Sotsiometriya metodi.
Sotsiometriya metodi birinchi bo‘lib
amerikalik psixolog Dj. Moreno tomonidan taklif etilgan. Bu
metodning mohiyati shundan iboratki, inson u yoki bu ko‘rsat-
kich bo‘yicha guruh a’zolarini tanlaydi. Qilingan tanlashlar aso-
sida kishining guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida tut-
gan o‘rni haqida xulosa qilinadi.
Demak, sotsiometriya metodi yordamida guruh a’zolari
o‘rtasidagi simpatiya yoki antipatiyani aniqlash mumkin. Sotsio
metriya metodini operativ tarzda o‘tkazish, uning natijalarini esa
matematik qayta ishlash va grafik ravishda ifodalash mumkin.
Sotsiometriyani tadqiqot metodi sifatida tan olish bilan bir
qatorda uning ba’zi kamchiliklarini ham ko'rsatib o‘tish zarur.
Asosiy kamchilik shundan iboratki, sotsiometriya metodi mavjud
munosabatlar strukturasining sabablarini aniqlash imkonini ber-
maydi. Shuning uchun ham sotsiometriyadan olingan ma’lumot-
lar kuzatish, suhbat, psixologik-pedagogik eksperiment natijalari
bilan to‘ldirilishi lozim.
Sotsiometriya metodidan guruh, jamoa a’zolari o‘zaro bir-bir-
larini yaxshi bilgan holatlardagina foydalanish mumkin. Bu
metod yordamida shaxsning xizmat yuzasidan bo‘ladigan va
shaxsiy munosabatlardagi haqiqiy o'rnini aniqlash, birlamchi
36
guruhlar mavjud yoki mavjud emasligini topish, birlamchi gu-
ruhlarning paydo bo'lishi va tarqab ketishi sabablarini aniqlash
mumkin.
Sotsiometriya metodining mohiyati shundan iboratki, tekshiri-
luvchiga birga qilinadigan ishlari yoki guruh a’zolarining ishlarini
birgalikda bajarishga xohishlari to‘g‘risida savollar beriladi. Beri-
ladigan savollar
tanlash
ko‘rsatkichlari deyiladi. Kuchli va kuch-
siz ko‘rsatkichlar farqlanadi. Kuchlilar chuqur va barqaror muno-
sabatlarni, kuchsizlari yuzaki va beqaror munosabatlarni aniqlash
imkonini yaratadi. Masalan, «xizmatdoshlaringizdan qaysi biri
bilan bitta brigadada ishlashni xohlardingiz?» degan savol bo‘yi-
cha aniqlangan ko‘rsatkich kuchli ko'rsatkich hisoblanadi, chun-
ki u uzoq vaqt davom etadigan, muhim munosabatlarga tegishli.
«Kimni birga ekskursiyaga borishga taklif qilardingiz?» — kuchsiz
ko‘rsatkich, chunki u chuqur bo'lmagan va vaqtinchalik munosa
batlarni belgilaydi. Kuchli va kuchsiz ko'rsatkichlar mazmuni ji-
hatidan turlicha bo'lishi mumkin, lekin ulardagi umumiy narsa —
natijalar, ya’ni sherik tanlash.
Tanlashlar soni cheksiz bo‘lishi mumkin, biroq amaliyotning
ko'rsatishicha, kishining guruhdagi holati va o‘zaro munosabat-
larini aniqlash uchun 3 ta kishi tanlash yetarli. Bunda sinaluv-
chidan, birinchi navbatda kim ni tanlashi, agar
1
shaxs bilan
imkon bo'lmasa
2
-navbatda kim ni tanlashi hamda ikkinchisi-
ni tanlash imkoni bo‘lmasa, 3-navbatda kim ni tanlashi haqida
so‘raladi.
Sherikni tanlash o‘zaro va bir tomonlama bo'lishi mumkin. 1
-holda A — В ni, В — A ni tanlaydi. Bu o‘zaro bir-birini tanlash
hisoblanadi. Tanlash bir tomonlama bo'lganda A — В ni, В esa D
ni yoki E ni tanlaydi.
Tanlash bir tomonlama bo'lganda A — В ni, В esa D ni yoki
E ni tanlaydi.
37
Guruh, jamoadagi o‘zaro munosabatlar graflk ravishda zanjir,
uchburchak yoki yulduzcha shaklida ifodalanishi mumkin.
Bunday ifodalash a’zosi unchalik ko‘p bo‘lmagan guruhlarda
bo‘lishi mumkin. Agar guruh ko‘p sonli bo‘lsa, aylana shaklidagi
sxemadan foydalanish lozim. Buning uchun 4 ta aylana chiziladi.
Birinchi yoki markaziy aylanaga eng ko‘p tanlangan guruh a’zosi-
ning shartli belgisi qo‘yiladi. Markazdan keyingi, ya’ni ikkinchi
aylanaga 3 m arta tanlangan o‘quvchilarning nomeri yoziladi,
uchinchi aylana ichiga
1—2
m arta tanlangan o‘quvchi, to‘rtinchi
aylanaga tanlanmagan o‘quvchilarning shartli belgisi hamda ay-
lanadan tashqariga rad etilgan o‘quvchilar nomeri yoziladi.
Bunda aylana 2 qismga ajratiladi va chap tomonga qizlar, o‘ng
tomonga o‘g‘il bolalarning shartli belgilari joylashtirib chiqila
di. Qizlar doira, o‘g‘il bolalar esa uchburchak bilan ifodalana-
di. Doira va uchburchaklar kim kimni tanlashiga qarab, strelkali
chiziqlar bilan birlashtiriladi. Bu sxema sotsiogramma deb ataladi.
Agar guruhda 20 dan ortiq a’zo bo'lsa, bunday sxema tuzish
qiyinroq bo‘ladi. Shuning uchun bunday hollarda matritsadan
foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
38
Matritsa quyidagicha tuziladi. To'rtburchak yoki kvadrat chi-
zilib, guruh a’zolarining soniga qarab katakchalarga bo‘linadi.
Chap tarafdan yuqoridan pastga va yuqoridan o‘ng tarafga guruh
a’zolarining shartli belgilari qo‘yib chiqiladi. Guruh a’zolarining
shartli belgilari o‘quvchilar familiyasi yoki familiya bosh harfi,
tekshiruvchilarning tartib nomerlari ham bo'lishi mumkin. Go-
rizontal chiziq bo‘yicha qatorlarga tanlanayotgan o‘quvchi, ver-
tikaliga esa katakcha ichiga kim ni tanlayotgani haqidagi m a’lu-
motlar yoziladi. Ijobiy tanlash «+» belgisi bilan, o‘zaro bir-birini
tanlash esa «+» belgisi bilan ifodalanadi.
M a’lumki, kichik guruh yoki jamoalarda birlamchi guruh-
lar mavjud boMishi mumkin. Bu birlamchi guruhlar esa bosh
qa matritsada belgilanadi. Buning uchun yuqorida ko‘rsatilga-
nidek, to‘rtburchak yoki kvadrat chizilib, matritsaning chap
burchagidan pastdagi o‘ng burchagiga qaratib diagonal chiziq
o‘tkaziladi. Bu chiziq kvadratning shu diagonal chizig'iga to‘g‘ri
kelgan kataklari ustidan o'tadi.
1
-matritsadan o‘zaro tanlanish-
ga ega bo‘lgan istagan bir o‘quvchi tanlab olinadi. Uning tar
tib raqam ini va familiyasini m atritsaning
1
-qatoriga o‘tkaziladi.
Xuddi ana shu raqam ni yuqoridagi 1-katakka qo‘yiladi. So'ngra
1
-matritsadan
1
-qatorga yozilgan shaxs bilan o'zaro tanlanish-
da bo‘lgan shaxslarni tanlab olinadi. Uning tartib raqami va
familiyasi 2-qatorga yoziladi. Xuddi ana shu raqam ni yuqori
dan 2-ustunga yoziladi. M atritsaning shunga muvofiq keladi-
gan kataklariga «+» belgisi yozib qo‘yiladi. M atritsaning 1-qa-
toridagi o‘quvchi bilan o‘zaro tanlanishda bo‘lgan guruhning
navbatdagi a’zosini uning
1
-matritsadagi raqam ini saqlagan hol-
da 3-qatorga yoziladi. Shu raqamni 3-ustunning yuqori qismiga
ham qo‘yiladi. Tegishli katakka «+» belgisi
Dostları ilə paylaş: |