1-мавзу: Сиёсий психологиянинг предмети


Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/28
tarix17.09.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#144629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
siyosiy psixologiyani oqitish orqali talabalar dunyoqarashini ostirish

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob olti paragraf, xulosa va 
tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilova qismlardan tuzilgan. 
Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning maqsadi, ilgari 
surilgan ilmiy faraz, vazifalari, tadqiqotda qo’llanilgan metodikalar, yangiligi,
ishning nazariy va amaliy ahamiyati haqida qisqachi ma’lumotlar berilgan. 
 



I-BOB.SIYOSIY PSIXOLOGIYANING METODOLOGIK VA 
AMALIY ASOSLARI. 
I.1.Siyosiy psixologiyaning nazariy metodologik asoslari 
Siyosiy psixologiyaning nazariy-metodologik va amaliy asoslarining 
shakllanishiga jamiyatshunoslik fanlari sohasiga kiradigan –tarix, falsafa, 
sosiologiya, siyosatshunoslik (politologiya), psixologiya fanlarida ishlab chiqilgan 
g’oyalar, ilmiy mulohaza va xulosalar juda katta ta’sir ko’rsatgan. 
Bunda eng avvalo tarixiy mazmundagi ishlar muhim ahamiyatga ega bo’lib, 
ularda mashhur shaxslarning tarixiy-siyosiy jarayondagi xulq- atvori o’rni tahlil 
qilib berilgan. So’ngra Platon, Aristotel, Makiavelli, Gobbs, Kant, Gegel va 
boshqalarning siyosiy-falsafiy asarlari ta’sir ko’rsatgan. 
Shu bilan birga sosiologiya va psixologiyadagi N.A.Berdyayev, 
A.A.Bodalev, M.Veber, M.M.Kovalevskiy, A.N.Leontyev, S.L.Rubinshteyn, 
G.Tard, E.Fromm, Z.Freyd va boshqalarning yetakchilikning psixologik tavsifi, 
siyosiy faollik haqidagi ishlari alohida o’rin tutadi. 
Siyosiy psixologiyaning nazariy metodologik tamoyillarini yaratishda 
S.L.Rubinshteyn va A.N. Leontyev tomonidan ishlab chiqarilgan faoliyatli 
yondoshuv, S.A.Klimovning “Kasblar dunyosi” haqidagi qarashi, A.A.Bodalev va 
A.A.Derkachning subyektning kasbiy mahoratga erishishdagi ijobiy va salbiy ta’sir 
etuvchi subyektiv omillarning roli haqidagi mulohazalarni, muloqot va ijtimoiy 
idrok haqidagi A.G.M.Andreyeva, A.A.Bodalev qarashlari muhim ahamiyat kasb 
etgan. 
Zamonaviy siyosiy psixologiya uchun XX – asrning 60-80- yillarida 
yaratilgan siyosatning roli nazariyasi nihoyatda dolzarbdir. Bu nazariyaning asosiy 
tushunchasi rollardir. Psixologiyadagi “rol” shaxsning jamiyatdagi egallab turgan 
mavqeyi taqozo etadigan hatta-harakatlar yig’indisidan iborat. 
Siyosiy psixologiyadagi kognitiv yo’nalish eng avvalo siyosiy tafakkurni 
tadqiq etadi. Asosiy e’tibor siyosiy ongning shakllanish jarayoniga qaratiladi. 
Gumanistik psixologiya namoyondalari fikricha, siyosatni tahlil qilishda shaxsning 
xissiy - motivatsiyasini hisobga olish kerak. Ayniqsa A.Maslouning extiyojlar 



iyerarxiyasi 
va 
K.Rodjersning 
yo’naltirilmagan psixoterapiya haqidagi 
mulohazalari muhim o’rin tutadi. Amerikalik siyosiy psixolog S.Renshon 
demokratiya mohiyatini tushuntirishda A.Maslouning ehtiyojlar iyerarxiyasidan 
ustalik bilan foydalandi. 
Siyosiy psixologiya bilan bog’liq muammolarni hal qilishda yangi 
psixologik yo’nalish akmeologiyadagi ma’lumotlardan ham foydalanish mumkin. 
Akmeologiya – ilm- fanning shunday yangi tarmog’iki, u insonni o’z taraqqiyoti 
dinamikasida, takomili hamda hayot faoliyatining turli bosqichlarida o’zidagi eng 
kuchli qobiliyatlarni namoyon qilishning kompleks masalalarini o’rganadi. Ya’ni u 
shaxsning takomili jarayoni ana shu taraqqiyot va yuksalishning obyektiv hamda 
subyektiv omillari doirasida tadqiq etadi. “Akmeologiya” tushunchasini birinchi 
marta fanga rus olimi N.A.Ribnikov tomonidan 1928 yilda kiritilgan bo’lib, uning 
o’zi bu fan predmetini yetuk insonlarning shakllanishi jarayonidir deb ta’riflagan 
edi. Lekin tom ma’noda jiddiy fan sifatida uning shakllanishiga yana bir rus 
psixologi B.G.Ananyev va uning izdoshlari bo’lgan peterburglik olimlar alohida 
ulush qo’shishgan. Ularning ta’kidlashicha, akmeologiyaning predmeti-odamning 
ijodiy salohiyati bo’lib, bu inson tomonidan o’ziga inoyat etilgan barcha 
imkoniyatlar va iqtidorlarini qanday qilib, qanday shart-sharoitda, qaysi 
qonuniyatlar ta’sirida ro’yobga chiqarishni kompleks tarzda o’rganadi. 
Akmeologiya fanining asosiy vazifasi ongli faoliyat subyekti bo’lmish 
shaxsni turli faoliyat jarayonlarida, xususan tanlangan-kasbkori, ihtisosligi 
doirasida o’z ijodiy salohiyatini to’la ochish va amalda namoyish etishga bog’liq 
bo’lgan bilimlar, amaliy ko’nikmalar, malakalar, texnologiyalar bilan ta’minlash, 
tanishtirishdir. V.Zazo’kin va A.Chernishovlarning yozishicha “Mohiyatan bu 
yetuk, barkamol insonlarning rivojlanishi to’g’risidagi fandir”. Shuning uchun 
ham bu fan bugun biz uchun juda muhim va uning imkoniyatlari deyarli 
ochilmagan 
Siyosiy psixologiyada uning predmeti mohiyatini ochib berish uchun 
ko’plab metodlardan foydalaniladi. Ommaviy, siyosiy xulq-atvor fenomenini 
o’rganish uchun: statistik ma’lumotlarni tahlil qilish, ommaviy so’rovnomalar 



o’tkazish va ularning matematik tahlil qilish, intervyu o’tkazish metodlari ham 
qo’llaniladi. 
Siyosiy psixologiyada juda ko’plab maxsus metodikalar paydo bo’lmoqda. 
Siyosiy tafakkur va siyosiy ongni o’rganish maqsadida ijtimoiy psixologiyaning 
kontent-analiz metodidan ham keng foydalaniladi. Kontent - analiz metodi – turli 
axborot manbalari va testlarning ma’nosini tahlil qilishdan iborat. 
Shu bilan birga siyosiy psixologiyada psixologik testlar: G.Ayzenk, 
Yu.Kettel, MMPI testlaridan, masofali tahlil, siyosatchi shaxsini o’rganishda 
ekspertlar bahosi metodikalaridan foydalaniladi. 
Tajriba metodi va uning laboratoriya hamda tabiiy shaklidagi ko’rinishidan 
shaxsning siyosatdagi o’rnini aniqlash maqsadida foydalanib kelinmoqda. 
Siyosiy psixologiyada tadqiqotchilik tabiatiga ega bo’lgan metodlardan 
tashqari rivojlantiruvchi–korreksion ta’sir etish, maslahat berish metodlari to’plami 
ham keng o’rin tutadi. Ular birgalikda siyosiy psixologiyaning tadqiqiy-
rivojlantiruvchi psixotexnologiyasini tashkil etadi. Siyosiy maslahat jarayoni 
siyosiy arbob shaxsini diagnostika qilish, uning imijini tuzatish, keng jamoatchilik 
bilan o’zaro munosabatlardagi uslubini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Buning 
uchun trening, ish o’yinlaridan foydalanish mumkin. 
Siyosiy psixologiya–umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, tarixiy 
psixologiya, 
etnopsixologiya, 
iqtisod 
psixologiyasi, 
politologiya 
(siyosatshunoslik), siyosiy iqtisod, siyosiy sosiologiya va boshqa fanlar bilan yaxlit 
tadqiqotchilik maydoniga ega. Uning o’ziga xos predmetini aniqlash uchun 
“Siyosat”, “Siyosiy faollik”, “Siyosiy munosabatlar” tushunchalarini tahlil qilish 
kerak. Ba’zi mualliflar siyosat tushunchasini tahlil qilishda uning boshqaruvchilik 
vazifasiga urg’u berib, uni jamiyatni boshqarish san’ati deb baholaydilar. 
Boshqalari hokimiyat munosabatlari bilan bog’lab, xukmronlikka kuch ishlatish 
orqali erishish deb ko’rsatishadi. Uchinchilari esa siyosatni huquq bilan bog’laydi. 
L.N.Gozman, Ye.B.Shestopal tomonidan siyosat bir necha aspektlarda 
ko’rib chiqilgan. Eng avvalo siyosat tizim sifatida ya’ni davlat institutlari tizimi 
sifatida qaraladi.



Haqiqatan ham, siyosat tarkibiga turli siyosiy institutlar tizimi sifatida 
prezident va parlament, armiya va xavfsizlik xizmati, ichki va tashqi ishlar
vazirligi, moliya va ijtimoiy ta’minot hamda boshqa sohalar kiradi. Hokimiyatni 
boshqarishda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sudlov hokimiyati mavjud bo’lib, 
hozirda unga to’rtinchi hokimiyat sifatida ommaviy axborot vositalari ham 
kiritilgan bo’lib, ularning asosiy vazifasi jamiyat hayotini aks ettirishdan iborat. 
Siyosiy tizimning eng muhim tarkibiy qismini – siyosiy tashkilotlar, 
Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin