Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

1 Бодалев А Л . 
О феномене “акме” и некоторых закономерностуах
его формированиуа и развитиуа.// Мир психологии и психологиуа в
мире. 1995.№ 3.C.113-119.
417


— Ijtimoiy mikroomillar (maktab, oila, ta’lim muassasalari, 
ishlab chiqarish jamoasi, oilaning boshqa a’zolarining, o‘qituv- 
chilar, muloqot doirasining ta’siri);
- 0 ‘z-o‘zidan rivojlanish omili, shaxsning o‘z ustida ishlashi, 
ichki dunyosining uzluksiz faolligi.
18.5. Yetuklik davrining inqirozlari
G ‘arb psixologiyasida yetuklik davridagi inqirozlarni o‘rganish 
bu yosh davridagi rivojlanishni tahlil qilishning asosiy yondashu- 
vlaridan biridir1. Ko‘proq shaxsiy o‘sishlar ro‘y beradigan yosh 
davrlarini ajratish mumkin: 20 yoshlar atrofida, 30 yoshlar atro- 
fida (28—34), 40—45, 55—60 yoshlarda va nihoyat keksalik davri­
da. Yetuklik davrida inqirozlarning kechishi, davomiyligi shaxsiy 
hayotdagi sharoitlarga bog‘liqdir. Bu yosh davrida rivojlanishning 
harakatlantiruvchi kuchi o‘sishga va o‘z-o‘zini takomillashtirish- 
ga ichki intilish hisoblanadi. Inqirozni keskinlashtiradigan sha- 
roitlar sirasiga sog‘liqning to‘satdan o'zgarishi (kutilmagan kasal- 
lik, uzoq kasallanish, garmonal o‘zgarishlar), ijtimoiy va siyosiy 
hodisalar, talablarning, sharoitning va ijtimoiy kutilmalarning 
o‘zgarishi va b.) kirishi mumkin. Kritik davrning kechishi turli 
shakllarda namoyon bolishi mumkin. Bu davrning «inqirozliligi» 
haqidagi tasavvurga barcha tadqiqotchilar ham qo‘shilmaydilar.
Inson hayotining «ikkinchi yarmiga» K.Yung ham juda 
qiziqqan. Hayotning o‘rtasini u «ruhning chuqur va qiziqarli 
o‘zgarishlari» ro‘y beradigan kritik davr sifatida qaragan2. Yetuk­
lik davrida inson ichki o‘z-o‘zini anglashi, K.Yungning ta’bi- 
ri bilan aytganda «individualizatsiyani» amalga oshirishi zarur. 
Hayotining ikkinchi yarmida inson shaxs turli elementlarining 
muvozanati va integratsiyasi yordamida o‘z shaxsining yuksak 
rivojlanishiga erishishi mumkin. K.Yungning fikricha, shaxsining 
yuksak darajasiga hamma ham erishmaydi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin