493
turkumini o’rganish vazifasi, uning lingvistik xususiyatlari va kichik yoshdagi
o’quvchilarning bilish imkoniyatlariga qarab belgilanadi.
“Fe’l” mavzusini o’rganishda asosiy vazifalar: so’z turkumi sifatida fe’l haqida
dastlabki tushunchani shakllantirish, o’quvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish hamda
og’zaki va yozma nutqda fe’ldan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini o’stirish,
o’quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, grammatik mavzu bilan bog’liq
holda ayrim imloviy qoidalarni o’zlashtirish hisoblanadi. Bu vazifalar bir-biri
bog’liq holda hal etiladi.
Fe’lning lingvistik xususiyatlari xiyla murakkab, shuning uchun boshlang’ich
sinf o’quvchilari faqat uning muhim nazariyalari bilan tanishtiriladi. Material
tanlashda shu materialning nutq va imloga oid vazifalarni hal qilishda qanchalik
zarurligi hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: