108
xalqimiz noni ezozlaydi, farzandlarini nonga bo’lgan hurmat bilan tarbiyalab uni
duniyodagi barcha narsalardan aziz qo’yadi, chunki, non insonni qornini
to’yg’izadi. Ta’lim jarayonida dars ham nonday aziz, chunki, agar,
non insonni
qornini to’yg’izsa, dars talabani ongini to’ldiradi, unga maonaviy va kasbiy boylik
beradi. SHuning uchun ham talaba o’quv mashg’ulotlariga faol qatnashishi talab
kilinadi.
Ma’ruza.
Ma’ruza o’quv jarayonining asosiy bo’g’ini sifatida o’kitishning
turli shakllari orasida yeetakchi urin egallaydi. Ma’ruzaga kelgan talaba
ehtiborini boshka narsalarga qarat, ma’ruzachini diqqat bilan eshitishi va
tushunganini yozib borishi talab etiladi. Ma’ruza mutaxasisliklarning xususiyatidan
kelib chiqib o’quv rejada ko’rsatilgan auditoriya soatlarining 50% miqdorigachani
tashkil qiladi.
Ma’ruzaga kelayotgan talaba tegishli daftar, yozuv va chizuv anjomlari
bilan kelishi kerak. U ma’ruzaning asosiy mazmunini yozib borishi kerak.
Tushunmagan joylarini ham o’zida qayd qayd qilib borishi zarur. Ma’ruza
davomida uzaro gaplashish, ma’ruza o’qayotgan ma’ruzachini fikrini buzish
takiklanadi. Talaba ma’ruzaga kadar darsliklardan
internet manbaolaridan
o’kiladigan mavzu bilan oldindan tanishsa ma’ruzani tushunishi osonlashadi.
Ma’ruza materiallaridan seminarga tayorlanishda foydalaniladi. Ma’ruza
talabada (tinglovchida) mustakil fikr yuritishni va ilmiy karashni shakillantiradi.
Ma’ruza talabaga nimalarni bilib olishni, kanday adabiyot va o’quv manbaolaridan
foydalanib mavzuni to’liq o’zlashtirib olishni ko’rsatib beradi. Talaba ma’ruzani
tinglash bilan birga yozib borishni xam bilishi lozim. Aksariyat talabalar
ma’ruzani suzma-suz yozishga xarakat kiladi, aslida unday emas, tinglovchi
ma’ruzani mazmuni uz suzi bilan yozib olishi lozim, ushanda ma’ruza
tushunarli bo’ladi. SHuning uchun ham, talabadan ma’ruzani xam tinglab ham
yozib berishga odatlanishi talab etiladi. Ma’ruzani
yozib borishda qisqartma
so’zlardan foydalana bilish ma’ruzani yozib olish samaradorligini oshiradi.
“Buxgalteriya hisobi” fanidan ma’ruza matni yozishda qo’ydagi qisqartma
iboralardan foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: bilan so’zini, b-n,
109
kerak so’zini, k-k, buxgalteriya hisobi so’zini, b/h, schyot so’zin, sch, debet
so’zini, dt, kredit so’zini kt, oborot qaydnomasi so’zini, ob/ q, tabelg’
so’zini, t/b, ish haqi so’zini, i/x, kaydnoma so’zini, kayd., mor yetkazib
beruvchi va pudratchilar so’zini M.E.B. va P., kassa so’zini, kas. Hisob
raqami so’zini, h/r, mahsulotlar so’zini, m/lar, buxgalter so’zini, bux.,
hisobot so’zini, his., bo’ladi so’zini, b-d,meomorial order so’zini, m/o, jurnal
order so’zini, j/o, xarajat so’zini, x-t, daromad so’zini, d/d, xususiy kapital
so’zini, x/k, ustav fondi so’zini, u/f, foyda so’zini, f., zarar so’zini, z.,
daromad so’zini, d. va boshqalar. SHu bilan birga bir savolni bayonidan
ikkinchi ikkinsi savolni bayoniga o’tganda, ularni chegarasini belgilash
kerak. Ma’ruzaning bir kancha turlari mavjud: akademik ma’ruza,
muamoli ma’ruza, ma’ruza suhbat, ma’ruzadir. xikoya, ma’ruza
munozara
va boshkalar. Bulardan eng kup kullaniladigan akademik ma’ruza bo’lib
hisoblanadi. Ma’ruzalardan dokladlarni fark kilish kerak. Dokladlar bir
mavzuga bagishlangan bulib,kuprok majlislarda, sessiyalarda
foydalaniladi.
Ma’ruzalarni tinglovchilarga tushunarli bo’lishida ma’ruzachining
maxorati va nutq tezligi aloxida axamiyatga ega. Ma’ruza past tovush va
tezlikda o’qilganda ma’ruzachi bir minutda 40-50, urtacha xolatda 60-80,
yukori tezlikda esa, 110 suz aytishi mumkin.
Mazmun jixatidan
ma’ruzachi ma’ruzada mavzuni adabiyotlarda yoritilgan masalalarni
umumlashtirish, takrorlash bilan chegaralanmasligi kerak, balki, mavzuning
adabiyotlarda xali yetarlicha yoritilmagan tomonlariga ehtibor qaratilishi
lozim. Ma’ruzada sxema, jadvallar, maketlar, xarita, surat, video va audio
yozuvlardan, multi media tizimidan va boshka kurgazmali kurollardan
foydalanish tavsiya kilinadi. Talabalar birinchi kursdan tanlangan
ixtisosi buyicha ma’ruza orqali bilimlarini
egallashi hamda mustakil
dunyoqarashni shakllantirishi talab etiladi. Tinglovchi ma’ruzani yaxshi
uzlashtirib olishi uchun kuyidagilarga alohida ehtibor berishi lozim:
1. Ma’ruzani tinglashga tayyorgarlik kurish;
110
2. Ma’ruzani dikkat bilan tinglash;
3. Imkon qadar ma’ruzani batavsil yozib olishga xarakat kilish;
4. Auditoriyada yozib olingan ma’ruza matnini to’ldirish, urganish va kayta
ishlab chikish;
5. Ma’ruzani tinglash jarayonida mustakil fikrini rivojlantirish.
Ma’ruza qo’ydagi bir birini to’ldiruvchi qismlardan iborat bo’ladi: ma’ruza
mavzusi; ma’ruza rejasi; mavzuning kalit so’zlari; pedagogik texnologiya; ma’ruza
matni.
Ma’ruza mavzusining nomi o’qituchining fan bo’yicha tuzgan ishchi
dasturida keltirilgan ma’ruza nomiga mos bo’lishi kerak. Ma’ruzada 3-5 banddan
iborat reja kuyilishi mumkin. Birinchi masalani tushuntirib bulgandan keyin
ikkinchi masalaga utiladi. Ma’ruzachi ma’ruza rejasining har bir bandidan keyin
xullosa qilishi talab etiladi.
SHunday qilib ma’ruza o’quv mashg’ulotining asosiy shakli sifatida
qo’ydagi vazifalarni bajaradi:
1. Talabaning o’quv ishlari
kulamini belgilab beradi;
2. O’kuv rejasiga kirgan fanlarning chukur uzlashtirishga yordam beradi;
3. O’quv rejadagi fanlarni bir-biri bilan bog’likligini ko’rsatib berish;
4. Tinglovchida fanga bo’lgan qiziqishni kuchaytirishi;
5. Talabada mustakil fikr elementlarini egallashga yordam beradi;
6. Hali adabiyotlarda va matbuotda yoritilmagan va kupchilikka ma’lum
bulmagan yangiliklar bilan tanishtiradi;
7. Mavzu bo’yicha mustakil ishlashning yunalishini belgilab beradi;
8. Tinglovchiga mavzu bo’yicha bilmaganlarini o’rganishga yo’l-yo’riq
ko’rsatadi.
Mazmunli ma’ruza bilim olishning asosi bo’lib hisoblanada. SHuning uchun
talabalardan ma’ruzalarga tizimli kelish talab etiladi.
tajribalar shuni kursatadiki, aksariyat talabalar ma’ruzani stenografistkaga
uxshab xammasini
yozishga xarakat kiladilar, lekin uzlari yozgan fikralarni
tushunmaydilar. Demak, ma’ruzani yozganda uning mazmunini tushunib
111
kiskartirib yozish kerak. Ma’ruzada maxalliy va xalqaro materiallardan
foydalanib misol keltirish uning mazmunini boyitadi, tinglovchilarning
fanga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: