Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

92


Regressiya. 
Muammoli vaziyatda avvalgi yoki bolalikdagi istak 
va harakatlarni qoniqish shakliga qaytishdir. Regressiya qisman 
toliq yoki simvolik bolishi mumkin. Muammoni yordam solash 
oqibatida hal qilish «regressiya» sinfiga shuningdek, «harakat faol- 
ligi» mexanizmiga kiradi. Shuningdek, xavotirlanishni kamayishi- 
ni talab qilish mumkin bolmagan istak orqali kelib chiqqan. Reg- 
ressiv xulq-atvor ko‘p hoflarda kattalar tomonidan taqdirlanadi 
hamda simbiotik emotsional munosabatlarni talab qiladi.
Proyeksiya — bu individ o‘zining ongli darajasida rad qiluvchi 
fikr, tuyg‘u, motiv va istaklarni boshqa shaxs yoki obyektga o lk a ­
zish mexanizmi. Mexanizm o‘zini va atrofdagilarni ular tomo­
nidan emotsional rad etilishi sifatida qabul qilmaslik tuyg‘usini 
ushlab turish uchun rivojlanadi. Proyeksiya o‘zini qabul qilmaslik 
qolquvi bilan kurashishni uddalay olish uchun boshqalarning rad 
etuvchi harakatiga nisbatan chaqirilgan. Proyeksiya atrofdagilarga 
ularni qabul qilmasliklarining ratsional asosi sifatida turli negativ 
sifatlarni ularning fonida o‘zini qabul qilish uchun yo‘naltirishdir. 
«Agar yomon odam meni rad etsa, demak men yaxshiman yoki 
yomon odamning fikri men uchun ahamiyatli emas».
Proyeksiyaning noaniq shakllarini kundalik hayotda uchratish 
mumkin. Ko‘pchiligimiz o‘z kamchiliklarimizga e’tibor bermay, 
boshqalarda ularni osonlikcha sezamiz. Biz atrofdagilarni o‘z 
tashvishlarimizda ayblashga moyilmiz. Proyeksiya zararli bolishi 
ham mumkin, chunki reallikni noto‘g‘ri anglashga olib keladi. 
Bu mexanizm ko‘pincha anglamaydigan va xafa boluvchi shaxs- 
larda namoyon boladi.
Introyeksiya — inson yoki obyektni simvolik internalizatsiya- 
si (o‘ziga kiritishi). Mexanizm harakati proeksiyaga qarama-qar- 
shidir. Introyeksiya yordamida sevgi obyektlari va o‘zining shax- 
si oltasidagi farqlar bartaraf etiladi. Ba’zida boshqa odamlarga 
nisbatan jaxl yoki agressiya o‘rniga yo‘q qiluvchi tuyg‘ular, o‘zini 
o‘zi tanqid qilishga, o‘zini qadrlamaslikka aylanadi, chunki ayb- 
lanuvchida introeksiya sodir bolgan. Bunday vaziyat ko‘pincha 
depressiya holatida kuzatiladi.
93


Ratsionallashtirish — aslida mumkin bolmagan fikr, tuyg‘u, 
xulq-atvorlarini oqlashga ishonchli sabablarni topuvchi hi­
moya mexanizmi. Ratsionallashtirish — psixologik himoyaning 
eng keng tarqalgan mexanizmi, chunki bizning xulq-atvorimiz 
ko‘plab omillar orqali aniqlanadi va biz uni o‘zimiz uchun ma’qul 
bolgan yo‘1 bilan tushuntirganimizda ratsionallashtirgan b o la­
miz. Ratsionallashtirishni ongsiz mexanizmini to‘qib chiqarilgan 
yolg‘on, firib yoki mug‘ombirlik bilan aralashtirib bolmaydi.
Intellektualizatsiya — bu himoya mexanizmi emotsional his- 
tuyg‘u va kechinmalarni bartaraf etish maqsadida namoyon bola­
di. Intellektual zaxiralarni katta miqdorda qollashni taqozo etadi.
Kompensatsiya yoki sublimatsiya bu real yoki hayotiy kamchi- 
liklarni ongsiz tarzda bartaraf etish harakati. Kompensatorlar ha­
rakat universialdir, chunki statusini egallash deyarli barcha inson- 
laming istagidir. Kompensatsiya ijtimoiy yaroqli (ko‘zi ojizning 
musiqachiga aylanishi) va yaroqsiz (bo‘yi past insonni) agressiv- 
lik va hokimlikka intilishi bilan kompensatsiyalash, nogironlikni 
qo‘pollik va nizolashuvchanlik bilan kompensatsiyalash bolishi 
mumkin. Shuningdek, to‘g‘ri kompensatsiya (yutuqsiz yutuqqa eri- 
shib bolmaydigan sohada omadga intilish) va bavosita kompensat- 
siyaga (o‘zini o‘zi boshqa muhitda tasdiqlashga intilish) ajratiladi.
Reaktiv tuzilmalar himoya mexanizmini anglash uchun to‘g‘ri 
kelmaydigan mayl, istak va tuyg‘ularni, ayniqsa, jinsiy va agressiv 
ma’no jihatdan unga qarama-qarshi munosabat yoki harakatlarni 
rivojlantirish yoki urg‘u berish yo‘li bilan almashtiradi. Bu himoya 
mexanizmining rivojlanishi inson oliy ijtimoiy (axloqiy) qadriyat- 
larni o‘zlashtirishi bilan boglaydilar. Reaktiv tuzilish xursandchi- 
lik emotsiyalarini ushlab turish uchun qollaniladi. Bu mexanizm 
harakatdagi qarama-qarshi ustanovkalarni amalga oshirishni 
taqozo etadi. Shu jumladan, qarashlarning mustahkam belgilan- 
ganligi, uyatchanlik, muruvvat hamda rahmdillik va boshqalar.
Himoya ikki bosqich xarakterga ega. Avval mumkin bolm a­
gan istak siqib chiqariladi, so‘ng uning antitezasi kuchayadi. 
Masalan, haddan tashqari vasiylik rad etilganlik hissini, haddan
94


ziyod ijobiy va muloyim xulq dushmanlikni berkitishlari mum­
kin va boshqalar.
Reallikni rad etish bu anglanilgan vaziyatda og‘riqli bo‘ladigan 
o‘y-fikr, tuyg‘u, istak, talab yoki reallikni rad etuvchi mexanizm. 
Rad etish atrofdagilarning befarqligi va rad etilishini ko‘rsatsalar, 
ularni qabul qiluvchi emotsiyalarni ushlab qolish maqsadida rivoj- 
lanadi, harakatlaridan xuddi muammolari yo‘qdek tuyuladi. Rad 
etish mexanizmining ko‘p miqdori bolalar uchun xarakterlidir. 
Kattalar rad etish mexanizmini inqirozli vaziyatlarda qollaydilar.
Siljish (o‘rnini almashtirish) — kuchliroq, kattaroq va ahami- 
yatliroq subyekt bilan nizoli vaziyat yuzaga kelganida o‘zining 
agressiya, jahl emotsiyalarini chiqarib tashlaganda bu xavfga ay- 
lanadi.
Bolalikdagi jinsiylik tushunchasiga yondashuvlar Freyd tomo­
nidan XX asr boshida «Jinsiylik nazariyasi bo‘yicha 3 ocherk» 
nomli asarida yoritilgan. U quyidagi fikrdan kelib chiqqan, inson 
ba’zi miqdordagi jinsiy energiya bilan tug‘iladi (libido), u ma’lum 
ketma-ketlikda tananing turli a’zolariga ko‘chadi.
• 
Freyd psixojinsiy bosqichlarni ochilishi ketma-ketligini or­
ganizmning yetilishiga ko‘ra, belgilangan (rivojlanishning bi­
ologik omillari) va bu bosqichlar universial va barcha insonlarga 
ularning madaniylik darajasiga qaramay xosdir. Z.Freydning yosh 
rivojlanishi davrlarini shaxsning psixojinsiy nazariyasi deb ataldi, 
chunki uning nazariyasini markazida jinsiy instinktlar turadi, bu 
keng ma’noda qoniqish deyiladi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin