Babayeva d. R



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə260/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

Ekologik ta’lim 
- bolaga aniq maqsadga muvofiq, izchil, tizimli va 
uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlami berishga yo‘naltirilgan 
ta’limiy jarayon.
421


Ekologik faoliyat 
- ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat va 
atrof-muhit muhofazasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan 
xatti-harakatlar majmui.
Estetik tarbiya 
- bolalarni tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabat- 
lari, turmush go‘zalligini idrok etish, to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, 
ulaming badiiy didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish 
va hayotiga go‘zallik olib kirish qobiliyatini tarbiyalash jarayoni; ijti­
moiy tarbiyaning tarkibiy qismi.
Dunyoqarash 
- shaxsning tafakkur tarzi va yo‘nalishini aks et- 
tiruvchi qarashlar, e’tiqod hamda fikr-o‘ylar tizimi.
Maqol 
- xalq yaratgan g‘oyat ixcham, chuqur ma’noli gaplar.
Maqsad 
- faoliyat natijasini oldindan fikran belgilash.
Maqtov 
- foydali ish qilgan shaxsni, jamoani og‘zaki taqdirlash.
Mahorat 
- shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati. Biror so- 
hadagi moslashuvchan ko‘nikma va ijodkorlik asosida hosil bo‘lgan 
kasbiy ko‘nikmalarning yuqori darajasi, kasbiy mohirlik. Biror faoli­
yat sohasidagi yuqori darajada egallangan bilim, ko‘nikma, malaka- 
lami amaliyotda yuqori sifat va samaradorlik bilan qo‘llash.
Muammoli vaziyat 
- hayotdagi yoki o‘quv jarayonidagi vaziyat 
bo‘lib, u mashaqqat bilan hal qilinadigan masala tufayli yuzaga keladi.
Odat 
- kishining ma’lum e’tiqodlar, qadriyatlar yoki axloqiy 
me’yorlardan kelib chiqib, amalga oshiradigan ongli faoliyati.
Pedagogik jarayon 
- ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini hal 
qilishga qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuv- 
chilaming maqsadli o‘zaro munosabatlari.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin