Har bir fanning o‘rganish metodlari bo‘lgani kabi, yosh va peda
gogik psixologiya ham psixologiya fanining alohida bo‘limlari sifati
da o‘z tadqiqot metodlariga ega. Yosh va pedagogik psixologiyaning
metodlari faqat nazariy, ilmiy tadqiqot
ishlari uchungina emas,
balki kundalik, amaliy vazifalarni hal qilish uchun ham zarur.
Rus psixologi B.G. Ananyev bo‘yicha tadqiqot metodlari 4 gu-
ruhga bo‘linadi:
I. Tashkiliy metodlar: taqqoslash, longityud va kompleks
metodlari kiradi. Taqqoslash — umumiy psixologiya,
ijtimoiy
psixologiya, pato-psixologiya va defektologiyada keng qo‘llanila-
di. Yosh va pedagogik psixologiyada o‘rganilayotgan psixik jara-
yonlarning dinamikasini aniqlash uchun qollaniladi. Longityud
— (uzluksiz) uzoq vaqt davomida ayni bir xil kishilar o‘rganiladi.
Kompleks — psixologik tadqiqotlar boshqa fanlar metodlari ishti-
rokida o‘tkaziladi (shaxsning jismoniy,
fiziologik, psixik va ijti-
moy taraqqiyoti aniqlanadi).
II. Empirik metodlar: kuzatish va o‘z-o‘zini kuzatish; ekspe-
rimental psixodiagnostika metodlari (test, anketa, suhbat, sotsi-
ometriya, intervyu); faoliyat
natijalarini tahlil qilish; biografiya
metodlari.
III. M a’lumotlarni qayta ishlash metodlari: miqdoriy (statisti-
ka) va psixologik yoki sifatiy tahlil turlariga bo‘linadi.
IV. Sharhlash metodlari: genetik va donalash metodlari. Ge-
netik metodda taraqqiyotdagi bosqich, pog‘onalar, inqiroz holat-
lari ajratib ko‘rsatiladi (vertikal aloqa).
Donalash metodida esa
shaxsning barcha xarakteristikalari o‘rtasidagi «gorizontal» alo-
qalar aniqlanadi.
Yosh va pedagogik psixologiya metodlari
Bu metodlardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: