412
-o`quvchilarni to`g`ri va adabiy talaffuzga o`rgatish, imloviy savodxonlik
ko`nikmalarini shakllantirish;
-fikrni og`zaki ba yozma
shakllarda bayon qila olish;
-o`quvchilarda milliy ong va milliy mafkurani tarbiyalash;
-kundalik hayot uchun zarur bo`lgan taklifnoma,
tabriknoma, e`lon, maktub,
tushuntirish xati, ishonch qog`ozi kabi ish qog`ozlarini yuritish.
Boshlang`ich sinf ona tili darsliklari bilim berish, o`rganilgan bilimlarni
mustahkamlash va takrorlashni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan.
Har bir mavzu
yoki bo`limning oxirida berilgan ijodiy-amaliy ishlar ( savol va topshiriqlar)
o`quvchilarning egallagan bilim, malaka va ko`nikmalarini mustahkamlaydi.
Ona tili darslarida qo`shimcha vositalardan foydalanish.
Ona tili ta`limi
jarayonida darslikdan tashqari qo`shimcha vositalar: maxsus yaltiroq plyonkalarda
tayyorlangan chizmalar (transporatlar), darsliklar asosida yaratilgan multimediya
darsliklari, o`quv filmlari va diafilmlar, ovozni yozib olish vositalari, jadval, rasmli
albom, televidenie eshittirishlari kabilardan ham foydalaniladi. Bu vositalar
o`qituvchi tomonidan tayyoranishi ham, maxsus majmua sifatida
nashr etilishi yoki
chiqarilishi ham mumkin. Ona tili mashg`ulotlarida maxsus yaltiroq plyonkada
kichik hajmda tayyorlangan chizmalar,
jadvallar, ayrim izohlar, topshiriqlarni
grafonproektorlar orqali yiriktirlashtitilib namoyish
etish samarali vositalardan
sanaladi. Plyonkaga tushirilgan til materialining anchagina ustunlik tomonlari bor.
Avvalo, plyonkadagi material orqali barcha o`quvchilar diqqatini o`rganilayotgan
muammoga qaratish mumkin. Shuningdek, bir materialni bir necha bo`lakka bo`lib,
o`quvchilar diqqatiga havola qilishda bunday usul qo`l keladi.
Dostları ilə paylaş: