Biotexnologiya



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/141
tarix17.09.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#144470
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   141
720 (1)

Sirka kislotasi. 
Oziq-ovqatda bu kislotani suvli eritmasi ishlatiladi. Eritmada uning miqdori 4% 
dan kam bo‘lmasligi kerak. Sirka, odatda vino tarkibidagi etanolni bijg‘itish orqali tayyorlanadi. 
Bijg‘itish jarayoni 
Acetobacter
lar yordamida amalga oshiriladi. 
Limon kislotasi. 
Bu kislota oziq-ovqat sanoatida eng ko‘p ishlatiladigan organik kislota 
hisoblanadi. Limon kislotasi antioksidant va ichimliklar, djem, shinnilar, konfet va boshqa 
shirinliklar tayyorlashda konservant sifatida, hamda ularga o‘ziga xos nordonlik berish maqsadida 
ishlatiladi. 
Oziq-ovqat sanoatida yilga 100000 tonna toza limon kislotasi ishlatiladi. Uni 
Aspergillus niger
zamburug‘ini maxsus mutantlarini o‘stirish orqali hamda kimyoviy sintez orqali olinadi. Oxirgi 
yillarni statistik analizi yildan-yilga mikrobiologik sintez yo‘li bilan olinadigan limon kislotasini 
miqdori oshib borayotganligidan dalolat beradi. Limon kislotasi ishlab chiqaradigan bir necha
mikrobiologik zavodlar qurilib, ishga tushirilgan va faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 
Oziq-ovqat sanoati uchun zarur bo‘lgan organik kislotalarni boshqalari ham xuddi shu yo‘l 
bilan, ya’ni mikrobiologik sintez yo‘li bilan amalga oshirilmoqda. Dunyoda har yili 700000 
tonnadan ko‘proq aminokislotalar ishlab chiqariladi. Bu sohada YAponiya boshqa mamlakatlardan 
ko‘ra ko‘proq, ya’ni yiliga 2 mlrd. AQSH dollariga teng bo‘lgan bahoda toza holatdagi 
aminokislotalar hamda ularni aralashmasini ishlab chiqaradi. 
Aminokislotalar oziq-ovqat mahsulotlarini ta’mini yaxshilash va ularning oziqa qiymatini 
oshirish maqsadida keng qo‘llaniladi. Aminokislotalarni biosintezi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini 
har xil taksonomik guruhga mansub bo‘lgan mikroorganizmlardan foydalaniladi. Masalan, lizin va 
glyutamin kislotasini sintezi uchun 
Corunebacterium glutamicum
va 
Brevibasterium flavum
bakteriyalari ishlatiladi.
Aminokislotalar sintez qiluvchi mikroorganizmlarning ko‘pchiligi klassik mikrobiologiya 
usullaridan foydalanib, tanlab olinganlar, ya’ni ular mutantlar hisoblanadi. Past molekulyar 
og‘irlikga ega bo‘lgan birikmalarni superprodutsentlarini yaratish strategiyasi unchalik yaxshi 
yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsada, ba’zi aminokislotalarni produtsentlari gen-muhandislik usullari 
yordamida yaratilgan va ulardan ishlab chiqarish miqyosida foydalanib kelinmoqda. Kimyoviy yo‘l 


bilan, ya’ni sintez qilish orqali olinadigan aminokislotalarni miqdori hozircha ko‘proq. Masalan, 
keng miqyosda ishlatiladigan aminokislotalardan glitsin va metionin asosan kimyoviy sintez yo‘li 
bilan ishlab chiqiladi. 

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin