Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

Suhbat metodi. 
Suhbat — bevosita muloqot jarayonida o‘quvchi- 
lar psixik xususiyatlarini aniqlash metodikasi bo‘lib, o‘qituv- 
chi oldindan tayyorlab qo‘ygan savol asosida o‘zi uchun kerak- 
li bo‘lgan informatsiyani olish imkoniga ega.
Suhbat metodikasi yordamida inson xarakteri xususiyatlari, 
xatti-harakati motivlari, hayotining turli tomonlariga uning ba- 
hosi, biografiyasining asosiy faktlari va unga bo‘lgan munosabat- 
larni aniqlash mumkin.
Suhbat metodi ma’lum qoidalarga asoslanishi lozim.
32


1. Suhbat tasodifiy emas, rejali bo‘lishi kerak.
2. Suhbat boshida o‘quvchi qiziqadigan mavzuda gaplashish 
kerak.
3. Suhbat boshlanishida biografik xarakterdagi savollar beril- 
masligi kerak.
4. Savollar tushunarli, yosh xususiyatlarini hisobga olgan hol- 
da berilishi kerak.
Suhbat metodining ijobiy tomoni — o‘quvchi bilan bevosita 
muloqotda bo‘lish, uning reaksiyalarini hisobga olish imkoni, 
qo‘shimcha, to‘ldiruvchi savollar berilishi mumkinligidir. Shuni 
ham nazarda tutish kerakki, suhbatdan biz obyektiv fakt emas
balki kishining subyektiv fikrini olamiz.
Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. 
0 ‘quvchilar yozgan in- 
shoga qarab, o‘qituvchi uning adabiy qobiliyatini, so‘z boyligi, 
rivojlanish darajasi, obrazli tafakkuri haqida xulosa chiqarishi 
mumkin. Xuddi shuningdek, matematikadan yozma ish, chiz- 
machilikdan topshiriq natijalariga qarab o‘quvchining individu­
al psixik xususiyatlari, qobiliyatlari, mehnat malakalari haqida 
ma’lumot to'plash mumkin.
Diagnostik metodlar. 
Bu metodlar shaxsning u yoki bu xu­
susiyatlarini shunchaki ta’riflash emas, balki bu xususiyatlarni 
o‘rganish asosida sifat va miqdor jihatdan xarakteristika berish 
imkoniyatiga ega.
Diagnostika metodlariga turli xil testlar kiradi.
Test metodi yordamida kishining aqliy qobiliyatlari daraja­
si aniqlanadi, inson holati va ularning xususiyatlari belgilanadi, 
shaxsning strukturaviy sifatlari — o‘z-o‘zini baholash, emotsional 
barqarorlik, muammoga yengil kirisha olishi o‘rganiladi.
Test inglizcha (test) so‘zidan 
olingan
bo‘lib, sinab ko‘risb, tek- 
shirish ma’nosini bildiradi. Test tekshiruvchiga taqdim etiladi- 
gan topshiriqlar tizimi bo‘lib, uning natijasida standartlashtiril- 
gan o‘lchov o‘tkaziladi. Test asosan individlar o‘rtasidagi farqlarni 
yoki turli sharoitlarda ular ko‘rsatadigan reaksiyalar o‘rtasidagi 
farqlarni o‘rganish uchun mo‘ljallangan.
33


Yosh va pedagogik psixologiyada test guruhlarning ijtimoiy 
psixologik xususiyatlarini, guruhiy holatlarning namoyon bo‘lish 
darajasini o'rganish uchun ham qo‘llaniladi. Test guruhlarni ij- 
timoiy-psixologik xarakteristikalari asosida differensiatsiya qilish 
maqsadlariga xizmat qiladi.
Testning standartlashtirilishi vazifalar bajarilishini baholash 
va uni o‘tkazishning bir xildagi jarayonlarini hosil qilishdan ibo- 
rat. Bu esa test o‘tkazilishi mo‘ljal 
1
anayotgan, o‘rganilishi talab 
qilinadigan katta sonli reprezentativ sinaluvchilarda (2—3 ming) 
testni o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Test standartlashtirilishi 2 bosqichda o‘tkaziladi. 1-bosqich- 
da testni qo‘llash yo‘riqnomasi shakllanadi: topshiriqlar tanla- 
nadi, uni o‘tkazish uchun ko‘rsatmalar ishlab chiqiladi, sinaluv- 
chiga beriladigan yo‘riqnoma tuziladi va testni o‘tkazishning 
boshqa masalalari ko‘rib chiqiladi. 
2
-bosqichda normalar aniqla­
nadi, ya’ni test natijalarini baholash uchun boshqa individlar yoki 
guruhlar natijalari bilan solishtirish uchun normalar tizimi bel- 
gilanadi.
Testning ishonchliligi — shu test qayta o‘tkazilganda (aynan 
shu tekshiruvchilarda) olingan ma’lumotlarning bir-biri bilan 
mos kelishi. Ishonchlilikni baholashning asosiy ko‘rsatkichi kor- 
relyatsiya koeffitsienti.
Testning validligi — test qanday maqsadda yaratilgan bo‘lsa, 
o‘sha maqsad uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llanilish sohasiga qarab:
1. Intellekt testlari.
2. Maxsus qobiliyatlarni aniqlash va yutuqqa erishish testlari.
3. Shaxs xususiyatlarini aniqlash testlari.
4. Qiziqishlar, ustanovka, qadriyatlarni aniqlash testlari.
5. Shaxslararo munosabatlar diagnostikasi uchun mo‘ljallan- 
gan testlar farqlandi.
Masalan, shaxslararo munosabatlarni va shaxs sifatlarini diag- 
nostika qilish uchun ko‘pincha amerikalik psixolog T. Liri tom o­
nidan yaratilgan metodika qollaniladi. Bu metodik so‘rovnoma
34


bo‘lib, 128 ta punktdan iborat. Sinaluvchi o‘zi va atrofidagilar- 
da muayyan xislatlarning mavjudligini, shuningdek, o‘zida va 
sheriklarida bo‘lishini xohlaydigan sifatlarni ko‘rsatadi. Natijalar 
qayta ishlangach, tadqiqotchi sinaluvchining shaxsi, yo‘nalishi- 
ni aniqlab va shu asosda shaxslararo o‘zaro ta’sirni prognoz qili­
shi mumkin.
Shunday qilib, testlar — bu maxsus metodlar bo‘lib, u yoki 
bu ijtimoiy psixologik hodisa qisqa muddat ichida tekshiriladi. 
Testlar asrimizning boshlarida kashf qilingan bo‘lib, ular 20— 
30 yillarda hayotga, amaliyotga shiddat bilan kirib keldi. Natija- 
da maxsus soha — psixometrika yuzaga keldi. Testlarni qo‘llash- 
ning qulayligi shundaki, bir test yordamida ma’lum shaxsning u 
yoki bu xususiyatlarini bir necha marta, takroran sinab ko‘rish 
mumkin.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin