www.ziyouz.com
kutubxonasi
33
Ey birodar! Mana shunday kunga yaxshi amallarni qilishlik va yomon amallardan
tiyilishlik bilan tayyorlan, qiyomatga yaqin vaqtda turibsan, u kunda umringga
pushaymon qilasan, bilib qo‘yginki, agar o‘lsang, qiyomat boshlanadi. Mug‘iyra ibn
Sho‘’ba aytganidek: “Sizlar, qiyomat, qiyomat deysizlar, sizlar o‘lishlaringiz bilan
qiyomat boshlanadi”.
Alqama ibn Qays bir odamning janozasida qatnashadilar va qabrga qo‘yib, dafn
qilingach: “Bu bandaga qiyomat boshlandi”, dedi. Bu gapni aytishining sababi shuki,
inson o‘lsa, qiyomatda bo‘ladigan ishi aniq bo‘ladi, chunki u jannatni, do‘zaxni va
farishtalarni ko‘radi, hech qanday amal qilishga qodir bo‘lmaydi, go‘yoki qiyomatga kelib
qolgandek bo‘ladi, chunki o‘limi bilan uning amallariga xotima yasalgan bo‘ladi, qiyomat
kuni qanday o‘lgan bo‘lsa, o‘shanday tiriladi. Kimniki amali yaxshilik bilan tugagan
bo‘lsa, qanday yaxshi!
Abu Bakir al-Vositiy aytadiki: “Davlat uchta bo‘ladi: hayotdagi davlat, o‘lim paytidagi
davlat va qiyomatdagi davlat. Hayotdagi davlat – Allohning toatu ibodatini qilib
yashashdir, o‘lim paytidagisi esa “La ilaha illalloh” kalimasi bilan joni chiqishidir, haqiqiy
davlat esa qiyomat kuni jannat xushxabari berilishidir”.
Rivoyat qilinadiki: Yahyo ibn Maoz Ar-Roziyning majlisida qiyomat kuni haqidagi
“Biz muttaqiyn-taqvoli zotlarni otliq hollarda Rahmon dargohiga to‘playdigan
va mujrim – jinoyatchi-kofirlarni jahannamga tushishlari uchun haydaydigan
kunni (eslang)!”
(Maryam, 85, 86) degan oyat o‘qilganda, u kishi aytdi: “Ey insonlar,
xotirjam yuraveringlar, ertaga mahshargohga yig‘ilasizlar, har tomondan to‘da-to‘da
bo‘lib kelasizlar. Allohning oldida bitta-bitta turasizlar, amallaringiz haqida harfma-harf
so‘roq qilinasizlar. Allohning do‘stlari Rahmonning oldiga ulovga mindirilgan holda olib
boriladilar, gunohkor osiy bandalar jahannamga yuboriladilar, jahannamga to‘da-to‘da
bo‘lib kiradilar. Bularning biri qachonki yer titrab, vayron bo‘lsa, Parvardigoringiz(ning
hukmi) va farishtalar saf-saf bo‘lib kelsa, jahannam dard-hasratlar bilan keltirilsa,
o‘shanda sodir bo‘ladi. Birodarlarim miqdori ellik ming yilga teng bo‘lgan kunda sizga
voy bo‘lsin, titrab-qaltirash kuni, shoshilish-dovdirash kuni, qiyomat kuni, hasrat-
nadomat kuni, u ulug‘ Kundir, insonlar olamlarning Rabbi huzurida turg‘iziladigan kun,
zilzila bo‘ladigan kun, qichqiriq keladigan kun, haqiqat kuni, qalbni zirillatadigan kun!
Allohga qaytiladigan kun, kishi qilgan amallariga qaraydigan kun, almashish kuni,
insonlar amallarini ko‘rish uchun firqa-firqa bo‘lib boradigan kun, birov birovga yordam
berolmaydigan kun, yuzlar oqaradigan va ba’zi yuzlar qorayadigan kun, hiyla-nayrang
ish bermaydigan kun. Ota farzandini himoya qilolmaydigan, farzand otasiga yordam
berolmaydigan kun, yomonliklari hamma yoqqa tarqab ketadigan kun, u kunda
zolimlarning qilgan uzrlari foyda bermaydi, ularga yomon joy bordir, har kim o‘zigagina
qayg‘uradigan kun, u kunda har bir emizguvchi emizadigan bolasini esdan chiqarib
qo‘yadi, har bir homilador homilasini tashlab yuboradi, insonlarni mast bo‘libdi, deb
o‘ylaysan, lekin ular mast emas, balki Allohning azobi qattiqdir”.
Muqotil ibn Sulaymon aytadiki: “Maxluqotlar qiyomat kuni yuz yil o‘z terlariga
yuganlangan holatda turadilar, keyin yuz yil zulmatga hayron bo‘lib turadilar, keyin yuz
yil Rabbilarning huzurida bir-birlari bilan tortishib-talashib turadilar. Aytiladiki, qiyomat
kunining miqdori ellik ming yildir. Allohga ixlos qilgan mo‘min uchun bu muddat xuddi
bir soat o‘tgandek o‘tib ketadi”.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Dostları ilə paylaş: |