12
I.2.Zamonaviy ijtimoiy siyosiy fenomenlar psixologiyasi.
Siyosiy timsollar tuzum rivojlanishida asosiy
faktor ekanligidan tashqari,
nafaqat siyosiy ongni rivojlanishida, balki shaxsning va umuman jamiyatning
dunyoqarashi va qadriyatlarini o’rnatishida katta ahamiyat kasb etadi. Siyosiy
timsollar siyosiy qarash, kayfiyat va his-tuyg’u
bilan birgalikda siyosiy
subyektning siyosiy ongida joylashadi va uning siyosiy ishi va madaniyatida
ifodalanadi. Siyosiy timsollar jamiyat rivojlanishidagi an’analar aksi, ya’ni tarixiy
yechimni kutayotgan masalalardan odamlarni birlashtiruvchi, faollikka chorlovchi
omil bo’lib hisoblanadi. Siyosiy ideallar jamiyatni dinamik rivojlantirishda doimo
o’zgarib, siyosiy ongni rivojlantirish salohiyatini ko’rsatib beradi. Yangi
timsollarni paydo bo’lishi insonlarning rivojlanib borayotgan jamiyatda yanada
murakkab yechimlarni topayotganligini, rasional va
emosional darajasini ortib
borayotganligni bildiradi. Shuning uchun siyosiy timsollarning hokimiyat
o’rnatilishidagi ideal forma hisoblangan davlatlar misolida ko’rish maqsadiga
muvofiq bo’ladi.
Siyosiy timsollarning o’rganish muammosi antik falsafada ham asosiy o’rin
tutgan. Shu o’rinda Gerakli Effeskiy (eramizdan oldingi 544-483 yillar) dan misol
keltiramiz. U davlat boshqaruvida shunday qonun bo’lmish kerakki, odamlar bu
qonunga tog’ga suyanganday suyanib yashashlari lozim deb hisoblangan. Yagona
donishmandlik, uning fikricha, shunday bilimga ega bo’lish kerakki,
bu bilim
barchani va doimo boshqara olsin.
Yevropa an’analarida Platondan boshlab (eramizdan avval 437-347 yil
yashagan) ideal davlat tasavvuriga ega bo’lganlar. Ideal davlat konsepsiyasida
siyosiy hokimiyat boshqaruvida siyosiy timsol jamiyat tizimining normasi, jamiyat
rivojanishining yo’nalishini belgilov sifatida alohida ko’rsatib o’tilgan.
Davlat, Platonning fikricha, insonlarda paydo bo’layotgan ehtiyojlar va
jamiyatda mehnatning bo’linishi natijasida paydo bo’ladi. Va yana takidladiki,
bunday davlat aholining qandaydir bir bo’lagini emas,
butun halqining, davlatni
baxtli bo’lishini ta’minlaydi.
13
Antik falsafada siyosiy davlat timsoli boshqaruvining 3 xil shaklida
ko’rsatilgan: yetuk demokratiya, yetuk oligarxiya va yetuk monarxiya.
Buyuk mutafakkir Arastu davlatlarni to’g’ri va noto’g’ri formalariga
ajratgan. Monarxiya, aristokratiya va demokratik elementlarga ega bo’lgan
davlatlar uning fikricha- to’g’ri
davlatlar; chunki ular barchaning baxti uchun
kurashuvchi adolatli xokimiyat o’rnatdilar. Oligarxiya, demokratiya va mustabid-
noto’g’ri davlatlar; chunki ular tabiiy rivojlanishga qarshi bo’lib, o’z-o’zicha
hokimiyat o’rnatilishi tarafdorlaridir.
Siyosiy timsollar nazariyasini o’rnatilishida uyg’onish
davri buyuk
mutafakkiri Nikolo Makviallining hissasi kattadir. O’z qiziqish, istaklarini amalga
oshirishga intilayotgan inson xarakatini tahlil qilish mobaynida Makvialli birinchi
bor falsafa va siyosiy fikr tarixida ideal davlatni inson tabiatini qo’lga olish
(boshqarish), tartib o’rnatish uchun tuzilgan zo’rlash, majburlash intituti sifatida
ko’radi. Uning fikricha ideal davlat xalq va amaldorlarning kelishuviga asoslangan
bo’lishi kerak.
O’z o’rnida Erazm Rotterdamskiy (1469-1536) ham siyosiy timsolni
o’zining “Jalobo’ mira” («Dunyo shikoyatlari») asarida davlat boshqaruvchisi o’z
yerlarini gullab yashnashi uchun tinmay mexnat qilishi kerakligi haqida yozadi.
Siyosiy timsol haqidagi izlanishlar Grosiy, B. Spinoza, Dj. Lokk, T.Gobbs
asarlarida davom etgan.
Ayniqsa I.Kant, I.Fixte, F.Shiller, G.Gegel asarlarida
siyosiy timsol haqida
to’laroq tushuncha berilgan.
I.Kantning fikricha, timsol (ideal) bir maqsadga yo’naltirilgan bo’lib, u shu
maqsadga erishish yo’lida g’oya sari intiluvchi va boshqaruvchidir.
I.Fiktening fikricha, siyosiy timsol aslida barcha individlar qonun oldida
barobar ekanligini ko’rsatuvchi davlat arbobidir.
U yer yuzidagi hayotni 5 ga bo’ladi.
1) Aql instinkt orqali boshqariladi insoniyat aybsizligi (gunohsizligi) davri.
2) Boshlanayotgan gunohkorlik davri
3) To’la gunohkorlik davri
14
4) O’zini oqlashga xarakat qilish davri
5) bilimli, o’zini oqlay oladigan davr. Ya’ni boshlang’ich davrga qaytish
asosiy maqsad ekanligi davri.
Gegelning fikriga, ideal- bu o’zidagi qarama-qarshiliklar birligini rivojlanib
borayotgan jarayon deb tushunib qarshiliklarni kuch bilan yenga oladigan yakuniy
holatdir.
Buyuk nemis faylasufi A. Shopengauer (1788-1860) o’zining “Mir kak
volya i predstavleniye” (“Dunyo iroda va tasavvurdek” ) nomli asarida ideal
haqidagi fikrlarini bayon etganligi bilan butun dunyoga mashxurdir.
Uning
fikricha, siyosiy timsol ijobiy huquqdir. Uning maqsadi hech kim noxaklikka
uchramasin.
L.A.Feyerbax, V. Pareto, F.Nisshe, K. Yaspers, G.Markuz, K.R.Popper,
T.Parsons va boshqa buyuk allomalar siyosiy timsollar masalasida o’z
tadqiqotlarini o’tkazganlar. Ularning fikricha xar bir tarixiy rivojlanish davrida
o’ziga hos, o’sha davrga mos siyosiy timsol (ideal) mavjud bo’lib, uning atrofida
Dostları ilə paylaş: