Babayeva d. R


gacha  ta’lim rivojining zamonaviy bosqichi qator o‘zgarishlar bilan  tivsiflanadi



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

gacha 
ta’lim rivojining zamonaviy bosqichi qator o‘zgarishlar bilan 
tivsiflanadi: 
maktabgacha ta’lim ochiq turdagi ta’lim muassasasi si- 
fetida 
shakllandi; maktabgacha ta’lim muassasalarining eng muhim 
ftinksiyasi 
bolalaming hayotiy faoliyatini muhofaza qilish va salo- 
matligini 
mustahkamlash; tarbiyalanuvchilami maktab ta’limiga mu- 
Vtftqqiyatli 
tayyorlash va boshqalar. Shuningdek, bugungi kunda Res- 
publikamizda 
xilma-xil (yasli, bolalar bog‘chasi, bolalar bog‘chasi-
25


boshlang‘ich maktab, davlatga qarashli va xususiy) turdagi maktab­
gacha ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritmoqda.
1997-yilda YUNESKO qaroriga ko‘ra maktabgacha ta’limning 
nazariy asoslarmi qayta ko‘rib chiqish zaruriyati bilan asoslangan 
«maktabgacha ta’lim» atamasi qabul qilindi. Ana shunday asosdan 
kelib chiqqan holda 2011 -yilda Respublikamizda maktabgacha ta’ lim 
rivojinmg asosiy yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari, tamoyillarini 
o‘z ichiga olgan «Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi» ishlab chiqildi.
0 ‘zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta’lim Konsepsiya­
si» uch bosqichda amalga oshiriladi:
I bosqich - qonunchilik faoliyatiga doir - 2012-2014-yillar.
II bosqich - tashkiliy-amaliy - 2015-2017-yillar.
III bosqich - yakuniy - 2018-2020-yillar.
«Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi» maktabgacha ta’lim masalasi
alohida yoritib o‘tilgan 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, Kadr­
lar tayyorlash Milliy dasturi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar 
asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda respublikamizda maktabgacha 
ta’limni rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari o‘z aksini topgan.
Mazkur konsepsiya beshta bo‘limni o‘z ichiga olgan bo‘lib, kirish 
(preambula), asosiy qism (konsepsiyaning asosiy mazmuni), maktab­
gacha ta’lim tizimining tuzilishi, maktabgacha ta’lim muassasala- 
rining dasturiy-metodik ta’minoti, maktabgacha ta’limda pedagogik 
texnologiyalami tatbiq etish masalalari yoritib berilgan.
«Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi»ning bosh g‘oyasini shaxsga 
yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish tashkil etgan. Ana shu asos­
dan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’limda ta’lim-tarbiya ishla- 
rini tashkil etishga doir zamonaviy yondashuvlar sifatida ijtimoiy- 
pedagogik, gnoseologik (bilishga doir), psixologik, akmeologik 
kabilarga alohida e’tibor qaratish, ulardan yaxlit tarzda foydalanish 
bayon etilgan.
Shuningdek, konsepsiyada maktabgacha ta’limning asosiy ikkita
- didaktik va metodik modellarining mohiyati ham chuqur va ye- 
tarlicha yoritib berilgan. Har ikkala model ham shaxsga yo‘naltirilgan 
ta’lim texnologiyalari nuqtayi nazaridan asoslab berilgan bo‘lib, ular-
26


ning asosiy tamoyillari, ta’lim vositalari, bosqichlari hamda pedagog 
va bolalaming o‘zaro harakati turlari aniq ko'rsatib berilgan.
Konsepsiyaning uchinchi - «Maktabgacha ta’limning tuzilishi» 
bo‘limida maktabgacha ta’lim muassasalarining turlari, tabaqa- 
lashtirilgan yondashuv asosida maktabgacha ta’lim muassasalari­
da guruhlami shakllantirish, ulami zarur jihozlar bilan ta’minlash, 
mazkur ta’lim muassasalarida ijtimoiy va psixologik xizmatni 
yo‘lga qo‘yish, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun tarbiya- 
chilar tayyorlash tizimi, maktabgacha ta’lim muassasasi xodimla- 
rini qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga alohida 
e’tibor qaratilgan.
Konsepsiyada maktabgacha ta’lim muassasalarida asosiy e’tibor 
qaratilishi lozim bo‘lgan guruhlami tashkil etishning tabaqalashtiril- 
gan yondashuvga asoslangan quyidagi maqbul varianti taqdim etil- 
gan. Unga ko‘ra turli yoshdagi tarbiyalanuvchilardan tashkil topgan 
guruhda - 10-12 ta bola, ilk yosh guruhida - 6-8 bola, uch yoshdan 
besh yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhida - 8-10 ta bola, besh yosh­
dan olti yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhida - 10—12 ta bola qamrab 
olinishi maqsadga muvofiq.
Shuningdek, konsepsiyada ta’kidlab o‘tilganidek, maktabgacha 
ta’lim 
muassasalarini narsa-buyumlar bilan jihozlashda milliy-etnik, 
moddiy va ma’naviy qadriyatlar uyg‘unligiga erishish lozim. Chunki 
aynan 
maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab bolada ma’naviy-axlo- 
qiy 
qiyofa shakllana borib, uning har tomonlama uyg‘un rivojlani- 
ihiga 
tamal toshi qo‘yiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida psixologik va ijtimoiy xiz- 
matning 
birga olib borilishi tarbiya samaradorligini ta’minlashga 
Xizmat 
qiladi. Psixologik xizmat bolaning har tomonlama, psixik va 
■haxsiy 
rivojlanishiga imkon bersa, ijtimoiy xizmat esa bolaning sot- 
■ium 
(ta’lim muassasasi, oila va mahalla)dagi tarbiyasi, rivojlanishi 
V» to'liq 
ijtimoiylashuvini ta’minlashga doir shart-sharoitlar yaratadi.
«Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi»da belgilab berilgan yana bir 
muhim 
vazifa maktabgacha ta’lim muassasalarining dasturiy-meto- 
dlk ta 
’minotini takomillashtirishdir. Yaratilishi lozim bo‘lgan das- 
tUrly-mctodik majmua maktabgacha ta’limga qo‘yilayotgan talablar,
27


bolalar bilan ishlash, ularni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini 
amalga oshirishni ta’minlashi zarur. Mazkur majmuada tarbiyachilar 
va maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi boshqa mutaxas- 
sislar uchun yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalari o‘rin egal- 
lashi kerak. Albatta, bu xayrli ishlami ta’lim-tarbiyaning birinchi 
bo‘g‘ini bo‘lgan oila, maktabgacha ta’lim muassasasidan olib borish 
maqsadga muvofiqdir deb ko‘rsatib o‘tilgan. Shunday ekan, biz birin­
chi navbatda maktabgacha ta’lim tizimiga e’tibor berishimiz, ularni 
yetuk malakali mutaxassislar bilan boyitishimiz zarurdir. Tarbiyala- 
nayotgan bolalarni har tomonlama bilimli odob-axloqli qilib tarbi­
yalash bizning oliy maqsadimizdir.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin