10
Hozirda barcha shaxslar - professional siyosatchilardan tortib – oddiy
fuqarogacha siyosiy jarayonga jalb qilingan. Siyosat bilan shug’ullanish insonning
tabiiy instinktidir. O’z davrida Aristotel ham odamni – “siyosiy hayvon” – “Zoon
politikon” deb atagan. Darhaqiqat, inson psixologiyasida hukmronlik qilish va
bo’ysunish bilan bog’liq ehtiyojlar tizimi mavjud.
Siyosiy psixologiyada siyosat turli katta guruhlardagi-etnoslar,
millatlar,
qatlamlar, sinflar, tashkilotlar, davlat tuzilmalari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar
yig’indisidan iborat.
Siyosiy faollik o’z ichiga yetakchilarga xos individual xususiyatlardan tortib
jamiyat hayotini davlat tomonidan boshqarishgacha bo’lgan fenomenlarni oladi.
Insonni siyosiy tizimining tarkibiy qismi sifatida qabul qiladigan
qarashlardagi eng birinchi siyosiy qo’llab-quvvatlash nazariyasi bo’lib, uning
asoschisi amerikalik politologlar D.Iston va Dj.Denninglardir. Ular e’tiborni eng
avvalo ilgari siyosatda ishtirok etmagan aholini siyosiy
jarayonga jalb etish
masalasiga qaratishadi.
Hozirgi zamon siyosiy psixologiyasida o’rganiladigan yana bir muammo
siyosatdagi tajovuz va zo’ravonlik bilan bog’liq. Shu asosda bilishning yangi
tarmog’i – biopolitika va vaylensologiya vujudga keldi. Biopolitika –
siyosiy
psixologiyaning bo’limi hisoblanib,
u altruizm, zo’ravonlik, tajovuz, himoya
reaksiyalari kabi holatlarni o’rganadi.
Vaylensologiya (inglizcha-violence-zo’rlik) insonning tajovuzkor tabiatini
umumiy holda o’rganadi.
Tajovuzkorlik va zo’ravonlik mohiyatini tushuntirishdagi qarashlar rang-
barangdir. Siyosiy jarayonda esa uning bir necha shakllari namoyon bo’ladi.
Huquqiy me’yorlarga rioya qilmaydigan kishilar uchun joriy etiladigan nazorat
shaklidagi – davlat tomonidan o’rnatilgan tartib ham uning bir ko’rinishidir.
Siyosiy jarayon bir tekis kechmasligi tabiiy.
Unda ayrim ziddiyatlar,
to’qnashuvlar va mojorolar ro’y beradi. Siyosatchi, faylasuf, sosiologlarning
fikricha, ziddiyatli holatning subyektiv xususiyatga ega ekanligi – uning bosh
sababchisi ham allaqanday obyekt sabablarini ro’kach qilib, aslida o’z siyosiy
11
maqsadlarini qo’lga kiritish bilan bog’liq rejalarni oldinga suruvchi shaxslar,
guruhlar ekanligi to’g’risida fikrlari aynan haqiqatni aks ettiradi.
Siyosat borasidagi psixologik masalalarga aralashuvning zarurati har doim
bo’lmasada, ayrim paytlarda yirik islohotlar boshlanish arafasida, saylov oldi
kompaniyalarida, yangi siyosiy liderlarning xalq
tomonidan qabul qilinish
jarayonlari, ijtimoiy ustanovkalarni o’zgarishi, siyosiy arboblar imijini omma
ongiga singdirish paytlarda psixologik ta’sir vositalaridan o’rinli foydalanish,
maslahatlar berish va ayrim guruhlar e’tiqodiga ta’sir etishda kerak bo’ladi.
O’zbekiston sharoitida siyosiy psixologiyaning o’zi juda zaif rivojlangan
tarmoq bo’lgani sababli uni rivojlangan davlatlar tajribasiga tayangan holda
rivojlantirish davr talablaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: