-nchi, -inchi
qo’shimchasini oladi
va hokazo.
“Son – so’z turkumi” sifatida unga xos bo’lgan quyidagi xususiyatlar ajratiladi:
A.shaxs; b) narsalarning sanog’ini, tartibini bildiradi va nechta?, qancha?
so’roqlariga javob bo’ladi; v) gapda otga bog’lanib keladi; g) gapda ikkinchi darajali
bo’lak vazifasida keladi.
489
Bu bosqichda og’zaki va yozma shakldagi ijodiy yozma ishlar (tabiat, yil
fasllari, qushlar, hayvonlar, o’simliklar haqida kichik hikoya tuzish) o’tkaziladi,
o’quvchilarning sonlardan o’rinli va savodli foydalanishlariga diqqat qaratiladi. Son
bilan shakldosh so’zlar o’quvchilarga aniqlatiladi, ma`nosi izohlatiladi:
uch-uch,
yuz-yuz, qirq-qirq
kabi.
4-bosqich
da eng asosiy eotibor sonlarning imlosiga qaratiladi, yaoni
sonlarning har bir qismini alohida yozish (etti, yigirma yetti), chiziqchasiz va
chiziqcha bilan yozish
(7 o’quvchi, 7-sinf, X sessiya, 8-dekabr, 1992-yil),
qo’shimcha qo’shilgandan keyin son o’zagidagi o’zgarishlarni yozuvda to’g’ri
ifodalash
(ikki+ov=ikkov, yetti+ov=ettov, ikki+ala=ikkala),
qo’sh undoshli
sonlarning yozilishi
(ikki, yetti, sakkiz, o’ttiz),
sonlarning
gramm, kilogramm, metr,
litr
so’zlari bilan qo’llanishi yangi bilim sifatida o’rgatiladi. Sonning 3-bosqichda
o’rganilgan grammatik xususiyatlari bu bosqichda asosan mustahkamlanadi.
Metodik ishlar mazmuni shu vazifalarni bajarishga qarab belgilanadi. Gap yoki
matnni o’rganishda, chiziqchalar o’rniga mos sonlarni qo’yib o’qish, gap tuzishda
maqollar, topishmoq; matn tuzishda ertaklardan foydalanish tavsiya etiladi.
Masalan:
_______ o’lchab, _______ kes.
_______ yigitga _______ hunar oz.
____ ketib,
_______ qoldi.
Bir mayizni _____ bo’lib yemoq.
Pak-pakana bo’yi bor, ______ qavat to’ni bor
va hokazo.
Sonlarni miqdor bildiruvchi so’zlar bilan almashtirish: 100 ta – ancha ko’p, 2
ta – kam, oz. Ularni ifodalashdagi farqni aniqlatish: ikki raqam bilan yoziladi, kam,
oz so’zlarini raqam bilan yozib bo’lmaydi.
Sonlarning imlosiga doir mashqlarda raqamlarni harflar bilan ifodalash (2, 7,
8, 9, 11 - ikki...: 2+ov, 7+ala, 6+ov; 10 gramm, 100 so’m, o’n so’m...), harflar bilan
yozilgan sonlarni raqamlar bilan (arab va rim) ifodalash (etti o’quvchi, beshinchi
sinf, ikki ming birinchi yil, o’n to’rtinchi yanvar, 5-sinf, V sinf, 7 o’quvchi...) kabi
topshiriqlardan foydalaniladi. Mashqlar asta-sekin murakablashtirib boriladi.
490
Boshlang’ich sinflarda sonni o’rgatish ot bilan bog’liq holda amalga oshiriladi.
Sonning ot bilan bog’lanishi asosida o’quvchilar ko’p ma`lumotlarni ham
egallaydilar.
Sonni o’rganish yakunida o’quvchilar quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarni
egallashlari lozim:
1. Sonning sanoq va tartib ma`nolarini bildirishini.
2. Son nechta?, qancha?, nechanchi? so’roqlariga javob bo’lishini.
3. Son otga bog’lanib kelishini.
4. Son gapda ikkinchi darajali bo’lak vazifasida kelishini.
5. Sonlarni imlo jihatdan to’g’ri yozishni.
6.Og’zaki va yozma nutqda sonlardan to’g’ri va o’rinli foydalana olishni.
7. Sonlarga shakldosh so’zlar topishni.
8. Matndagi sonlarni boshqa miqdor bildiruvchi so’zlar bilan
almashtirishni.
Har bir grammatik mavzu bir necha darsda o’rganiladi. SHuning o’ziyoq
o’qituvchilardan har bir darsda o’rganiladigan grammatik material tabiatidan kelib
chiqib metod, usul va ish turlarini belgilab olishni, muayyan darslikdan kelib chiqib,
darsning texnologik xaritasini ishlab chiqishni taqozo etadi.
Yangi grammatik materialni o’rganish darsining qurilishi 2-sinfda
“Sanoq va
tartib bildirgan so’zlar”
mavzusi misolida quyidagicha bo’lishi mumkin:
Dostları ilə paylaş: |