Babayeva d. R


 Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. - Т.: Sharq, 1997. - B. 20



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

2 Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. - Т.: Sharq, 1997. - B. 20.
4


etadi. Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyat 
samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash- 
ga yo‘naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina 
2015-2016-yillar davomida 459 ta maktabgacha ta’lim muassasalari 
mukammal ta’mirlandi va zamonaviy talablarga mos ravishda jihoz- 
landi. Shu bilan birga, bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasa­
larining ta’lim dasturlari va o‘quv-tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan dav­
lat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Ak- 
sariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi 
zamon talablariga javob bermaydi. Bolalami maktabgacha ta’limga 
qamrab olish ko'rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud 
muammolami amaliy bartaraf etish maqsadida 0 ‘zbekiston Res- 
publikasi Prezidentining “2017-2021 -yillarda maktabgacha ta’lim 
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qa- 
rori qabul qilindi. Dastur asosida keng koMamli kompleks tadbirlarni 
amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
• 
bolalaming har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va 
jismoniy rivojlanishi uchun ilg‘or xorijiy tajribalami inobatga olgan 
holda zarur shart-sharoitlar yaratish;
• 
maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni 
tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv reja va dasturlarini zamo­
naviy pedagogik texnologiya va metodlami inobatga olgan holda 
takomillashtirish;
• 
2200 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy- 
texnika bazasini mustahkamlash, jumladan qishloq aholi punktla- 
rida yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, ularni zamo­
naviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, o‘quv-metodik 
qo‘llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash. Ushbu tadbir­
larni amalga oshirish uchun jami 2.2 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi 
ko‘zda tutilmoqda.
Qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlaming amalga oshirilishi 
natijasida quyidagilarga erishiladi:
• 
yuqori sifatli maktabgacha ta’limni ta’minlash, bolalarni si- 
fatli maktabga tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayo­
niga muqobil dasturlami joriy etishga;
5


• 
bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo‘lgan 
6100 ta qisqa muddatli guruhlar tashkil etishga;
• 
3-6 yoshdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab 
olinmagan bolalarni, ulaming ota-onalarini metodik qo‘llanmalar bi­
lan ta’minlash orqali maktab ta’limiga tayyorlashni tashkil etishga;
• 
maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog4ini 50 ta yangi quri- 
lish hamda mavjud muassasalaming 1167 tasini rekonstruksiya qilish 
va 983 tasini mukammal ta’mirlash orqali kengaytirishga;
• 
qishloq joylardagi maktabgacha ta’lim muassasalarida ota- 
onalar badal to‘lovini 30 foizgacha kamaytirishga;
bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovini 1,5 barobarga 
oshirishga.
Dastuming samarali amalga oshirilishi unda ko‘zda tutilgan 
ko‘rsatkichlar ijrosining borishini tizimli monitoring qilib borish 
orqali davlat organlarining doimiy nazoratida bo‘ladi.3 Bu qaror 
maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashuviga xizmat qiladi.
0 ‘zbekistonRespublikasining «Maktabgacha ta’limkonsepsiyasi»da 
ko‘rsatib o‘tilganidek, maktabgacha ta’lim bu ko‘p tomonlamali, 
maqsadga yo‘naltirilgan, bolani ta’limning keyingi bosqichi - maktab 
ta’limiga tayyorlovchi, jismoniy, ruhiy, individual va yoshga doir rivoj- 
lanishini ta’minlovchi ta’lim va tarbiya jarayonidir.
«Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi»da maktabgacha ta’lim ma- 
salasi alohida yoritib o‘tilgan 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsi- 
yasi, 0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va boshqa me’yoriy-huquqiy huj- 
jatlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda respublikamizda maktab­
gacha ta’limni rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari o‘z aksini 
topgan4.
Shuningdek, Konsepsiyada maktabgacha ta’limning asosiy ik- 
kita - didaktik va metodik modellarining mohiyati ham chuqur

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin