yetakchi muammodir. Bundan tashqari G.Spixi ayollardagi yosh
inqirozlarining erkaklardan farqlarini ko‘rsatib bergan. Ayollar-
ning hayot yo‘li bosqichlari ko‘proq oilaviy sikl hodisalari bilan
bog‘liq: turmush qurish, farzandlar tug‘ilishi, bolalarning ulg‘ayi-
shi, «bo‘sh uya» (ulg‘aygan bolalar ota-ona uyini tark etishi).
Eriksonning ta’kidlashicha, o‘rta yetuklik davrida avlodi-
ni saqlash hissi kuchayadi, kelgusi avlod va uning tarbiyasiga
qiziqish ortadi. Hayotning bu davri turli sohalarda yaratuvchan-
lik va mahsuldorlik bilan ajralib turadi.
R.Pek Eriksonning g‘oyalarini davom ettirib, bu yosh davri
da 4 inqirozning kuzatilishini va ularning hal qilinishi navbatda-
gi shaxsiy rivojlanish uchun zarur sharoit hisoblanadi:
— insonda donolikni hurmat qilish rivojlanadi (jismoniy kuch-
ga nisbatan);
— jinsiy munosabatlarning ijtimoiy munosabatlarga almashi-
nuvi (jinsiy rollarning susayishi);
— emotsional egiluvchanlikni saqlash;
— ruhiy egiluvchanlikka intilish (psixik rigidlikni bartaraf et
ish), xulq-atvorning yangi shakllarini izlash1.
Inson inqirozli kechinmalami muvaffaqiyatli bartaraf etish uchun
o‘zida emotsional egiluvchanlikni, o‘sayotgan bolalar va keksayayot-
gan ota-onalarga nisbatan hissiy barqarorlikni rivojlantirishi zarur.
0
‘rta yosh inqirozini hal qilish - hayotiy maqsadlami qayta ko‘rib
chiqish, insonga berilgan umming qisqaligini anglash, hayot sharoit-
larini tuzatish, yangi Men obrazini ishlab chiqish, turmush o‘rtog‘iga,
do‘stlariga, farzandlariga ko‘proq e’tibor qaratish, yangi holatini to‘g‘ri
idrok etish yangi barqaror davrga olib keladi. Inqirozlarni muaffaqi-
yatli bartaraf etgan insonlarda 50—60 dan keyin kundalik muam-
molar chetga chiqadi, yanada mahsuldor ishlash uchun sharoit yara-
tiladi. Hayotiy tajribani umumlashtirish asosida ikkilamchi ijodiy
cho‘qqilarga erishish mumkinligi, o‘z tajribasini tizimlashtirish, ish-
xonadagi yoshlarga o‘rgatish shaxsga quvonch bag‘ishlaydi.
Dostları ilə paylaş: