3
Kirish
Respublikamiz iqtisodiyotidagi tub o’zgarishlarni albatta xukumatimiz tomonidan olib
borilayotgan iqtisodiy isloxotlarning natijasi deyish mumkin. Bu o’zgarishlarni nafaqat
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohada balki xayotimizning barcha jabhalarida ko’rish mumkin.
Ana shu qatorda biz, iqtisodiy isloxotlarga va ular ta’siridagi o’zgarishlarga alohida ahamiyat
qaratishni lozim topdik. Uning Davlatimizning bozor iqtisodiyotiga o’tishdagi tamoyillardan
biri sifatida qaralishi ham bejiz emas.
Bugungi kunda, korxona va tashkilotlarga berilgan imkoniyatlar, ularning o’z
maqsadlariga erishishdagi har qanday suniy to’siqlarni bartaraf etilishi, erkinlik va
mustaqillikni qaror topishi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini yo’lga qo’yish va
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Korxona va tashkilotlar xo’jalik faoliyatini tashkil etish va boshqarishda muhim dastak
hisoblangan iqtisodiy tahlilning roli ham oshib bormoqda. Buni nimalarda ko’rish mumkin?
Bugungi iqtisodiyot, rejali iqtisodiyot davridan farqli ravishda tahlilchilar oldiga bir qadar
murakkab vazifalarni qo’ymoqda. Ta’minot jarayonidan tortib korxona moliyaviy holatiga
qadar bo’lgan kompleks jarayon qat’iy rejalashtirilgan bir sharoitda tahlilni mazmunini faqat
uning o’zgarishlarini va o’zgarish sabablarini o’rganishdangina iborat deyish mumkin.
Uning bugungi mazmunini esa quyidagicha izohlash mumkin. Iqtisodiy tahlil korxona
xo’jalik moliya faoliyatidagi (ro’y bergan, ro’y berayotgan va ro’y beradigan) barcha
jarayonlarni, ularning samaradorligi va natijaviyligini ichki va tashki omillar ta’sirida
axbarotlarda ifodalangan ko’rsatkichlar tizimidan foydalangan holda davriy o’rganish tashkil
etadi. Ya’ni bunda, rejaga nisbatan o’zgarishlar va o’zgarish sabablarini o’rganish tahlilni
vazifalar qatorida bir bo’g’inni tashkil etadi halos. Iqtisodiy jarayon boshlangunga qadar,
ya’ni korxona o’z faoliyatini boshlashdan oldingi (bozorni o’rganish, marketing
tadqiqortlarini olib borishi, raqbatchi va xamkorlar, ishni tashkil etish joyi, o’rnini belgilash
kabi) masalalar ham tahlil ob’ekti hisoblanadi.
Iqtisodiy tahlilning ob’ekti va uning ko’lami, sub’ektlari va ularning manfaatlari,
mazmuni va vazifalari o’zgardi, uslubiy asosi takomillashdi, tashkiliy asosiy qayta qurildi,
nazariy asosi boyitildi, xuquqiy asosi qurilmoqda. Bu o’zgarishlar albatta uni yangi asosda
tuzish zaruriyatini yuzaga chiqarmoqda.
Iqtisodiy tahlilni boshqaruvning muxim dastagi sifatidagi roli tobora oshib bormoqda.
Boshqaruvning barcha bo’g’inlarida uning axbarot manbalariga talab kuchaymoqda.
Iqtisodiy tahlilni boshqaruv va moliyaviy tahlil qismiga bo’linishi ham uning
takomillashuvidagi bir ko’rinishdir.
Iqtisodiy tahlilni moliyaviy qismiga bag’ishlangan ushbu o’quv qo’llanmada moliyaviy
tahlilni ob’ekti, sub’ektlari, maqsadi, mazmuni va vazifalari aniq ochib berilgan. Moliyaviy
tahlilni axbarot manbalari va ularga qo’yiladigan talablar, moliyaviy hisobot shakllarini
o’qish, gorizontal va vertikal tahlil etish, trend va asos tahlili, moliyaviy koeffitsentlar va
omilli tahlil etish, daromad-xarajat-natija aloqadorligi va uning tahlil etishni uslubiy asoslari,
firma va kompaniyalarning bozor va ish faolligini tahlil etish, kreditga qobillik va to’lov
layoqatini tahlili, investitsion faoliyat tahlili kabi masalalar amaliy asosda bayon etilgan.
4
Moliyaviy tahlilni boshqaruv tahlilidan farqlanishini barcha jihatlari ochib berilgan.
Uning nazariy va uslubiy asoslari muammoli asosda bayon qilingan. Bu esa talabalarning
ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda muhim manba bo’lib hisoblanadi.
Muallif, o’quv qo’llanma yuzasidan o’quvchilardan o’z fikr mulohozalarini Toshkent
Moliya institutini “Moliyaviy tahlil” kafedrasiga yozib yuborishlarini iltimos qiladi.
5
Dostları ilə paylaş: |