Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar 
 

Moliyaviy tizim deb nimaga aytiladi va unga nisbatan qanday 
ta’riflarni berish mumkin? 

Moliyaviy tizim, dastlab, qanday sohalarga bo‘linadi? 

Davlat moliyasi va mahalliy moliya qanday bo‘g‘inlardan 
tashkil topishi mumkin? 

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi qanday bo‘g‘inlardan 
iborat? 
107 
4.2.
Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari 
 
Moliyaviy tizimni umumiy boshqarish mamlakatning oliy 
hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi quyidagi 
boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin: 

Prezident; 

Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi hamda moliya
byudjet, soliq va bank masalalari bo‘yicha Oliy Majlis har ikki 
palatasining tegishli qo‘mitalari; 

Vazirlar Mahkamasi; 

Hisob palatasi; 

Moliya vazirligi va uning quyi, jumladan, G‘aznachilik tizimi 
organlari; 

Markaziy bank; 

Davlat soliq qo‘mitasi; 

Davlat bojxona qo‘mitasi; 

Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha komissiya; 

Byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarining ijroiya 
direksiyalari; 

va boshqalar. 
Mamlakat Prezidenti moliyaviy tizimning faoliyatini tartibga 
soladi, mamlakat byudjetini tasdiqlaydi, Parlament tomonidan 
qabul qilingan moliyaviy qonunlarga “veto” qo‘yish huquqiga ega. 
Ikki palatadan (Senat va Qonunchilik) iborat bo‘lgan Oliy 
majlis soliqlar, yig‘imlar, soliq xarakteriga ega bo‘lmagan 
to‘lovlarni o‘rnatadi, davlat byudjetini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi, 
shuningdek, davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ham 
tasdiqlaydi, moliyaviy qonunlarni (masalan, Soliq kodeksi va 
boshqalar) qabul qiladi. Bir vaqtning o‘zida davlat ichki va tashqi 
qarzining chegaralarini belgilash ham Oliy Majlis tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Moliyaviy boshqaruvning umumiy boshqaruv organi sifatida 
Vazirlar Mahkamasi davlat byudjetini ko‘rib chiqadi, moliyaviy 
boshqaruvning 
yagona 
umumiy 
markazi 
sifatida 
faoliyat 
ko‘rsatadi. 
Davlat moliyaviy nazorat organi sifatida Hisob palatasi 
moliyaviy boshqaruvga oid quyidagi vazifalarni bajaradi: 


106 
4.1.1-chizma.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin