"Ehson qilish uchun ulardan o‘zingiz faqat ko‘z yumib turib oladigan past- nopoklarini tanlamangiz va bilingiz, albatta, Alloh behojat va hamdu sanoga loyiq zotdir" (Baqara, 267).
5. Riyodan qo‘rqib, uni yashirin berish.
6. Ajrini yo‘qotishdan qo‘rqib, minnatdan uzoq bo‘lish.
7. Uning sohibiga gunohdan qo‘rqib, aziyat yetkazmaslik. Chunki Alloh aytadiki:
"Sadaqalaringizni minnat va aziyat bilan botil qilmangizlar" (Baqara, 264).
____________
Sadaqa balolarni daf qilishi haqidagi bob hadislari 450-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan.
451-hadis. Muttafaqun alayh.
O‘TTIZ SAKKIZINCHI BOB RAMAZON OYI FAZILATLARI 452. Abu Lays Samarqandiy aytadilar: Ibn Abbos (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallamdan eshitgan ekanlar: "Jannat yildan yilga ramazon kirishi bilan ziynatlanib,
yangilanib, o‘zini hozirlaydi. Birinchi kechada arsh ostidan shamol esadi, uni musiyra
deyishadi. Jannat daraxtlarining barglari shitirlaydi va eshiklarning halqalari taqillaydi.
So‘ngra bir ovoz eshitiladiki, qulog‘i bor jonzot undan yaxshirog‘ini eshitmagan. So‘ngra
hurlar ko‘rinish berib, jannat tepasiga chiqadilar. Nido qiladilarki: "Kuyovlar bormi? Alloh
taolo bizni ularga nikohlasin". Keyin yana deydilar: "Ey Rizvon! (Rizvon – jannatdagi
farishtaning nomi – tarj.) Bu tun qanday tun?" Ular talbiya aytib javob beradilar: "Ey
jannat go‘zallarining yaxshilari! Bu kecha ramazon oyining birinchi kechasidir". Alloh
Rizvonga: "Jannat eshiklarini Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ro‘zador
ummatlari uchun och", deb aytadi. So‘ngra Alloh Molikka (u do‘zax farishtasi – tarj.):
"Ey Molik, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ro‘zador ummatlari uchun do‘zax
eshiklarini yop", deydi va keyin Jabroilga aytadi: "Ey Jabroil, yerga tushib shaytonning
sarkashlarini zanjirband qil. Ularni temir bo‘yinbog‘lar bilan bog‘la, keyin dengiz
to‘lqinlariga uloqtir, toki habibim Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlari
ro‘zalarini buzmasin". Alloh taola ramazon oyining har kechasida uch marta aytadi:
"So‘rovchilar bormi? Men so‘ragan narsasini beraman. Tavba qiluvchilar bormi?
Tavbasini qabul qilaman. Gunohlarini kechirishni so‘rovchi bormi? Uning gunohini
kechiraman" Keyin nido qiluvchi nido qiladi: "Amallarning mukofotini to‘la-to‘kis qilib
beruvchi bo‘lgan Zotga qarz beruvchi bormi?" (Ya’ni, amal qiluvchi bormi? Alloh taolo
uning ajrini mukammal qilib beradi).