Biotexnologiya


Biosensorlardan qaerlarda foydalaniladi



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/141
tarix17.09.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#144470
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   141
720 (1)

Biosensorlardan qaerlarda foydalaniladi 
Xozirgi vaqtda eng keng tarqalgan biosensor bu qondagi glyukozani aniqlash uchun 
immobillangan glyukozoksidaza asosidagi ampermetrik biosensordir. Xozirda glyukozani aniqlash 
uchun ko‘pgina biosensorlar yaratilgandir. Glyukozaga nisbatan biosensorni ishlash prinsipi 
oddiydir. Platinali katoddagi kislorodni tiklanish oqimi kislorod konsentratsiyasiga to‘g‘ri 
proporsionaldir. Substrat ishtirokida (masalan, taxlil uchun qondagi glyukoza) fermentativ reaksiya 
O
2
konsentratsiyasini pasaytirdi. SHunday qilib, kislorodni tiklanish oqimi substrat konsentratsiyasi 
proporsional ravishda kamayadi. Bunday tipdagi biosensorlarning ustunligi shundaki, ular avvalam 
bor yuqori selektiv xususiyatga egadir. Bunday biosensorlarning tanlovganligi glyukozoksidazaning 
yuqori spetsifikligi bilan belgilanadi. SHu bilan birga fermentativ jarayon komponentlari ishtirok 
etuvchi reaksiyaning elektrokimyoviy tabiati bilan xam belgilanadi. Umuman olganda oksidazalar – 
ferment sinfi ma’lum substratlarga nisbatan yuqori spetsifik xisoblanadi.
Nazorat uchun savollar: 
1.
 
Biosensorlarning qo’llanilish sohalari
2.
 
Biosensor turlari
3.
 
Biosensorlarning ishlash prinsipi


Biotexnologiya yordamida ekologik vaziyatni saqlash va atrof muhitni 
muhofaza qilish 
 
Reja: 
1.Ekologik vaziyatni biotexnologik usulda xal qilish 
2. Quyosh energiyasidan foydalanish
3. Energiya biokonversiyasi 
TAYANCH SO’ZLAR: Ekologik vaziyat, energiya biokonversiyasi, energiya turlari,
fotobionik
 
Hozirgi vaqtda biotexnologiyaning yangi yo‘nalishi shakllanmoqda. Bu yo‘nalishni - energiya 
biokonversiyasi deb atash mumkin. 
Energiyaning biokonversiyasi deganda biologik mahsulotlar va qonuniyatlar asosida bir 
energiya turini boshqa biriga transformatsiya qilish (aylantirish) xususiyatlari tushiniladi.
Ayni vaqtda biologik tizimlarda energiya hosil qilish texnologiyasini yaratish tadqiqotlari bir 
necha yo‘nalishlarda faol rivojlanmoqda: 
1.
Quyosh energiyasidan ekologik toza va turg‘un yoqilg‘i energiyasini hosil qilish;
2.
Sellyuloza saqlovchi xom-ashyolardan yuqori kolloriyali yoqilg‘i olish, chiqindilar va 
oqovalardan spirtlar, metan, vodorod, uglevodorodlar ishlab chiqarish usullarini rivojlantirish
3.
Bevosita yoqilg‘i energiyasidan elektr energiyasi hosil qilish. Har doim tirik hujayralarda 
stabil elektron molekulalar ionlar majmuasidan samarali konversiya vujudga kelib turadi, masalan: 
anaerob nafas olishda elektron-transportli zanjir; 
4.
Biologik mikroqurilmalar yaratish, shu jumladan biokimyoviy signallarni elektrik 
signallarga aylantiruvchi ditektorlar va biologik mahsulotlardan (fermentlar, antigenlar, hujayra va 
x.k) tuzilgan bioaniqlagichlar (biodatchiklar) yaratish. 
Mazkur bo‘limda energiya biokonversiyasining elektrokimyoviy energiya bilan bog‘liq bir 
necha yo‘nalishlari haqida so‘z yuritiladi. Energiya biokonversiya tizimlari ayni vaqtda har doim 
maxsus xususiyatlariga ko‘ra ulardagi jarayonlarning o‘rganilganligi, texnologik qulaylikka 
yaqinligi bilan farq qiladi. 
Energiya biokonversiya tizimidagi qator muammolar izlanishlar boshida hamda ulardan 
foydalanish jarayonlarida vujudga keladi. Zamonamiz talablaridan kelib chiqqan holda yangi 
yaratilajak istiqbolli texnologiyalar ularni atrof muxit va biosfera bilan munosabatlari uzviy bog‘liq 
bo‘ladi. Energetikaning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabati ekologiya sohasida “enerkologiya” 
termini bilan atalishi taklif etilgan. 
Enerkologik nuqtai nazardan keng asoslangan istiqbolli energiya turlaridan biri atom energiyasi 
bo‘lsada, ularning bir qator salbiy xususiyatlarga egaligi shu jumladan, issiqlik ajratishi, radiaktiv 
nurlar chiqarishi va x.k ko‘pchilikka ma’lum. 
YAngi energiya manbalarini izlash, eng avvalo erning issiqlik balansiga zarar etkazmaydigan 
tizimlar ishlab chiqishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Ayni vaqda ma’lum bo‘lgan bunday 
manbalardan biri- ekologik toza bo‘lgan quyosh energiyasidir. 

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin