38
o‘qituvchisini MTTning maktabga tayyorlovguruhidava birinchi sinfda olib
boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlar vazifasi bilan tanishtirishni, maktabga tayyorlov
guruhi va 1 sinf dasturi mazmunini, tayyorlov guruhi bolalari va maktabdagi 1 sinf
o‘quvchilarining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishni taqozo etadi. Mana shunday
usulda ish olib borilganda o‘qituvchi va tarbiyachilar maktabni 1 sinf va MTTni
tayyorlov guruhidagi bolalarga xos bo‘lgan yosh xususiyatlarini,
ularning ruhiy
tabiatini, aqliy va ijtimoiy rivojlantirishlarini tushunib, ularni maktabga tayyorlov
masalalarini yaxshiroq anglab olishlarida yordam beradi. Bu maqsadni amalga
oshirishda maktabgacha ta'lim muassasasi bilan maktab o‘rtasida quyidagicha
konkret aloqa shakllari o‘rnatiladi: o‘qituvchi va tarbiyachilar bolalarni maktabga
tayyorlash va uzviylik masalalari bo‘yicha bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha
birgalikda o‘tkaziladigan tadbirlarning mosligini muhokama qilish uchun seminar,
pedagogik
kengashlarda qatnashish, shuningdek, bolalarning yosh xususiyatlarini,
ularning MTTdan maktabga o‘tishlaridagi ruhiy qiyinchiliklar, maktab sharoitiga
qiynalmay moslashishlariga yordam beruvchi omillar bo‘yicha tarbiyachi va
o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan leksiyalar orqali tajriba almashuv va
boshqalar kiradi. Maktabgacha ta'lim muassasasi bilan maktab o‘rtasidagi
uzviy
aloqaning pedagogik vazifasi MTTning tayyorlov guruhida va maktabning 1 sinfida
olib boriladigan ta’lim -tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradigan faoliyat shakllari va
usullari bilan o‘zaro tanishishni taqozo etadi. Bu masalada MTTning tayyorlov
guruhi tarbiyachilari maktabning 1 sinfida olib borilayotgan darslarni kuzatadilar va
dars, mashg'ulotlardan keyin birgalikda yig‘ilishib uni muhokama qiladilar, ayrim
metodikalar bo‘yicha seminar - praktikumlarda qatnashadilar: ilg‘or tajribalar bilan
o‘rtoqlashish, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha yoki 1 sinfda bolalarga bilim
berish bo‘yicha pedagogik kengashlarni o‘tkazadilar. Yuqorida keltirilgan hamma
ish shakllari va mazmunini amalga oshirishdan asosiy maqsad ilgari surilayotgan
masalani har tomonlama tahlil qilish, uni hal etishda
uchraydigan kamchiliklarni
aniqlash, bolalar bog‘chasi va maktabda olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini
yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdir.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan maktab o‘rtasidagi aloqaning amaliy vazifasi,
shundan iboratki, bir tomondan, o‘qituvchi MTTning tayyorlov guruhiga borib
o‘zining bo'lajak o‘qituvchilari bilan tanishib boradi,
ikkinchi tomondan tayyorlov
guruhi tarbiyachilari o‘zlarining sobiq tarbiyalanuvchilari birinchi sinfda qanday
o‘qiyotganini o‘rganib boradilar. Bolalarni maktabga kuzatishda har bir bolaga aniq
tavsifnoma beriladi. Bu tavsifnomada tarbiyachi har bir bolaning rivojlanishidagi
o‘ziga xos xususiyatlarni ochib beradi, bu o‘qituvchiga bola bilan munosabatda
bo‘lganda pedagogik nuqtayi nazardan to‘g‘ri yondashishda yordam beradi.
Tarbiyachi ham o‘z navbatida 1-sinfga borgan bolalari bilan izchil ravishda aloqa
bog‘lab boradi, darslarda bevosita qatnashib qanday o‘qiyotganlari, xulqi,
39
o‘qishdagi muvaffaqiyatsizliklari sababini o‘qituvchidan so‘rash orqali ham aniqlab
boradi. Bular hammasi tarbiyachini bolalar bilan olib borgan ta’lim tarbiyaviy
ishidagi yutuq va kamchiliklarni bilib olishga imkon yaratadi.
Tarbiyachi va o‘qituvchilar ilg‘or
tajribalarni tarqatish, tashviqot, targ‘ibot
qilish maqsadida shahar, rayon konferensiyalarida qatnashib fikr almashadilar.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan maktab o‘rtasidagi uzviy aloqa samarali bo'lishi
uchun quyidagi shartlarga rioya qilish lozim. MTT bilan maktab o‘rtasidagi aloqa
izchil amalga oshirib borilishi, u uzoq muddatga mo'ljallangan bo‘lishi, amalga
oshiriladigan ishlar, hal etiladigan masalalar rejali tusda bo‘lishi zarur. Hamkorlik
asosini birgalikda ishlash bo‘yicha tuzilgan istiqbol rejasi tashkil etib, unda o‘zaro
aloqaning
bosh vazifasi, mazmuni, ish shakllari, vaqti, bajarish uchun javobgar
shaxslar ko‘rsatilishi lozim. Maktab bilan MTT yil davomida mana shunday aloqa
o‘rnatib borishi natijasida ta’lim-tarbiyaviy ishlar yaxshi natija beradi. Bolalarni
maktab o‘quvchilariga yaqinlashtirish shakllari ham xilma-xil: maktabga ekskursiya
uyushtirish, maktab muzeyiga, sinf xonasiga, kutubxona,
ustaxonaga borish,
birgalikdagi mashg'ulotlar, bayram ertaliklari, musiqa-badiiy kechalar o‘tkazish,
rasmlar hamda loy plastilindan yasalgan o‘yinchoqlar ko‘rgazmasini tashkil etish va
boshqalardir.
Rejalar aniq, mazmunli bo‘lsa va og‘ishmay amalga oshirib borilsa,
birgalikdagi ishlar bo‘yicha istalgan natijalarga, muvaffaqiyatlarga erishish mumkin.
Bu esa bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda, ularning maktabda qiynalmay o‘qib
ketishlarida yaxshi samara beradi.
Dostları ilə paylaş: