“Yulduzlarga qarab turib, men kasalga yo‘liquvchidirman”
dedi (Soffat, 88-89).
Vaholanki, u paytda sog‘ edi. Ikkinchisi, (Ibrohim):
“Aytdi: “Yo‘q, bu ishni ularning kattasi mana bu (haykal) qildi”
(Anbiyo, 63).
Uchinchisi, ayollarini singlim deb aytgan edilar...”
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
32
Ibrohim alayhissalom davom etdilarki: “Bugun o‘zim bilan o‘zim ovoraman, sizlar
Musoga boringlar, Alloh u bilan farishtasiz bevosita so‘zlashgan edi”, deydilar. Odamlar
Muso alayhissalomga kelib, yuqoridagi iltimosni qilganlarida, u kishi: “Men bunga qodir
emasman, chunki men bir odamni nohaq o‘ldirib qo‘yganman, bugun o‘zim bilan o‘zim
ovoraman. Sizlar Isoga boringlar, chunki u Allohning ruhi va so‘zi bo‘lgan”, deydilar.
Odamlar Iso alayhissalomga kelganlarida, u kishi: “Men ham qodir emasman, insonlar
Allohni qo‘yib meni va onamni iloh qilib olishgan. Bugun meni o‘zimdan boshqa narsa
qiziqtirmaydi”, deydilar. Keyin yana aytadilarki: “Agar birortalaringizda biror narsa
bo‘lsa-yu, uni xaltaga solib, ustini o‘rab qo‘ysa, o‘ralgan narsani ochmasdan turib,
idishdagi narsani olib bo‘ladimi?” Shunda odamlar: “Yo‘q”, deyishadi”. Unday bo‘lsa,
Muhammad (s.a.v.) bilan payg‘ambarlar yakunlangan. U bugun sizlarga vafo qiladi.
Alloh uning avvalgi va keyingi gunohlarini kechirgan”, deydilar”.
Rasululloh (s.a.v.) aytdilarki, “O‘sha kuni insonlar me-ning oldimga kelishadi va men
aytamanki: “Ha, men shafoat qilgayman. Alloh kimniki xohlasa va kimgaki rozi bo‘lsa”.
Keyin Alloh taolo o‘zi xohlagancha turib qoladi va hukm chiqarmoqchi bo‘lganida bir nido
qiluvchi: “Muhammad va uning ummati qani?” deb nido qiladi. Bizlar (men va ummatim)
birinchi va oxirgilarmiz, (ya’ni, dunyoda oxirgilar va qiyomatda hisob qilinishda
birinchimiz), keyin men va ummatim turgaymiz. Boshqa ummatlar bizga yo‘l ochib
berishadi va insonlar orasida tahorat izlari badanimizda ot oyog‘idagi halqadek ko‘rinib
turgan holatda o‘tamiz, insonlar bizga qarab: “Bu ummat hammasi payg‘ambar
bo‘lishiga yaqin qolgan ekan”, deydilar. So‘ngra jannat eshigiga borib, ochishlarini
so‘raymiz. “Kimsiz?” deb aytiladi, men: “Allohning payg‘ambari Muhammadman”,
deganimdan keyin eshik ochiladi, kirib Rabbimga sajda qilaman va shunday hamdu
sanolarni aytamanki, ularni hech kim mendan oldin aytmagan, mendan keyin ham hech
kim aytmaydi. Keyin menga aytiladiki: “Boshingni ko‘tar, so‘zla, so‘zingga quloq
solingaydir, so‘ra so‘raganing berilgaydir, shafoat qil, qabul qilingaydir!” Boshimni
ko‘tarib, har bir qalbida bug‘doy yoki zarra misqolicha iymoni bo‘lgan, ya’ni “La ilaha
illalloh Muhammadur-rasululloh” kalimasiga ishonchi bo‘lgan kishilarni shafoat qilaman”.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bir kuni masjidga kirsalar, Ka’b-ul Ahbor insonlarga
gapirib o‘tirgan ekan, shunda Umar unga: “Ey Ka’b, bizni qo‘rqitgin” debdi. Ka’b:
“Allohga qasamki, Alloh taoloning shunday farishtalari borki, yaratilgandan beri tik
turadilar. Va boshqalari sajda qilgan hollarida boshlarini sur chalinguncha
ko‘tarmaydilar, hammalari aytishadiki: “Yo Alloh! Sen poksan va maqtovga loyiqsan.
Senga haqiqiy ibodat qila olmadik. Senga loyiq bo‘ladigan darajada ibodat qila olmadik!”
Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasam ichamanki, qiyomat kuni jahannam yaqinlashtiriladi,
undan baqiriq va o‘kiriklar eshitiladi, yaqinlashtirilganda shunday bir ovoz chiqaradiki,
uni eshitgan har bir payg‘ambar ham, shahid ham tiz cho‘kib qoladi, har bir shahid: “Ey
Parvardigoro, Sendan faqat o‘zimni so‘rayman”, deydi. Ibrohim alayhissalom Ismoil va
Ishoqni unutib: “Ey Rabbim, men do‘sting Ibrohimman!” deydilar... Ey Umar, agar o‘sha
kuni senda yetmishta payg‘ambarning savobi bo‘lsa ham, najot topmayman, deb
o‘ylaysan”. O‘tirganlar hammalari dod deb yig‘laydilar.
Umar roziyallohu anhu buni ko‘rib: “Ey Ka’b, endi bizni suyuntirgin!” dedilar. Aytdiki:
“Xursand bo‘linglar, Alloh taoloning uch yuz o‘n uchta shariati bor, qiyomat kuni qaysi
banda shulardan birontasini qilib, ixlos kalimasi bilan kelsa, Alloh o‘sha bandani jannatga
kirgizadi. Allohga qasamki, agar Allohning rahmatini qay darajada ekanini
bilganlaringizda edi, amal qilishni kamaytirib qo‘yar edingiz!”
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Dostları ilə paylaş: |