Bu yoshdagi bolalarga nutqda sifatdoshlami qo‘llashni o‘rgatish
ular nutqini rivojlantirishga doir ishlaming ikkinchi yo‘nalishi
bo‘lishi mumkin.
Bolalar nutqiga sifatdosh shakllami kiritish uchun bolalar, katta
lar, hayvonlar, qushlaming turli harakatlarini tasvirlovchi suratlardan
foydalanish mumkin (o‘qiyotgan bola, raqs tushayotgan qiz, yugu-
rayotgan quyon va h.k.).
Bolalar surat asosida gap tuzadilar: «Bola o‘qiyapti». Tarbiyachi
o‘qiyotgan bola so‘z birikmasini tuzishga yordam beradi. Tarbiyachi
so‘z birikmasidagi sifatdoshni aytadi, so‘ngra bolalardan so‘raydi:
«Qaysi bola?» - « 0 ‘qiyotgan bola».
M ashg‘ulot uchun eng k o ‘p qo‘llaniladigan fe’llarni olish va
ulardan hozirgi zamondagi haqiqiy sifatdoshlami hosil qilish
darkor. Bolalarga hech qanday atamalar m a’lum qilinmasligi
kerak, bunda ulam ing ayrim sifatdoshlami esda saqlab qolish-
lari va zarur b o ‘lganda ulam i o ‘z nutqiga qo‘sha olishlari juda
muhimdir.
Bolalarning sifatdoshlami qo‘llashlariga oid ishlar tabiatni ku
zatish chog‘ida, rasm chizish mashg‘ulotlarida, badiiy adabiyotni
о‘qish jarayonida o‘tkazilishi mumkin. Bunda quyidagi usullardan
foydalanish mumkin:
1.
Predmetni, uning belgilarini ko‘rsatish va nomini aytishni
ulaming mohiyatini ochib beradigan izohlar bilan birgalikda amalga
oshirish lozim. Masalan, tushayotgan barg so‘z birikmasida - bu tu
shayotgan bargdir. Bolalarga tanishtiriladigan sifatdoshlami yaxshisi,
oldin alohida-alohida, keyin jo ‘r bo‘lib aytgan ma’qul.
2.
Muayyan so‘zning hosil bo‘lishini tushuntirib berish: «chiza-
yotgan» so‘zi chizmoq so‘zidan, «raqsga tushayotgan» so‘zi raqsga
tushmoq so‘zidan hosil bo‘lganligini aytish lozim.
3.
Sifatdoshga savollar qo‘yish: «Dala qanday, sarg‘ayaptimi?»
- «Sarg‘ayapti».
4.
Ot va sifatdoshdan iborat bo‘lgan so‘z birikmasi asosida gap
tuzish: «sarg‘ayayotgan barglar - olmaning sarg‘ayayotgan barglari
ko‘rinib turibdi», «varillayotgan samolyot - varillayotgan samolyot
shahar ustidan uchib o‘tdi» va h.k.
Dostları ilə paylaş: