yatli ta’limning eng yaxshi bashoratchisi; boshlang‘ich maktabning
dastlabki 2 yilida tilning rivojlanishi bolaning xarakteristikasini oldin-
dan aytib beradi. Aks holatda til o‘rganishdagi qiyinchiliklar o‘quv
muvaffaqiyatsizligi bilan bog‘liq: nutqi va tilida muammosi bor bo
lalar maktabga ilk qadam qo‘yganda eng katta qiyinchiliklar ulaming
savod chiqarishi bilan bog‘liq. Tili yaxshi rivojlanmagan bolalarda 5
yoshda 7 yoshdagiga nisbatan muvaffaqiyatsiz ta’lim ehtimoli katta
bo‘ladi15 (Edited by Mary Rafferty «А brief review of approaches to
oral language development» USA 2014 y.)
3.
Maktabgacha ta’lim me’yoriy hujjatlari asosida bolalarni tarbi
yalash.
Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi,
farovon-
ligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarish sharoitlarini va ta’sirchan
mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvoming
andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohot-
laming asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy
intellektual merpsi va umumbashariy kadriyatlar asosida, zamonaviy
madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va
texnologiyalaming yutuqlari
asosida kadrlar. tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish
0 ‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim
to‘g ‘risida»gi
0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holda tayyorlan-
gan dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga
chiqa-
rishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga mos-
lashgan, ta ’lim va kasb-hunar dasturini
ongli ravishda tanlash va
keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy,
psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlami yaratishni,
jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqa-
rolar tarbiyalashni nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom,
har tomonlama kamol topib
shakllanishni ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi,
uni muntazam ta’lim olishga tayyorlydi. Maktabgacha ta’limning
maqsad va vazifalarini ruyobga chiqarishda mahallalar, jamoat va
xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: