqni
tinglash orqali adabiy talaffuz meyorlarini o`zlashtiradi, ifodali o`qish san`atini
o`rgananadi.
Darslik materialiga yordamchi vosita sifatida turli jadvallardan, rasmli
albomlar va tarqatma materiallardan, diapozitiv va diafilmlardan ham unumli
foydalaniladi
.
Jadvallar darslik materialini puxta va ongli o`zlashtirishga ko`maklashadi.
Ayniqsa, so`zlarni guruhlashda jadvallar ancha qo`l keladi. “Otlarning kelishik
qo`shimchalari bilan qo`llanishi” jadvali mavzuni o`rganishda va jadval asosida 4-
sinf ona tili darsligidagi mashqlarni bajarishda o`quvchilarga yordam beradi.
Darslik materialini to`ldirishga xizmat qiladigan yana bir vosita rasmli albomlar
va rasmli tarqatma materiallardir. Rasmlar o`quvchilarning ijodiy fikrlashini
rivojlantirish, o`rganilayotgan til hodisasini amalda qo`llab matnlar yaratish, tasvir,
rivoya, muhokama matnlar yaratishda muhim o`rin egallaydi, boshlang`ich sinf
o`quvchilarning yoshi, hayotiy tajribasi ko`rgazmalilikni taqozo etadi. Ona tili
mashg`ulotlarida foydalaniladigan rasmlar yuksak badiiyligi, o`rganilayotgan
mavzu talabiga mosligi, sinfo`quvchilarining yoshi va bilim saviyasiga muvofiqligi,
rasmda rassom maqsadining ifodalanganligi, nutq o`stirishga xizmat qilish darajasi
kabilarga mos kelishi lozim.
Rasmlardan so`z tanlashda, so`z birikmalari va gaplar qurishda, ijodiy
diktantlar yozishda, og`zaki va yozma matnlar tuzishda, insho o`tkazishda keng
foydalaniladi.
Rasmli tarqatma materiallar ham darsning muhim vositalaridan biridir. Bu
vosita darsni o`quvchilarning saviyasiga qarab tabaqalashtirishda, har bir
o`quvchining imkoniyatidan kelib chiqib topshiriq berishda, bolaning mustaqil
ijodiy faoliyat ko`rsatishini ta`minlashda muhim o`rin egallaydi. Rasmli tarqatma
materiallardan o`quvchilarning so`z boyligini oshirish, berilgan so`zga ma`nodosh,
uyadosh va qarama-qarshi ma`noli so`zlar tanlashda, o`quvchilarning ijodiy
414
fikrlashini tashkil etishda (bitta rasmga bir nechta sarlavha topish, sarlavha talabidan
kelib chiqib, har xil reja tuzish, nutq sharoitiga mos ravishda fikrni bayon qilish)
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: