www.ziyouz.com kutubxonasi
196
Oyisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi: U kishi (r.a.) o‘tirganlarida bir xotin keldi. U
qo‘llarini yengiga yashirib olgan edi. Oyisha onamiz: "Senga nima bo‘ldiki qo‘lingni
yengingdan chiqarmaysan?" dedilar. Xotin: "So‘ramang", dedi. Oyisha onamiz aytdilar:
"Menga aytishing kerak". "Ey mo‘minlarning onasi, – dedi xotin, – mening ota-onam bor
edi. Otam sadaqa qilishni yaxshi ko‘rardilar. Ammo onam aksincha. Bir bo‘lak yog‘ bilan
yirtiq kiyimni sadaqa qilganlaridan boshqa sadaqa qilganlarini ko‘rmaganman. Ular vafot
etishdi. Bir kuni tushimda guyoki qiyomat bo‘lgandek edi. Onamni odamlar orasida
ko‘rdim, o‘sha yirtiq kiyimi avrati ustiga tashlangan, yog‘ esa ikki qo‘llarida edi. Onam
hansirar va: "Chanqadim", der edi. Otamni havzi kavsar yonida ko‘rdim. U suv
tarqatardi. O‘zlari suv berib sadaqa qilishni juda yaxshi ko‘rardilar. Bir piyolada suv olib
onamga ichirdim. Shunda tepadan nido keldi: "Ogoh bo‘linglar, kim bu ayolga suv bersa,
qo‘li shol bo‘ladi". Nogoh uyg‘onib ketdim, qarasam qo‘lim shol bo‘lib qolibdi".
Molik ibn Dinor (r.a.) bir kuni o‘tirganlarida tilanchi tilanib keldi. Uylarida bir savat
xurmo bor edi. Xotiniga: "Xurmoni keltir", dedilar. Xotini xurmoni olib keldi. Molik uning
yarmini olib, tilanchiga berib, yarmini xotiniga qaytardilar. Xotini: "Sizga o‘xshaganlarni
yana zohid deyishadi. Biron kishining podshohga yarimta narsa yuborganini
ko‘rganmisiz", dedi. Molik tilanchini chaqirib, qolganini ham berdilar. Keyin xotiniga
yuzlanib dedilar: "Ey xotin, harakat qil, harakat qil! Alloh taolo aytadi:
"Bas, Alloh jahannam ko‘riqchilariga der: "Uni ushlab, kishanlanglar! So‘ngra do‘zaxga tashlanglar, so‘ngra uzunligi yetmish gaz bo‘lgan zanjirga solib bog‘langlar". Bu qattiq azob kimlarga, desa, aytiladi: "Chunki u ulug‘ Allohga imon keltirmas va beva-bechoraga taom berishga (o‘zini va boshqalarni)