Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
31
Ikrima roziyallohu anhu aytadiki: “Qiyomat kuni ota o‘g‘lining bo‘yniga osiladi va: “Ey 
o‘g‘lim, men dunyoda sening otang edim”, deydi. O‘g‘li uni maqtab yaxshi ota edingiz, 
deb aytgach, otasi: “Ey o‘g‘lim, men sendan zarragina savobga muhtojman, shoyadki, 
o‘sha bilan ko‘rib turgan narsangdan (jahannamdan) qutulib qolsam”, deydi. Shunda 
o‘g‘li: “Men ham siz qo‘rqqan narsadan qo‘rqyapman, sizga hech narsa bera olmayman”, 
deydi. Shunda otasi xotiniga yopishib: “Men dunyoda sening ering edim”, deydi. Xotini 
uni maqtab yaxshi er edingiz, deb aytgach, eri: “Men sendan bittagina savob hadya 
qilishingni so‘rayman, shoyadki, men jahannamdan qutulib qolsam”, deydi. Xotini 
aytadiki: “Men unday qila olmayman, o‘zim ham siz qo‘rqqan narsadan qo‘rqib 
turibman”, deydi. Shunda Alloh taolo aytadiki: 
“Qiyomat kunida hech bir ko‘targuvchi (ya’ni gunohkor jon) o‘zga jonning 
yukini (ya’ni gunohini) ko‘tarmas. Agar og‘ir (gunoh egasi bo‘lgan jon birovni) 
o‘z yuki-gunohiga (ya’ni gunohining bir qismini ko‘tarishga) chorlasa, (garchi 
chorlaguvchi) yaqin qarindoshi bo‘lsa-da, u (gunohdan) biron narsa 
ko‘tarilmas, ya’ni u kunda har kim o‘z amali bilan mashg‘ul bo‘lib, ota bolaga, 
aka ukaga qarashga imkon topmas”
(Fotir, 18). 
50. Ibn Mas’ud roziyallohu anhu Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladiki: “Kofir kishi u 
Kunning uzunligi tufayli o‘zining to‘kilgan terlaridan o‘zi jilovlanadi va “Ey Parvardigor! 
Do‘zaxga kirgizib bo‘lsa ham, menga rahm qil!” deb yuboradi” 
51. Ibn Abbos roziyalohu anhu Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi. Payg‘ambarimiz 
(s.a.v.) aytganlar: “Har bir payg‘ambarga qabul bo‘ladigan bir duo berilgan, hamma 
payg‘ambarlar uni bu dunyoda qilib bo‘lishgan, men esa uni qiyomat kuni ummatimni 
shafoat qilish uchun olib qo‘yganman. Bilinglarki, men odam farzandlarining eng 
ulug‘iman, bunga faxrlanmayman. Qiyomat kuni yer birinchi bo‘lib mening ustimdan 
ochiladi. Bunga faxrlanmayman. Qiyomat kuni hamdu sano bayrog‘i mening qo‘limda 
bo‘ladi. Odamdan tortib hamma insonlar uning ostida turadilar. Bularga 
faxrlanmayman”. Keyin aytdilarki: “Qiyomat kuni insonlarning g‘am-alami juda 
qattiqlashib ketadi. Ular Odam alayhissalomga kelib: “Ey insonlar otasi, Rabbing oldida 
bizni shafoat qil, tezroq hukmimizni chiqarsin”, deydilar. Shunda Odam: “Men unday 
qilolmayman, chunki xato qilib jannatdan chiqarilganman. Bugun meni o‘zimdan boshqa 
narsa qiziqtirmaydi, sizlar Nuhga borib ko‘ringlar, u rasullarning birinchisidir”, deydi. 
Insonlar Nuh alayhissalomga kelib yuqoridagi so‘zlarni aytganlarida u kishi: “Men 
Rabbimning oldiga bora olmayman, chunki duo qilib yer yuzidagi odamlarni cho‘ktirib 
yuborganman, bugun meni o‘zimdan boshqa narsa qiziqtir-maydi. Ibrohimga borib 
ko‘ringlar, Alloh uni o‘ziga do‘st tutgan edi”, deydilar. Odamlar Ibrohim alayhissalomga 
borib, shu so‘zlarni aytishadi. “Men bunga qodir emasman, chunki Islomda uch marta 
yolg‘on gapirganman” deydilar. 
Rasululloh (s.a.v.) aytadilarki: “Ibrohim uch narsa bilan Islomda tortishgan, birinchisi, 
ushbu oyatda kelgandek: 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin