bo‘lsa, uni rivojlantirish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazila-
di. Misolga qaytsak, xotirani rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulot-
lar o‘tkaziladi. Nazorat tajribalarida shakllantiruvchi ta’sirning
samaradorligini aniqlash uchun diagnostik metod yana bir mar
ta takroran o‘tkaziladi. «Meyli» testi yana bir bora o‘tkazilib,
maxsus matematik-statistik metodlar yordamida shakllantiruvchi
ta’sirning samaradorligi aniqlanadi.
2.3. Tadqiqotning yordamchi metodlari
Anketa
— savollar yordamida psixologik axborot to'plashning
metodik usulidir. Bunda savollar mantiqan bir-biri bilan bog‘lan-
gan bo‘lib, tadqiqotning maqsadiga mos keladi. Anketa yordami
da o‘qituvchi o‘quvchilar shaxsiy sifatlarini aniqlash uchun mate
rial to‘playdi.
Taklif etiladigan
savollarga qarab, anketalar mazmun, funksi-
yasi, shakli bo‘yicha turli xil bo‘lishi mumkin.
Mazmun bo‘yicha anketa:
1. Faktlar («Sening bo‘sh vaqtingdagi mashg‘uloting, «Uy joy
sharoitingni ta’rifla»).
2.
Atrofdagi kishilar, hodisalar xarakteristikasini («0‘quv-ish-
lab chiqarish korxonasida ish formasi
boshqacha b olishi kerak
deb hisoblaysanmi?», «Ko‘pchilik bolalar o‘z imkoniyatlarini
to‘liq ishga solmay o‘qishlarining sababi nim ada deb o‘ylaysan?»).
3.
0 ‘quvchining niyatlarini ifodalashi mumkin («Oliy o‘quv
yurtiga kirasanmi?», «Yozgi oromgohga borasanmi?»).
Savollar bajaradigan funksiyasiga ko‘ra anketa o‘z ichiga qu-
yidagilarni oladi:
a) Filtrlovchi-savollar. М.: agar o'qituvchini oliygohga kirishni
xohlovchilar qiziqtirsa, anketada quyidagicha
savollar taklif eti-
ladi: «Sening yoqtiradigan predmeting?». Bunga faqat oliygohga
kirmoqchi bo‘lgan o‘quvchilargina javob beradilar.
b) Tekshiruvchi yoki nazorat qiluvchi savollar. Ularning asosiy
funksiyasi — ma’lumotning to‘g‘riligini tekshirish.
Shakli bo‘yicha anketalar:
27
a) ochiq — bunda to‘g‘ri savollar o‘z xohishiga qarab,
erkin
javob berish mumkin;
b) yopiq — bunda savollarga tayyor javob berilgan bo‘lib,
o‘quvchi ulardan birini tanlashi lozim.
Anketa savollariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Savollar aniq, tushunarli, sodda va konkret bo‘lishi lozim.
2. Anketaning boshida oson savollar, keyin qiyin,
undan keyin
eng murakkablari, nihoyasida yana oson savollar berilishi lozim.
3. Bitta xususiyatni aniqlashga bir necha savollar, nazorat qi
luvchi savollar berilishi lozim.
Anketa metodining ijobiy tomoni:
1
) ommaviy o‘rganish imkoniyati;
2
) informatsiya to‘plash tezligi;
3) m a’lumotlarni analiz qilishda matematik metodlardan keng
foydalanish imkoniyati;
4) og‘zaki formada javob olish qiyin bo‘lgan savollarga javob
olish imkoni;
5) bir necha tadqiqotlar natijasini taqqoslash imkoni;
6
) natijalarni qayd etishning qulay usuli.
Shuni
ham nazarda tutish lozimki, anketa metodi shaxs xu-
susiyatlarining barcha sohalarini to‘la o‘rganish imkonini ber-
maydi, o‘quvchilar turlicha javob berganlari tufayli ularni klassi-
fikatsiya qilishda qiyinchiliklar uchraydi, javoblarning obyektivligi
yuqori emas, chunki o'quvchilar
bunga vijdonan yondashmas-
liklari mumkin.
Quyida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning kommunika-
tiv (muloqotchanlik) xususiyatlarini aniqlash uchun mo‘ljallan-
gan anketa tavsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: