Hozirgi vaqtda biosensorlardan gazlar va engil uchuvchan
mahsulotlarni aniqlashda
foydalanishni sanoat miqyosida ishlatish usullari amaliyotga tadbiq etildi. Biosensorlarni asosiy
biotexnologik elementi sifatida ko‘pincha turli xil fermentlardan foydalaniladi. Elektrokimyoviy,
kolorometrik va optik biosensorlar ishlab chiqarishda xususan: glyukozosidaza, laktooksidaza,
peroksidaza, uriaza, S sitoxrom fermentlari ishlatilmoqda.
Gazli fazada biosensorlarda formaldegidgidrogenazalar (formaldegid juftini aniqlash uchun) va
xolinesterazalardan (fosfororganik pestitsidlarni aniqlash uchun) muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.
Keyingi vaqtda biotexnologiyaning bu sohasida asosiy o‘rinlardan birini
biosensorlarning yangi
avlod iimmunosensorlar egallay boshladi. Biosensorlarning biologik retseptorlarning turli xil
elektrodlar birikmalarini yaratish kata istiqbolli va yangi yo‘nalishdir.
Bozorda (sabzavot va mevalar tarkibidagi nitrat, nitrit va xilma xil yadro ximikatlarni aniqlash
uchun) biosensorlarga talab kundan kunga uzluksiz ortib bormoqda, bunga quyidagi ko‘rsatkichlar
guvohlik beradi: 1986 yilning o‘zidagina AQSH da biosensorlar ishlab chiqarish umumiy miqdori
14,4 mln. dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 1991 yilga kelib esa 365 mln. dollarni tashkil etganligi qayd
etilgan.
Mutaxassislar
ta’kidlashlaricha
bu
usuldan
foydalanish
YAponiya
va
Evropa
davlatlaridahamkengtarqalmoqda.
Biosensor qanday ishlaydi?
Biosenosrning ishlash pritsipi juda oddiydir. Aniqlanayotgan modda yarim o‘tkazgich
membrana orqali fermentativ reaksiya kechadigan biokatalizatorning yupqa qatlamiga diffuziya
qilinadi. Bu xolatda fermentativ reaksiya maxsuloti elektrod
yordamida aniqlanganligi uchun,
elektrod yuzasida ferment biriktirilgan bo‘ladi, va bunday moslama fermentativ elektrod deb
ataladi. SHunday qilib “biosensor” va “fermentativ elektrod” bu xolatda sinonimlardir.
SHuni ta’kidlash lozimki, fermentativ reaksiya xarakteri, ferment tabiatiga va katalitik ta’siriga
bog‘liq bo‘ladi. Fermentlar
orasida oksidoreduktazalarni, oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarini
amalga oshiruvchi, gidrolazalarni, gidrolizni katalizlovchi, transfarazalar – atsil, glikozid va x.k.
funksional guruxlarni tashuvchi fermentlarni ko‘rsatish mumkin. Xozirgi vaqtda ko‘pgina
fermentlarni topish oson bo‘lib, ko‘pgina ferment ishlab chiqaruvchi
firmalarning kataloglarida
nomlari keltirilgan.SHuni alohida ta’kidlash kerakki, biosensorlarni konstruksiyalashda ferment
ta’sirini davomiyligini oshirish asosiy vazifa xisoblanadi. Gap shundaki, nativ ferment o‘z faolligini
qisqa vaqt davomidagina saqlab turadi, shuning uchun fermentlarni
immobillash degan usul
yaratilgan. Maxsus reagentlar yordamida fermentlarni immobillash jarayonida, ferment adsorbentlar
yuzasiga “biriktiriladi”, masalan seminagel, ko‘mir yoki sellyuloza yuzasiga yoki g‘ovak polimer
plyonkasiga kiritiladi, yoki kimyoviy bog‘lar bilan kovalent bog‘lanadi.
Bunda ferment birikib, xarakatsiz bo‘lib qoladi, bu qatlamdan yuvilib ketmaydi, buning katalitik
ta’siri saqlanib qoladi. Ko‘rinib turibdiki fermentlarni immobillashda turli usullardan foydalaniladi,
shu bilan birga kombinatsiyalangan usullardan xam.
Dostları ilə paylaş: