495
ma`nosi va shakliga qarab farqlash ko’nikmasini hosil qilish, bo’lishsizlik
qo’shimchasi (-mA.ning talaffuzi va imlosini o’rgatish hisoblanadi.
Fe’lning harakat bildirishi yuzasidan o’quvchilarda aniq tasavvur hosil
qilish uchun o’qituvchi ularga shu darsdagi mehnat jarayonini tasvirlashni, yaoni
o’quvchilarning o’zlari bajarayotgan ish-harakatni aytishni so’raydi, suhbat
o’tkazadi. Suhbatda
“O’qituvchi nima qildi? O’quvchilar nima qildilar?
Hozir o’qituvchi nima qilyapti? O’quvchilar nima qilyaptilar? Endi
o’quvchilar nima qiladilar? O’qituvchi nima qiladi?”
kabi savollardan ham
foydalanadi. Suhbat jarayonida o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida fe’llarni
so’rog’i bilan yozib boradilar. Masalan,
nima qildi?
– so’zladi, tushuntirdi;
nima
qildilar?
– tingladilar, yozdilar;
nima qilyapti?
– tushuntirayapti, so’rayapti,
tinglayapti;
nima qilayaptilar?
– javob berayaptilar, yozayaptilar, tinglayaptilar;
nima qiladi?
– tekshiradi, ko’radi;
nima qiladilar?
– ishlaydilar, bajaradilar,
yozadilar.
Suhbatdagi yoki o’quvchilar aytgan gaplardan birini gap bo’lagi jihatdan tahlil
qilish asosida xulosa chiqariladi:
nima qildi? nima qilayapti? nima qiladi?
kabi
so’roqlarga javob bo’lib, predmet harakatini bildirgan so’zlar
fe’l
deyiladi. Fe’l
gapda kesim vazifasida keladi.
Mavzu yuzasidan o’quvchilarda ko’nikma hosil qilish uchun so’roq berib fe’lni
aniqlash, gap mazmuniga mos fe’lni tanlab qo’yish, aralash berilgan so’zlardan,
shuningdek, rasmga qarab gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi.
Dasturga ko’ra, 3-sinfda bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar o’rganiladi. Mavzu suhbat
asosida tushuntiriladi. Suhbat uchun
“O’qish darsida kimlar o’qidi?, SHokir ham
o’qidimi?, Kim so’zladi?, Alisher so’zladimi?, Barno kutubxonaga boradimi?, Abdulla-
chi?, U qachon bormoqchi?, Hozir kim tushuntirayapti?, Hozir Tohir
gapiryaptimi?”
kabi savollardan ham foydalaniladi. O’quvchilar so’roq berib fe’llarni
topadilar, ma`nosini qiyoslaydilar va o’qituvchi rahbarligida tushuntiradilar.
Xulosa chiqariladi: fe’l harakatning yuzaga chiqqanini, yaoni bajarilganligini
(o’qidi, so’zladi)
, hozir bajarilayotganini
(tushuntirayapti)
, endi bajarilishini
(boradi,
o’qiydi)
bildiradi. Bu fe’llar
Dostları ilə paylaş: