Babayeva d. R



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

«Maktabgacha 
yoshdagi bola nutqini rivojlantirish» kitobida 
btyon 
etilgan 
amaliy tavsiyalar ta’lim muassasalarida hozirgi kun- 
gaoha 
qo'llanib 
kelinmoqda. Yevgeniya Aleksandrovna Flerina 
(1889-1952) maktabgacha tarbiya sohasidagi birinchi pedagogika 
fknlari 
doktori 
bo‘lib, u nutqni rivojlantirish metodikasini ishlab 
ohiqishga 
katta 
hissa qo‘shgan.
Ye.A.Flerina 
umumiy estetik tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida 
badiiy 
o'qish 
muammolari bilan shug‘ullangan.
Bolalar bilan ishlash 
va o‘qituvchilik borasidagi o‘z tajribalarini 
Ye.A.Flerina 
«Maktabgacha tarbiya muassasalarida jonli so‘z» nomli 
maktabgacha tarbiya 
yo‘nalishidagi bilim yurtlari va institutlar uchun
19


birinchi o‘quv qo‘llanmasida aks ettirgan. Ushbu qo‘llanmaning 
asosiy bo‘limlari og‘zaki nutq, suhbat, badiiy o‘qish va bolalarga 
hikoya qilib berish hamda bolalarning o‘zlari hikoya qilib berishlariga 
bag‘ishlangan. Ayniqsa, Ye.A.FIerinaning badiiy asarga san’at asari 
sifatida katta e’tibor bergani, badiiy matnni o‘quvchiga yetkazishning 
turli usullarini, jumladan o‘qilgan asar bo‘yicha suhbat o‘tkazish usu- 
lini ishlab chiqqanligi juda qimmatlidir14. Ilmiy va amaliy xodimlar- 
ning aniq maqsadni ko‘zlagan holda asta-sekinlik bilan olib borgan 
ishlari natijasida maktabgacha ta’lim muassasalarida ona tilini o‘qitish 
tizimi shakllandi. Tarbiyachilar uchun ona tiliga doir qo‘llanmalar, 
ta’lim muassasalaridagi eng yaxshi ish tajrbalari haqida maqolalar 
to‘plamlari muntazam ravishda chop etila boshlandi. 1956-yili mak­
tabgacha tarbiya yo‘nalishidagi pedagogika bilim yurtlari uchun bi­
rinchi marta «Bolalar bog‘chasida nutqni rivojlantirish va ona tili­
ni o‘qitish» nomli o‘quv qo‘llanmasi dunyo yuzini ko‘rdi. Mazkur 
qo‘llanma muallifi O.I.Soloveva edi. 50-60- yillarda nutqni rivojlan­
tirish metodikasida yangi bo‘lim - grammatik to‘g‘ri nutqni shakllan­
tirishga katta e ’tibor berila boshlandi. Ushburmasalani yoritishga pro­
fessor A.N.Gvozdev ulkan hissa qo‘shdi, u n‘zining «Bolalar nutqni 
o‘rganish masalalari» nomli kitobida (1961) bolalarning ilk yoshdan 
boshlab grammatik tuzilishni o‘zlashtirib olishlarining qonuniyat- 
larini ochib bergan. Ye.A.Flerina «maktabgacha yoshdagi bolalarni 
o‘qitish muammosini tor darajada hal etish»ning xavfliligi haqida 
ogohlantirgan, maktabgacha yoshdagi bolani o‘qitishning o‘ziga xos- 
ligini ta’kidlagan: «Bolalar bevosita hayot bilan muloqotga kirishish 
yo‘li bilan, tengdoshlari va kattalar misolida hamda mashg‘ulotlar va 
maxsus mashg‘ulotlarda tarbiyachining ko‘rsatib o‘tishi orqali o‘qib 
o‘rganadilar». U o‘zining tarbiya tizimida san’atga va undan har xil 
faoliyat turlarida, shu jumladan badiiy-nutqiy faoliyatda bola imkoni- 
yatlarini rivojlantirish uchun foydalanishga asosiy o‘rinni bergan. 
A.P.Usova maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘qitishning umumiy 
nazariyasini ishlab chiqqani holda unda ona tilini o‘qitishga alohida 
o‘rin bergan. Uning fikricha, ta’lim jarayonining o‘zi to‘g‘ri nutqiy 
rivojlanish kafolati bo‘lib xizmat qiladi, chunki «bolalarning nutqiy

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin