D.Levinsonning kattalar hayotini o‘rganishga bag‘ishlangan
tadqiqotlari qiziqish uyg‘otadi. U 35—45 yoshdagi 40 nafar ameri-
kalik erkaklarni o'rgangan, ularning har biri bilan 15 soatlik bio-
grafik intervyu o‘tkazgan hamda mashhur shaxslarning biografi-
yalarini o‘rgangan. Natijada erkaklarning hayot siklida har bir 20
yil davom etadigan uch asosiy eralarni aniqlagan. Har bir era da
vomida individuum hayot strukturasini qayta quradi. Levinson
quyidagi o‘tish davrlarini ajratgan:
— ilk yetuklik — 17—22 yosh;
— 30 yoshlarga o‘tish — 28—33 yosh;
— o‘rta yetuklik — 40—45 yosh;
— 50 yoshlarga o‘tish - 50-55 yosh;
— kechki yetuklikka o‘tish — 60—65 yosh;
— yetuklik davriga kirishning boshlanishi — 17—33 yoshlarga
to‘g‘ri keladi. To‘liq yetuk bo‘lish uchun yosh erkak rivojlanish ja
rayonida vujudga keladigan 4 vazifani uddalashi kerak:
1
) orzuga erishish va reallik haqida o‘ylab ko‘rish: asossiz
fantaziyalar va umuman erishib bo‘lmaydigan maqsadlar, shu
ningdek, orzuning umuman yo‘qligi o‘sishga imkon bermaydi;
2
) ota-ona bola munosabatlaridan yetuk tengdoshlar dunyosi
munosabatiga o‘tishni amalga oshirish uchun ustoz topish;
3) o‘zining karyerasini qurish;
4) «o‘ziga xos ayol» bilan intim aloqalarni o‘rnatish, bu ayol
unga kattalar dunyosiga kirishga yordamlashadi, uning umidlarini
oqlaydi, uning bogliq xulq-atvori va boshqa kamchiliklariga chi-
daydi, orzulari amalga oshishida uni qahramon deb qabul qiladi.
Levinsonning fikricha, o‘tish davrlarida inson stresslarni bosh-
dan kechiradi, chunki bu davrda maqsadlar, qadriyatlar, hayot
tarzi qayta quriladi va qayta baholanadi.
Amerikalik olima G.Shixi, Levinsonning tadqiotlaridan il-
homlanib, shunday izlanishlarni ayollarda
0
‘tkazadi1. Uning tad
qiqotlari ham Levinson natijalarini tasdiqladi.
Dostları ilə paylaş: