Primatolog va zoopsixolog olimlar tadqiqotlarining natijala-
riga ko ‘ra, shimpanze orangutanlarning zehni ba’zibir murakkab
xatti-harakatlar uchun yetarli hisoblanadi.
Qadimgi odamsimon maymunlar oldin sodda keyin esa
murakkabroq tosh, yog‘och qurollar tayyorlashni o ‘rganganlar
va bolalariga ham o ‘rgatganlar. Ular o'zaro imo-ishora orqali
muloqatda bo‘lganlar.
Taniqli zoolog E.Mayr qayd qilishicha, maymunlardagi
layoqat, fahm-farosat va boshqa aqliy
sifatlar tabiiy tanlanishga
ta ’sir eluvchi yangi bosim sanaladi [13].
Nirna sababdan odam ajdodlarida bunday layoqat, fahrn-
farosat paydo bo‘lgan? Bunga asosiy sabab gominidlar yoki
ularning bir populyatsiyasi tarixiy rivojlanish jaravonda shunday
vaziyatga tushub qolganki, undan chiqib ketish y a’ni omon qolish
uchun, shu paytgacha o ‘zlarida ishlatilmagan,
yashirin holdagi,
fahm-farosatdan, aql-idrokdan foydalanish zarurati tug‘ilgan.
Taxmin qilinishicha 6-3 million yillar oralig‘ida yashagan ertan
gi gominidlaming fahm-farosati, xatti-harakati, layoqati hozir
gi vaqtdagi shimpanze va boshqa yirik gavdali odamsimon may-
munlardan kam farq qilgan. Lekin bosh miya hajmining tuzilishi
hozirgi odamsimon maymunlamikidan deyarli farq qilmagan. Buni
ajablanarli tomoni yo ‘q. Axir bir necha million yillar davomida
avstralopiteklar, ularning ajdodlari ham qisman o‘rmonlarda
yashaganlar va gavda tuzilishini saqlaganlar.
Lekin taxminan 3-2,5 million yillar muqaddam, pliotsenning
oxirida, iqlim o ‘zgargan va gominidlar uchun o g 'ir
kunlar
boshlangan. Afrikaning sharqiy tomonlarida ham tabiiy sharoit
keskin o‘zgargan. Sovuq avj olgan, yom g‘irlar kam yoqqan.
Oqibatda tropik o ‘rmonlar kamaygan, savannalar maydoni esa
ortgan.
Iqlim va landshaftni o ‘zgarishi hayvonot dunyosiga o‘z
ta ’sirini ko‘rsatgan. Quruq va sovuq iqlim sharoitiga moslashish
oqibatida sutemizuvchilaming har-xil guruhlarida tur hosil bo ‘lish
jarayoni kuchaygan. Natijada 3-2,5 million yillar oralig‘ida yirik
112
tuyoqli hayvonlar va kemiruvchilarning 10 dan ortiq turlari paydo
bo‘lgan. Boshqa k o ‘pgina hayvonlar shu qatori afar avstralopitek
(Australopithecus aforensis) qirilib, uning o ‘rniga
uchta bahaybat
afrika avstralopiteki (Australopithecus africanus), Avstralopitek
gerxi
(Australopithecus
garhi)
Habashiston
avstralopiteki
(Australopithecus acthiopicus) paydo bo‘lgan. Keyinchalik 2,4-2.3
million yillar muqaddam ham iqlim quruq bo ‘lishi landshaftlarni
o ‘zgarishi davom etgan. Bunday sharoit odam ajdodlari uchun
o ‘ta noqulay bo‘lib, ular yoppasiga qirilish ostonasida turgan,
chunki himoyalanish, hujum qilish organlari unchalik yaxshi
rivojlanmagan, oyoqlari esa nomukammal tuzilishga ega bo‘lgan.
0 ‘sha davrda yashagan gominidlaming umri qisqa b o ‘lib,
baiog'at yoshiga yetmaganlar ko‘pchiIikni tashkil etgan. Ulardagi
tishlar
ustini kam yemirilganligi, kalla suyak bo‘laklari orasidagi
choklami unchalik mustahkam emasligi, bundan guvohlik beradi.
Xususan F.Tobayasa hisobiga ko‘ra, afrika avstralopiteklarining 63
tadan 35%, A. Mann aniqlashicha, bahaybat avstralopiteklaming
119 tadan 60,5% ularning suyak qoldiqlariga ko‘ra balog‘atga
yetmay o ‘lganIigini tasdiqlaydi.
Yuqorida tasvirlangan demografik parametrlar bu vaqda
tabiiy tanlanishi jadal sur’atlar bilan ketganligi, chunki gominidlar
yangi keskin o‘zgargan muhitga moslasha olmay, ko‘plab
xalok bokIganligidan darak beradi.
Shu bilan birgalikda hayot
kechirishdagi bu tanglik ikkinchi tomondan gominidlardagi yashirin
holat bo‘lgan idrokning avj olib rivojlanishiga olib kelgan. 2,6-2,5
million yillar muqaddam qazilma holdagi sodda tosh qurollarning
ko'plab topilishi gominidlar hayotida inqilobiy o ‘zgarish yuz
berganligidan, Yer yuzida dastlabki odamlar paydo bolganligidan
dalolat beradi.
A trof muhitning keskin o' zgarishi tufayli yoppasiga qirilish
arafasida turgan avstralopiteklaming bir guruhi o ‘zlarida qurol
yasashga bo ‘lgan layoqatdan foydalanib, omon qolganlar. Aqliy
layoqatning rivojlanishi tezlik bilan emas, yuz ming yillarga cho‘-
zilishi bilan tavsiflanadi.
113
Gominidlar hayotida ro ‘y bergan inqilobiy o ‘zgarish ularning
kelgusida tubdan o ‘zgarishiga olib kelgan.
Shunday qilib, iqlimning
tobora quruq ekanligi, Sharqiy
Afrikada tog‘ hosil boTishi tufayli radiaktiv element! aming yuzaga
chiqib qolishi, radiatsiyaning kuchayishi, ikki oyoqlab yurishga
unchalik moslashmagan avstralopiteklar populyatsiyalarida bir
vaqtning o ‘zida bir-biridan mustasno ibtidoiy aqliy qobiliyatning
“ishga” tushishiga va odamzodning paydo boTishida asosiy omil
boTgan.
Dostları ilə paylaş: