Reja:
1.
Biosensorlar
xaqida
2.Biosensorlarning ishlash prinsipi
3.Biosensorlarning turlari
Tayanchatamalar va iboralar:
Biosensor, gazli faza, o‘zgartiruvchi,
katod anod , elektrod,
ampermetr, glyukooksidaza
Ekologik
muammolarni keskinlashuvi, qayta tiklanmaydigan energoresurslar zahirasini tobora
kamayib borishi, ularni tan narxini oshishi, organik
chiqindilarni qayta ishlash, ularni issiqlik va
boshqa turdagi energiyaga aylantirish muammosini tezroq xal qilish biotexnologiyaning eng dolzarb
masalalaridan biriga aylandi. Hayvon axlatlaridan va oqova suvlaridan
oqilona foydalanishni eng
asosiy yo‘llaridan biri ularni anaerob sharoitda bijg‘itishdir. Bu jarayonda axlatni zararsizlantirilib,
bir vaqtni o‘zida uni eng muhim organik o‘g‘itlik sifatida hamda undan biogaz olish mumkin.
O‘ta kam miqdordagi gazsimon suyuq va qattiq moddalarni aniqlash qobiliyatiga ega bo‘lgan,
yuqori sezgir biologik tabiatli, sun’iy elementlar – biosensorlar deb ataladi. Ulardan sog‘liqni
saqlash, tabiatni muxofaza qilish, qishloq xo‘jaligi va sanoat ishlab chiqarishlarida analitik datchik
uskunalar sifatida foydalaniladi.
Biosensorlar – biologik molekulalarning yuqori darajadagi tanlash (ajratish)
vasezgirlik bilan
boshqa moddalarni aniqlash va yangi xususiyatlar namoyon etishiga olib kelib kompleks hosil qilish
xususiyatlariga asoslanadi.
Modomiki, tirik tabiatda biomolekulalar son-sanoqsiz va ulardan juda ko‘plari
moddalarni
aniqlash, tanlash xususiyatiga egadir. Bu esa biosensorlarning bitmas-tuganmas manbalaridan
unumli foydalanish imkoniyatini yaratadi. Birinchi biosensorlar amerikalik olimlar L.Klark va
X.Lionslar tomonidan 1962 yilda taklif etilgan edi, va shundan keyin ulardan ommaviy foydalanila
boshlandi. Biosensorlardan meditsinada va kimyoviy texnologiyada
moddalarni keng miqyosda
aniqlashda qo‘llanila boshlandi. Masalan: uglevodlar, mochevina, kreatinin, laktat, spirt, askorbat,
aspirin, aminokislotalar va ko‘pgina boshqa moddalar miqdorini o‘ta aniqlik bilan o‘lchash uchun
biosensorlardan foydalanib kelinmoqda..
Dostları ilə paylaş: