19. 0 ‘quvchi o‘ziga ishonadimi?
A) butunlay o‘ziga ishonadi;
B) ba’zida;
D) o‘ziga ishonmaydi.
Ushbu anketa bo‘yicha bolalarni baholashda, ekspert sifatida
faqat ota-onalar emas, shu bilan birga tarbiyachilar, sinf rahbar-
lari hamda o‘quvchilar ham qatnashishlari shart.
Natijalar tahlili.
Anketa bo‘yicha olingan m a’lum otlar quyidagicha bahola-
nadi:
«А» javobi — 10 ball;
«В» javobi — 5 ball;
«D» javobi — 1 ball;
Barcha javoblar bo‘yicha natijalar yig‘indisi hisoblanib, 18 ga
bo‘linadi va bola shaxsi kommunikativ xususiyatlari, shaxslararo
munosabatlar rivojlanish darajasining o‘rtacha ko‘rsatkichlari ba-
holanadi.
Agar ota-onalarning baholari o‘qituvchi va tarbiyachilar bilan
mos kelsa, bolada baholanayotgan sifatlarning mavjudligi haqida
xulosa hosil qilish mumkin. Agar 3 ta ekspertdan faqat 2 tasining
baholari mos kelsa, bolada ushbu sifatlar yetarli darajada rivojlan-
ganligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Agar ekspertlar baholari
umuman bir-biriga to‘g‘ri kelmasa, bolalarda ushbu sifatlarning
mavjud yoki mavjud emasligi haqida qo‘shimcha maxsus tekshiri-
luvsiz xulosa chiqarish mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: