550
6. Rasm diktant.
7. Lug’at diktant.
8. Ijodiy diktant.
SHulardan saylanma, erkin va ijodiy diktantlarda matn ma`lum o’zgarishlar
bilan yoziladi.
Ta`kidiy diktant
dan qoidani tatbiq etish usullarini yaxshi bilib olish
maqsadida foydalaniladi. Matnni yozishdan oldin, uni yozish jarayonida, izohli
yozuvdagi kabi, o’quvchilar so’zni qanday yozishni va nima uchun shunday
yozilishini tushuntiradilar.Ta`kidiy dikdant matni namunasi:
Egizaklar
Hasan va Husan – egizaklar. Ular 4-sinfda o`qishadi. Hasan va Husan bir
partada o`tirishadi. Ikkisi ham a`lochi. Hamma o`rtoqlari ularni hurmat qilishadi.
Diktantni yozdirishdan oldin o`quvchilar h harfi yoziladigan so`zlarni eshitish
orqali topadilar. Uning talaffuzini izohlaydilar. So`ng o`qituvchi ”Hasan, Husan,
hamma, hurmat so`zlarini h harfi bilan yozasiz” deb ta`kidlaydi. O`quvchilar
diktantni yozib bo`lishgach, doskadagi namunaga qarab yozganlarini tekshirdilar.
Dostları ilə paylaş: