dalardan
foydalanish, y a’ni tilni ishga solish;
akustik kanalni
ishga tushirish imkoniyati; nutqdan
muloqot va ijtimoiy aloqa
vositasi sifatida foydalanish; ushbu
barcha hodisalarni miya
harakatiga muvofiq holda tavsiflash kabi hodisalar o‘z izohini
topishi lozim 7.
Nutqiy rivojlanish jarayonini A.N.Leontev
quyidagicha tavsif-
laydi: Nutqni «rivojlantirish jarayoni bola lug‘atining va so‘zlaming
assotsiatsiya asosida bogianishining ortishida ifodalanadigan miq-
doriy o‘zgarishlar jarayoni emas, balki sifat jihatidan o‘zgarish ja-
rayonidir, zero, u fikrlash va ong rivojlanishi bilan ichki bog‘langan
holda so‘zning barcha funksiyalari, tomonlari va aloqalarini qamrab
oladigan haqiqiy rivojlanish jarayonidir»8.
XIX asming o‘rtalaridan boshlab,
nutq ontogenezi olimlami
qiziqtirib qoldi. K.D.Ushinskiy9 bolalarni ona tilida o‘qitishning
zarurligini asoslab, bolalarga ona tilini dastlabki o‘qitish metodika-
sini
ishlab chiqar ekan, bolalar tilni o‘zlashtirishlarining til bilan ta-
fakkuming o‘zaro munosabatlarini falsafiy jihatdan chuqur anglash,
o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘qitishga asoslangan
xususiyatlari va qo-
nuniyatlari borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
Rossiya
fanida
nutq
ontogenezi
borasidagi
tadqiqotlar
L.S.Vigotskiyning10 madaniy-tarixiy nazariyasiga va A.N.Leon-
tevning11 faoliyat nazariyasiga tayangan holda amalga oshirilgan.
Natijada bolalar nutqining paydo bo‘lishi va rivojlanishi ulaming
atrofdagi odamlar bilan muloqot jarayonlarida ro‘y beradi, degan qa-
rashlar tizimi shakllandi. Bunda bola kattalarning nutq namunalarini
sust ravishda qabul qilib olmaydi, balki u nutqni umuminsoniy tajriba-
ning bir qismi sifatida faol o‘zlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: