Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə227/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
200
bo‘yi bo‘lmog‘ini orzu qilardi". Xuzo’a qabilasidan bir kishi: "Ey Allohning elchisi, bu oyda 
nimalar borligini bizga aytib bering", dedi. Aytdilar: "Jannat ramazon uchun yildan yilga 
bir marta ziynatlanadi. Birinchi ramazon kechasi arshning tagidan shamol esib, jannat 
daraxtlarining yaproqlari shitirlaydi. Hurlar unga qarab aytadilarki: "Ey Parvardigor, bu 
oyda bandalaringga bizlarni nikohla. Bizlar bilan ularning ko‘zlari quvonsin, biz ular bilan 
ko‘zlarimizni quvontiraylik". Qaysi banda ramazonda ro‘za tutsa, Alloh uni yoqutli 
chodirda ikki hurga uylantiradi. Alloh ularni: 
"Ular chodirlarda asralgan hurlardir" 
(Ar-rahmon, 72), deb sifatlagan. U hurlarning 
har birida yetmishta bezak bor, u bezaklarning rangi boshqa bezaklarda topilmaydi, 
yetmish turli xushbo‘y narsalar beriladi. Har bir hurda dur bilan to‘qilgan, yoqutdan 
bo‘lgan yotoqlari bor va har birining yetmishta xizmatchisi bo‘ladi. Mana shular 
ramazonda ro‘za tutganlar uchundir. Yaxshiliklariga alohida ajr beriladi". 
460. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Rajab ummatimning oyidir, uning 
boshqa oylardan ortiqligi ummatimning boshqa ummatlardan ortiqligichadir. Sha’bon 
mening oyimdir, uning boshqa oylardan ortiqligi mening boshqa payg‘ambarlardan 
ortiqligimcha. Ramazon Allohning oyi, uning boshqa oylardan ortiqligi o‘zining xalqidan 
ortiqligicha". 
461. Faqih aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam chiqqanlarida odamlar 
tortishib turishgan edi. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Men sizlarga 
Laylatul-qadrning xabarini bermoqchi edim, lekin sizlarning unga suyanib 
qolishlaringdan qo‘rqdim. Shoyad bu sizlarga yaxshilik bo‘lsa. Uni oxirgi o‘n kunlikda 
izlanglar, qolgan to‘qqizida, yettisida, beshida, uchida va oxirgi kunida. Uning belgilari: 
toza, nurli bo‘ladi, issiq ham, sovuq ham bo‘lmaydi. Quyosh chiqqanida uning harorati 
bo‘lmaydi, kim imon keltirib va savob umid qilgan holda qoim tursa, uning oldingi 
gunohlari kechiriladi". 
Faqih aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam kechada qoim bo‘lishning, 
kunduzi ro‘za tutishning imon keltirgan va savob umid qilgan holda bo‘lishini shart 
qildilar. Imon – Alloh u uchun va’da qilgan savoblarga ishonish; savob umid etish esa, 
Allohga yuzlangan holda Unga xushu’ qilishdir. Agar banda Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam zikr qilgan savoblarga yetmoqni xohlasa, bu oyning hurmatini bilishi lozim, bu 
oyda tilini yolg‘ondan, g‘iybatdan, ortiqcha so‘zlardan, a’zolarini xato va adashishlardan
qalbini musulmonlarga hasaddan, adovatdan saqlamog‘i kerak. Shularni bajargach, 
amallari qabul bo‘ladimi yoki yo‘qmi, Allohdan qo‘rqib turmog‘i lozimdir. 
Bir hakim aytar ekan: "Musibatga uchragan kishiga dunyoda ajr va oxiratda savob 
bo‘lishining kafolatini berding, agar bu ro‘zani bizlardan qaytarsang, ya’ni, rad qilsang
bu musibatning ajridan ham bizlarni mahrum qilmagin, ey yaxshilik bilan tanilgan Zot!" 
462. Abu Zarr Fiforiy (r.a.) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan birga 
ro‘za tutdik. Ramazonning yigirma uchinchi kunida Payg‘ambar biz bilan namoz o‘qidilar. 
Hatto kechaning uchdan biri o‘tdi. Keyin yigirma to‘rtinchi kuni chiqmadilar. Yigirma 
beshinchi kuni esa, chiqib, to kecha yarim bo‘lguncha namoz o‘qidilar. Shunda biz: "Bu 
kechaning hammasini nafl qilib yuborsak-chi?" dedik. U zot aytdilarki: "Kim chiqib, imom 
bilan namoz o‘qisa, keyin imom ketgach ketsa, unga kechasi bilan ibodat qilib chiqqan 
savobi yoziladi". So‘ng yigirma oltinchida o‘qimadilar. Yigirma yettinchi kuni bo‘lganda, 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin