bir komponentli fermentlar deyiladi. Masalan,
ribonukleaza, tripsin, papain va boshqalar. 2. Agar fermentlar murakkab oqsillardan tashkil topgan
bo’lsa, ya’ni ularning tarkibida aminokislotalardan tashqari boshqa birikmalar ham uchrasa, ular
ikki komponentli fermentlar deb ataladi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etuvchi
fermentlar ikki komponentli fermentlardir.
Ferment produtsentlarning seleksiyasi Har qanday sanoat mahsulotini olishning biologik jarayoni uchun ikkita holat:
1. muayyan mahsulotga xaridor bo‘lishi shart.
2. jarayonni ishlab-chiqarishga tadbiq etish iqtisodiy foyda keltiradigan bo‘lishi kerak.
Sanoat sharoitida fermentlar asosan mikroorganizmlardan olinadi:
1.
mikrob kulturalari seleksiyasiga (birlamchi seleksiya, mutatsiya, gen muhandisligi) bo‘lgan
zamonaviy usullar va o‘sish sharoitini optimizatsiya qilish har qanday mikrob fermenti biosintezini
amalga oshirishga imkon yaratadi.
2.
sanoat sharoitida ishlatiladigan shtamm-produtsent, produtsent o‘zini fiziologik ehtiyojidan
ko‘proq miqdorda sintez qilish imkoniyatiga ega bo‘lsin.
3. mikroorganizmlarni o‘stirish jarayoniga fasl faktorini ta’siri umuman bo‘lmasligi shart.
4. har xil taksonomik guruhga mansub bo‘lgan mikroorganizm-produtsentlar uchun
fermentlarni keng spektori biosintezi xarakterli, ya’ni produtsentlar kerakli fermentlarni sintez
qilishi kerak.
Produtsentlarni o‘stirish usullari Mikrobiologik yo‘l bilan fermentlarni ishlab chiqarishni, iqtisodiy samaradorligini aniqlovchi
omillardan biri-mikroorganizmlarni o‘stirish usulidir. O‘stirishni bir necha usullari mavjud: sirtqi
(yuzaki), suyuq ozuqa muhitida (davriy), osib (juda ham kam ishlatiladi) va ozuqa muhitida
to‘xtovsiz o‘stirish usullari.
Mikroorganizmlarni qattiq faza sirtida, yuzaki o‘stirish juda katta ahamiyatga ega. YAponiyada
va Uzoq SHarqni boshqa mamlakatlarida ivitilgan bug‘doy yoki guruchga tuzlar solib, uy
haroratida va steril sharoitda maxsus idishlarda zamburug‘ o‘stiriladi. SHu usulda amilaza,
proteaza, pektinaza, sellyulaza va boshqa fermentlar olinadi. O‘tgan asrning 20-yillarida-
antibiotiklar ishlab chiqarish boshlangan davrda–mikroorganizmlarni suyuq ozuqa muhitida,
chuqurlikda o‘stirish usuli yaratilgan. Bu usuldan foydalanib, fermentlar biosintezini amalga
oshirish, dastlabki tajribalarda o‘zini istiqbolli ekanligini ko‘rsatdi.
Sanoat fermentatsiyasini asosiy maqsadi energiyadan (o‘stirish harorati, ozuqa muhitini
sterilizatsiya qilganda va uni aralashtirganda sarflanadigan energiya vax.k.) unumli va samaraliroq
foydalanishdan iborat. SHuning uchun ham ozuqa muhitining komponentlarini energetik va
ozuqaviy bahosi eng muhim omillardan hisoblanib, o‘stirish sharoitini tanlash ham katta
ahamiyatga ega (harorat, rN, O2 ni parsial bosimi, jarayonni davomiyligi va x.k.). Sanoat sharoitida
mahsulotni tan narxini belgilashda fermentatsiyadan tashqari, ozuqa muhiti komponentlarini bahosi,
energiya sarflari, xizmatchilarni mehnat harajatlari, apparatlarni ishlatishdagi harajatlar va boshqa
muayyan jarayon bilan aloqador bo‘lgan xarajatlar e’tiborga olinadi.