Biotexnologiya


Quyosh energiyasidan foydalanish



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/141
tarix17.09.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#144470
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   141
720 (1)

Quyosh energiyasidan foydalanish 
Bir qator “toza” va “mukammal” quyosh energiyasidan foydalanish sxemasi 2.7-rasmda 
keltirilgan.
Quyosh energiyasidan foydalanish ekologik raqobatbardosh texnologiyalardan eng istiqbollisi 
desak xato bo‘lmaydi. Ayni paytgacha quyosh energiyasi spektridan elektr toki hosil qiluvchi, 
anorganik kristallarga asoslangan yarimo‘tkazgich fotobakteriyalar yaratilgan. Aytish mumkinki, 
asosiy vazifa o‘z echimini topgan. Keyingi qilinadigan asosiy vazifa - rentabelli tizim qurishning 
texnologik echimini topish bilan bog‘liq.
Ushbu vazifani hal qilishda tabiatda mavjud bo‘lgan fotobakteriyalar va yashil o‘simliklar 
fotosintezining birqator mexanizmlaridan foydalanish mumkin. Tadqiqotchilar e’tibori fotosintez 
mexanizmlaridan foydalanib, sun’iy fotosistema qurishga qaratildi.Bunday sistemalardan 


foydalanib quyosh nuri kvantlar energiyasidan kimyoviy energiya potensialida, o‘simliklar 
fotosintezining maksimal energiyasiga qaraganda ko‘proq energiya hosil qilish mumkin. 
Sun’iy fotosistemalar qurishda fotoretseptorlar sifatida: 
1.Xlorofil va boshqa pigmentlar; 
2.Pigment saqlovchi izolatsiyalangan hujayraviy strukturalar
3.Hujayradan ajratilgan fermentli tizimlardan foydalaniladi.
Har qanday energiya almashtiruvchi tizim uchta asosiy blok saqlaydi: 
1. zaryad bo‘linishi uchun fotokimyoviy tizim; 
2. elektronlarni fermentga tashuvchi mediatorlar; 
3. mobilizatsiyalangan elektron yoki “chidamli fotomahsulotlar olish uchun “teshikcha” 
(poralar) quyosh nurlari kvantlar energiyasi zahirasidan foydalanish qobiliyatiga ega fermentli 
tizim. 
Fotokimyoviy faol mahsulotlar hosil qilishni (faol oksidlash va qaytarilish) ajratish uchun 
sun’iy membrana yaratish istiqbolli hisoblanadi. Qator laboratoriyalarda - energiya nuri zahirasini 
saqlovchi turli xil potensialllar hosil qiluvchi elektronlar va inert elektrod bilan o‘zaro 
ta’sirlashuvchi “teshik” to‘playdigan xlorofil va boshqa pigmentlar qo‘llaniladigan fotoelektrik 
jarayonlar o‘rganiladi. 
Laboratoriya sharoitida doimiy ravishda fotosintezlash imkoniyatiga ega bo‘lgan tizim yuqori 
ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Birinchi navbatda bu - yuqori samarali fotosintez bilan 
xarakterlanuvchi mikrobiologik sistemaga ta’luqlidir.
Ilmiy adabiyotlarda quyoshdan keladigan energiyasi kuchidan qariyib 18 % gachasi mikrob 
kulturalar tomonidan qayta hosil bo‘lishi haqida ma’lumotlar mavjud. 
SHunday qilib, yaratilgan fotosintezlovchi biotexnologik tizim, quyoshdagi amaliy vazifalarni 
echimini topishiga ishonch hosil qilish mumkin, buning : 

Er yuziga tushadigan butun quyosh nurining 30% igacha foydalanish qobiliyatiga ega 
bo‘lgan uzluksiz fotobiokimyoviy tizimni yaratish;
 

Gen muxandisligi usullari yordamida maqsadga yo‘naltirilgan qimmatli birikmalar: 
uglevodorodlar, oqsillar lipidlar va boshqa biologik faol mahsulotlar sintezlovchi fotobiotexnik 
tizim yaratish;

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin