Suvdan foydalnishda tejamkor texnologiyalar va uni amaliyotga joriy etish



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix20.09.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145967
  1   2   3   4   5   6
SUVDAN FOYDALNISHDA TEJAMKOR TEXNOLOGIYALAR VA UNI AMALIYOTGA JORIY ETISH YO\'LLARI



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM 
 
 
 
MUSTAQIL ISH 
 
Mavzu:
SUVDAN FOYDALNISHDA TEJAMKOR 
TEXNOLOGIYALAR VA UNI AMALIYOTGA JORIY ETISH 
YO'LLARI
 

 
 
 
Guruh: 20-120 
 
Bajardi:

XURSONALIYEV SARDORBEK
 
 
 
 
 
 


SUVDAN FOYDALNISHDA TEJAMKOR TEXNOLOGIYALAR 
VA UNI AMALIYOTGA JORIY ETISH YO'LLARI 
 
Reja: 
 
1 Suvdan oqilona foydalanishning ekologik-xuquqiy asoslari 
2 Suv resurslaridan foydalanishda ekologik munosabatlarning 
maqsadi va vazifalari 
3 Suv resurslarini ekologik-xuquqiy munosabatlarining o’ziga xos 
xususiyatlari 
 


Tayanch iboralar: prioritet, meliorativ, agrotexnika, agromeliorativ, 
gidrotexnik.
 
1 Suvdan oqilona foydalanishning ekologik-xuquqiy asoslari. 
Suvdan 
oqilona foydalanish-suvning foydali xususiyatlaridan jismoniy va 
yuridik shaxslarning qonun talablari asosida foydalanishi

Suvdan foydalanuvchilar qatoriga barcha mulk shaklidagi korxona, 
muassasa, tashkilotlar va fuqarolar kiradi. Suv munosabati ob‘ekti 
yuqorida sanab o’tilgan barcha suv fondi toifalaridir. Ularga xalq 
xo’jaligining barcha soxalarida umumiy yoki maxsus ravishda suvdan 
foydalanishga ruxsat beriladi. Umumiy foydalanish-suvning holatiga 
ta‘sir qiladigan inshootlar yoki qurilmalarni qo’llamagan tarzda suvdan 
foydalanish. Agarda ularni qo’llab foydalanilsa, maxsus foydalanishga 
tegishli bo’ladi. Ularning ruyxati maxsus davlat boshqaruv organlari 
tomonidan belgilab qo’yiladi. Suvdan foydalanish birgalikda va tanxo 
(yuridik shaxslarga butunlay yoki qisman berib qo’yilsa), birlamchi 
(tanxo foydalanuvchilarga boshqa sub‘ektlarga foydalanish uchun berish 
xuquqi bilan) yoki ikkilamchi tarzda amalga oshiriladi. 
Suv ob‘ektlari, avvlambor, prioritet me‘yor asosida aholining 
ichimlik suviga bo’lgan talabini qondirish uchun beriladi. Suvlarni 
foydalanishga berish tartibi (tegishli o’zgartirishlar va qo’shimchalar 
kiritilgan holda) «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonunning 
26-31 moddalarida aks ettirilgan. Ushbu talablar suvning ekologik 
tizimlarda turuvchi unsur sifatida qarashni nazarda tutib ruxsatnomalar 


berish, milliylashtirish, xaq to’lash va muddatlarini belgilash orqali 
amalga oshiriladi. 
Suvdan foydalanuvchilarning xuquqlari quyidagilardan iborat


maqsadli foydalanish; 

zarur bo’lgan inshootlar, qurilmalar va boshqa ob‘ektlarni 
«Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonunning IV bobida 
ko’rsatilgan talablar asosida qurish; 

beriladigan suvning miqdori va sifatini tekshirish; 

olinmay qolgan suv uchun tovon to’lashni talab qilish 
(tegishli shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan istisno). 
Masalan, 
2001-2002 
yillarda 
suv 
tanqisligi 
tufayli 
Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatida sug’orish 
me‘yorlari qisqartirilgan hamda ekin turini tanlash cheklangan; 

qonunda taqiqlanmagan boshqa xuquqlardan foydalanishlari 
ham mumkin. 
Suvdan foydalanuvchilar xuquqlari davlat tomonidan muhofaza etiladi. 
Lekin davlat va jamoat ehtiyojlari, ekologik xavfsizlik, muayyan 
ijtimoiy-iqtisodiy holatlarda foydalanuvchilarning xuquqlari cheklanishi 
mumkin. 
Suvdan foydalanuvchilarning ekologik nuqtai nazardan qaralgan
burchlari

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin