Qiynamoq
– birovga ozor bermoq .
-Qiynalmoq
– birovga ozor bergach, o’zining ezilishi.
3.
Qiynamoq
fe’liga jadvaldan ma`nodosh fe’l topib ayting. (Ozor
bermoq, azob bermoq, zoriqtirmoq.)
4.
Qiynalmoq
fe’liga jadvaldan ma`nodosh fe’l topib ayting. (
Ezilmoq,
qiyinchilik sezmoq, zoriqmoq, azob tortmoq
.)
5.
SHu fe’llarga qarama-qarshi ma`noli fe’llarni toping. (…)
Husnixat darslarida bunday mashq turlari muntazam uyushtirib borildi.
Natijada o’quvchilar nutqiy faoliyati holat bildiruvchi fe’llar Bilan boyishidan
tashqari, ona tili darslarida o’rgangan ma`lumotlarini esladi. O’kish darslarida
o’kigan asari qahramonlari haqida mustaqil fikr ifodalashni, ularga munosabat
bildirishni o’rgandilar va bog’lanishli nutqi o’sdi.
503
3-4-sinf ona tili darslarida holat bildiruvchi fe’llar ustida quyidagicha
mashqlar uyushtirildi:
1. Fe’llar ichidan ijobiy munosabatni bildiruvchi fe’llarni topib yozing. Bu
topshiriq saylanma diktant shaklida qayta bajartirilib, o’quvchilar tushunchasi
nazorat qilindi.
2. SHu fe’llar ishtirokida kichik hikoyacha tuzing.O’quvchilar hikoyasidan
namuna:
Diloromning o’zidan kattalarni, o’rtoqlarini hurmat qiladi. Ulardan
yordamini ayamaydi. Do’stlariga bergan yordamidan o’zi xursand bo’ladi.
Dilorom o’zini hurmat qilmaganlardan ranjiydi.
Holat bildiruvchi fe’llar ustida ishlashda kartochkalardan keng foydalanildi.
Kartochkalarda quyidagicha topshiriqlar berildi:
1 - kartochka
Fe’llarni o’qing. Undagi fe’llar nima uchun guruhlarga ajratilgan?
Sevinmoq, quvonmoq.
Sog’inmoq, , qumsamoq, ichikmoq.
Xavotirlanmoq, bezovtalanmoq, tashvishlanmoq.
2- kartochka
Tashvishlanmoq
fe’liga jadvaldan ma`nodosh fe’l topib yozing.
(
Xavotirlanmoq, bezovtalanmoq, tashvishlanmoq.)
3 - kartochka
Tinchlanmoq, tinchlantirmoq
fe’llari qaysi guruhga kiradi? Bu fe’llar nimasi
Bilan farq qiladi? (Ishonchli holat ma`nosini bildiradi. Bu fe’llar ma`nolariga ko’ra
farqlanadi.
Tinchlanmoq
– “hayajonini, achchig’ini bosib olgan“ ma`nosini,
tinchlantirmoq
– “hayajonga tushgan odam holatini bartaraf etmoq, tinch holatga
keltirmoq“ ma`nosini bildiradi.)
O’qish darslarida ham holat bildiruvchi fe’llar ustida ishlash orqali o’quvchilar
lug’at boyligi oshirib borildi. Ma`lumki, boshlang’ich sinf o’quvchilari asar
voqealarga o’z shaxsiy munosabatini, o’qiganlarida olgan taassurotlarini, asar
qahramonlari xususidagi fikrlarini ifodalab berishga qiynaladilar.Bunga o’rgatishda
va o’quvchilar nutqini emotsional fe’llar Bilan boyitish maqsadida asar tahlilida
504
quyidagi topshiriqlar berildi. Masalan, Sunnatilla Anorboevning “Qo’rqoq“
hikoyasi o’qib-o’rganilayotganda quyidagi savol-topshiriqlar ustida ishlandi:
-Hikoyaning boshida berilgan voqealarni o’qing. Bahromda qanday holatlar
yuz berdi? (
O’rtoqlariga yurgin deb yalindi; ko’zini mo’ltillatib yotaverdi; ularning
ketidan ura qochardi
.)
-Bahromda o’rtoqlarining taonalaridan so’ng qanday holat yuz berdi? SHu
o’rinni asardan topib o’qing va so’zlab bering.
-Jumanazarda qanday holat yuz berdi?
(achindi, rahmi keldi
.)
-Hikoyadagi voqealar Bilan tanishganingizda sizda qanday hissiyotlar paydo
bo’ldi? (Bahromga achindim. O’rtoqlaridan ranjidim, Bahromga havasim keldi,
xursand bo’ldim, Bahromdek bo’lishga intildim…..)
- “Qo’rqoq“ hikoyasida yozuvchi holat bildiruvchi qaysi fe’llardan
foydalangan? (…….)
Uyga vazifa o’quvchi uchun mustaqil ish. Uning qaydaraja olgan bilimlarini
amalga tadbiq eta olishi uyda bajarib kelgan vazifasida ko’rinadi. SHuning uchun
o’kish darslarida uyga “Laqma it“ asaridan itning holatini ifodalovchi fe’llarni topib
yozing.(sovqotadi, yolvoradi, tumshayib yurar, yalinar) “Laqma it“ asari
o’rganilayotganda, “Asardagi qaysi qahramon hamma hayvonlarni bezovta qildi?
savoli berildi (it) va
bezovta qildi
fe’lining ma`nosi so’raldi. O’quvchilar qayta
hikoyalashda shu kabi fe’llardan foydalanishlari ta`kidlandi. “Tushovli toy“
hikoyasidan tushovlangan toyning holatini ifodalovchi fe’llarni topib yozing.
O’quvchi fe’llarni topish uchun asarni qayta-qayta o’qiydi va fe’llarni – harakat-
holat bildiruvchi so’zlarni boshqa so’z turkumlaridan farqlab oladi, yaoni grammatik
tushunchalarni ham mustahkamlab boradi.
“Eozoz“ hikoyasi yuzasidan quyidagicha topshiriq berildi:-Hikoyadan holat
ifodalovchi fe’llarni topib, ularning ma`nosini “Izohli lug’at“dan aniqlang. Ularni
lug’at daftaringizga yozing. (
qayg’uradilar, o’ylanadilar
.)
Yuqoridagi kabi mashqlardan so’ng o’quvchilarning lug’at boyligini aniqlash
maqsadida insho yozdirdik. Holat bildiruvchi so’zlar yuzasidan mashqlar
o’tkazilmagan vaqtda o’quvchilar yozma ishida atigi 7tagina holat bildiruvchi fe’llar
505
ishtirok etgan bo’lsa, maxsus shug’ullanishlardan so’ng 10dan ortiq holat
bildiruvchi so’zlardan foydalandilar. Fe’llarning ma`nodoshlarini qo’llab nozik
hissiyotlarini ham ifodalashga harakat qilishgan.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari lug’atini fe’llar bilan boyitish va nutqini
o’stirish uchun fe’llarning ma`nosini o’z so’zlari bilan izohlash, undan nutqda
foydalanishga ehtiyoj sezadigan vaziyatni yuzaga keltirish, fe’lning to’g’ri talaffuzi
va imlosini o’zlashtirishlari uchun turli shakl va mazmundagi mashqlar bajartirish
yaxshi natijalarni berdi.
Holat bildiruvchi fe’llar ustida ishlash o’quvchilarni axloqiy jihatdan
tarbiyalashga, nutq madaniyatining shakllanishiga katta yordam berdi.
Dostları ilə paylaş: |