:
suvdan oqilona foydalanish, suv sifati hamda tozaligini qayta
tiklash va yaxshilash to’g’risida qayg’urish;
suv olishning belgilangan me‘yorlariga rioya etish;
ifloslangan suvlarni suv ob‘ektlariga oqizishni tamomila
to’xtatish chora-tadbirlarini qurish;
tabiiy ob‘ektlarga zarar yetkazilishi yo’l qo’ymaslik;
suv muhofazasi ob‘ektlarini soz holda tutish, ularning
ishlatish sifatlarini yaxshilash, olinayotgan suvni hisob-kitob
qilib borish;
suvga oid to’lovlarni o’z vaqtida to’lash.
Yuqorida qayd etilgan talablar bajarilmasa, yuridik va jismoniy
shaxslarning suvdan foydalanish xuquqlari tegishli qonun xujjatlari
asosida bekor qilinishi mumkin. Yetkazilgan zarar «Suv va
suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonunning 39-moddamiga asosan
chiqarilgan Nizom, yo’riqnomalar asosida Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilangan hollarda va tartibda undirib olinadi.
Suv qonunchiligiga binoan suv ob‘ektlaridan foydalanish
:
aholining iste‘moli, maishiy va boshqa ehtiyojlari;
davolash, kurort va sog’lomlashtirish;
qishloq xo’jaligi ehtiyojlari;
sanoat maqsadlari va issiqlik energetikasi ehtiyojlari;
baliqchilik xo’jaligi ehtiyojlari
ovchilik xo’jaligi ehtiyojlari;
alohida qo’riqlanadigan hududlar joylashgan suv ob‘ektlari;
suv transport ehtiyojlari;
oqova suvlarni oqizish;
yong’inga qarshi qurish ehtiyojlari;
davlat va jamoat ehtiyojlari;
suv omborlari, gidrouzellar va boshqa suv inshootlari;
Orol dengizi xavzasidagi suvdan davlatlararo foydalanish.
Mamlakatimizda ularning har biri bo’yicha alohida me‘yoriy hujjatlar
qabul qilinadi va ekologik-xuquqiy foydalanish hamda muhofaza qilish
ta‘minlanadi.
Suv-hayot manbai bo’lgani uchun ham undan foydalanishda birlamchi
xuquqiy talab sifatida ekologik jihatdan muhofaza qilish me‘yorlari
o’rnatiladi. Suv qonun hujjatlarida, xususan, «suv va suvdan
foydalanish to’g’risida»gi qonunning 24-bobida aynan shu masalani
xuquqiy jihatdan tartibga solish qoidalari va me‘yorlari o’rnatilgan.
Unga binoan suv ob‘ektlari kishilar sog’lig’iga, suvdan yashovchi tirik
organizmlarning kamayishi, suvning xossa va xususiyatlari (hattoki
o’zini o’zi tozalab turish), suv rejimining buzilishi natijasida sodir
bo’ladigan boshqa ko’ngilsiz holatlarning kelib chiqishini muhofaza
qilishni belgilovchi va amalda tatbiq qiluvchi yagona tartibot suvni
ekologik-xuquqiy muhofaza qilish deb yuritiladi
.
1997 yil 25 aprelda «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi
qonunning 98-moddasiga o’zgartirishlar kiritilib, suvlarni ekologik-
xuquqiy muhofaza qilishni ta‘minlovchi tadbirlarni amalga oshiruvchi
korxona, tashkilot va muassasalar mahalliy xokimiyat va davlatning
maxsus vakolatlangan organlari bilan kelishgan holda texnologik,
o’rmon –meliorativ, agrotexnika (to’g’rirog’i, agromeliorativ),
gidrotexnik, sanitar-texnik tadbirlarni o’tkazishlari shart deb qo’yildi.
Ushbu yuridik shaxslar suvga turli maishiy, sanoat, kimyoviy va fizik
chiqit va chiqindilarni chiqarishlari ta‘qiqlanadi. «CHiqindilar
to’g’risida»gi qonunning 14-moddasiga binoan korxona, tashkilot va
muassasalar chiqindi bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish xuquqiga
egalar, lekin Ushbu xuquqlari mazkur Qonunning 17-moddasida
ko’rsatilgan xavfsizlik talablari, ya‘ni fuqarolar hayoti va sog’lig’iga
yoki atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan va ekologik xavfsizlikni
ta‘minlaydigan holatdagina ruxsat beriladi. Ularning burchlari «suv va
suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonunning 103-moddasida aks
ettirilgandir.
Suv ob‘ektlarini muhofaza qilish maqsadida muayyan alohida
quriqlanadigan okrug va hududlar ajratib olinadi. 1992 yil 7 apreldagi
Vazirlar
Mahkamasining
174-sonli
qarori
bilan
tasdiqlangan
«O’zbekistonda ekologik-xuquqiy rayonlashtirish, suv omborlari va
boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va kollektorlar,
ichimlik va maishiy suv ta‘minoti ob‘ektlari, davolash va madaniy
sog’lomlashtirish hududlariga doir Nizom»ga muvofiq olib boriladi.
O’zbekistonda Suqoqsoy, Boshqizilsoy, Nuvalisoy kabi kichik daryolar
yer usti oqar suvlarning aksariyatini tashkil qiladi. Ularda ekologik-
xuquqiy talablar Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi va maxsus
vakolatlangan organlari bilan birgalikda amalga oshirilishi kerak.
Suv toshqini va sel ketishi natijasida yuzaga keladigan zararli
ta‘sirlarning oldini olish uchun tuman hokimligi tegishli chora-tadbirlar
quradi. Katta talafotlarga olib keladigan suv bilan bog’liq bo’lgan tabiiy
hodisalarning oldini olish va ularni bartaraf etish 1999 yil 20 avgustdagi
«Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida»gi qonunda belgilangan
tartibda Vazirlar Mahkamasi, viloyat, tuman va shahar hokimiyatlari
qoshida tuziladigan komissiyalar orqali hal qilinadi. Ilmiy, metodik va
amaliy ishlarni Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning bo’linmalari
olib boradi. Moliyaviy ta‘minot va moddiy yordam esa tashkilot,
korxona, muassasa, xo’jaliklar va mahalliy byudjet hisobidan,
Respublika va mintaqaviy dasturlar bo’yicha amalga oshiriladigan
tadbirlar esa Respublika byudjetidan amalga oshiriladi.
Yer osti suvlarini ekologik-xuquqiy muhofaza qilish, birinchi navbatda,
suvni chiqaruvchi va undan foydalanishni ta‘minlovchi idoralarning
xuquq va majburiyatini belgilash bilan boshlanadi. Chunki yer osti
suvlari
joylanishining
o’ziga
xos
tomonlari
yer
qa‘ridan
foydalanuvchilarning hatti-harakatlariga bevosita bog’liqdir. Yuridik va
jismoniy shaxslar yer qa‘ridan yoki yer osti suvlaridan foydalanishda
ularning kamayib ketishi, foydali xususiyatlarini yo’qotishi yoki
ifloslanishiga yo’l qo’ymasliklarga shart.
Suv
qonunchiligi
suvlarni
ekologik-xuquqiy
muhofazalash
me‘yorlarining amalda bajarilishini iqtisodiy ta‘minlash maqsadida:
suvdan maxsus foydalanilganlik, suv ob‘ektlarini ifloslantirganlik va
ularga zararli ta‘sir ko’rsatishning boshqa xil to’lovlari o’ndirib olinadi.
Ushbu to’lov turi, miqdorli va tartibi Soliq kodeksi, Vazirlar
Mahkamasining qarorlari, Moliya vazirligi va tegishli davlat
organlarning qonun osti me‘yoriy hujjatlariga muvofiq ravishda amalga
oshiriladi.
Suvdan
tejab-tergab,
yangi
texnologiyalar
asosida
foydalanuvchilar uchun «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi
qonunning 106 moddasiga muvofiq ravishda xuquqiy (masalan,
birlamchi foydalanuvchi), iqtisodiy (imtiyozli kredit), tashkiliy
(qo’shimcha korxonalar tashkil etish), ijtimoiy (tajribalarini keng targ’ib
qilish), ekologik (ekologik to’lovlardan ozod etish) va boshqa
rag’batlantirish omillarining samarali tizimini qo’llash mumkin.
Suvdan oqilona foydalanishni yo’lga qo’yish maqsadida suv zaxiralari
davlat yo’li bilan hisobga olinadi. Uning tarkibiga yagona suv fondini
tashkil etuvchi suvlarning miqdori, sifati, aholini va xalq xo’jaligining
ehtiyojlari uchun suvdan foydalanishga oid ma‘lumotlar kiritiladi.
1990-2001 yillar mobaynida O’zbekistonda toza suvdan foydalanish
52,4 kub km dan 44 kub km ga kamaygan. Undan qayta ishlatiladigani
5,9 kub km dan 4,0 kub km, ifloslangan suvlarni suv shoxobchalariga
tashlash 32,7 kub km dan 16,9 kub km, tozalab tashlangan suvlar 12,1
kub km dan 10,5 kub km ga kamaygan. Bu degan so’z xalq xo’jaligida
suvdan foydalanish va uni tozalash, oqova suv sifatini oshirish mustaqil
Respublikamizda kundan-kunga yaxshi yo’lga qo’yilmoqda.
Suvdan ekologik jihatdan foydalanish va uni muhofaza etishni
rejalashtirishda prioritet masala bo’lib aholining ichimlik va maishiy
xizmati inobatga olinadi. Rejalashtirish ilmiy va kadastr ma‘lumotlariga
asoslangan, suv xo’jaligi balanslari, kompleks foydalanish, suvga
so’ngra, maishiy xizmatga bo’lgan talabi muhofaza qilish jadvallarini
hisobga olgan holda bajarilishi kerak.
Davlat suv kadastri «Davlat kadastrlari to’g’risida»gi qonun va Vazirlar
Mahkamasi tomonidan 1998 yil 7 yanvarda 11-son qarori bilan
tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida davlat suv kadastrini ishlab
chiqish va yuritish tartibi to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq olib boriladi.
Suvning mavjud miqdori va undan foydalanish darajasini baholash esa,
daryo havzalari va tumanlar bo’yicha suv xo’jaligi balanslari asosida
belgilanadi. Suvdan kompleks foydalanish va uni muhofaza qilishning
bosh va havza (hududiy) jadvallarida aks etgan bo’ladi. Bularning
hammasi, jumladan, suv monitoringi ham Vazirlar Mahkamasi belgilab
bergan tartibda davlat byudjeti hisobidagi tegishli davlat idoralari
tomonidan olib boriladi.
Suvdan oqilona foydalanish hamda uni muhofaza qilish talablarini
buzgan yuridik va jismoniy shaxslar tegishli javobgarlikka tortiladilar.
Masalan, «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonunning 114-
moddasiga muvofiq suvdan foydalanish xuquqini boshqalarga berish
hamda davlatning egalik xuquqini oshkora yoki yashirin tarzda
buzadigan boshqa xil bitimlar xaqiqiy hisoblanmaydi.
Suv qonunchiligiga oid javobgarlik va tegishli yuridik jazo quyidagi
hollarda qo’llaniladi;
suv ob‘ektlarini o’zboshimchalik bilan egallab olgan yoki
suvdan o’zboshimchalik bilan foydalanilganda;
suvdan foydalanish limitlarini buzgan holda suv olganda;
daryolarni bulg’agan va ifloslanganda;
suvni bulg’ash va ifloslanishning yoki suv yetkazadigan
zararli ta‘sirning oldini oladigan inshootlari va qurilmalari
bo’lmagan korxonalarni, kommunal ob‘ektlarni va boshqa
ob‘ektlaridan ishga tushirganda;
suvdan (suv ob‘ektlaridan chiqarib yoki ajratib olingan
suvdan) xo’jasizlik bilan foydalanganda;
suv havzalarida suvni muhofaza qilish rejimini buzib, uning
bug’lanishiga, tuproqni suv yuvib ketishiga va boshqa zararli
hodisalar ro’y berishiga sabab bo’lganda;
suv xo’jaligi inshootlari va qurilmalariga shikast yetkazgan
va ularning vayron qilganda;
suv xo’jaligi inshootlarini va qurilmalarini ishlatish
qoidalarini buzganda;
suvning holatiga ta‘sir qiluvchi to’siqlar, nasos stantsiyalari
va boshqa inshootlarni o’zboshimchalik bilan ko’rganda;
suv haqi va suvdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun
solingan jarimalarni o’z vaqtida to’lamaganda;
rejalarda ko’zda tutilib, suvni bug’lanish, ifloslanish va
kamayib ketishidan saqlashni, shuningdek, suv holati va
rejimini yaxshilashni ta‘minlovchi gidrotexnika, texnologiya,
o’rmon-melioratsiya, sanitariya-texnika tadbirlari va boshqa
tadbirlarni amalga oshirilganda;
vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlariga o’zboshimchalik
bilan ulaganda;
foydalanish va kuzatish quduqlarini yo’q qilib tashlagan yoki
ularga zarar yetkazganda;
suv quduqlarini burg’ilashning belgilangan qoidalari va
texnologiyasini buzganda;
suvni
muhofaza
qilish
inshootlari
va
qurilmalarini
qurishning me‘yoriy muddatlarini barbod qilganda;
qurilish tugallanmagan suvni muhofaza qilish inshootlarini
ularning samarali ishlashiga salbiy ta‘sir etuvchi, kamko’stini
bitirmay va loyihadan chetga chiqishlar bilan foydalanishga
topshirganda;
suvni muhofaza qilish hududlariga rioya etilmaganda;
suvdan foydalanilganlik haqidagi davlat hisobotlarini taqdim
etmagan yoki ushbu ma‘lumotlarni buzib ko’rsatganda;
tabiatni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi
organlarning ko’rsatmalarini bajarmaganda;
alohida qo’riqlanadigan suv ob‘ektlari rejimini buzganlikda
aybdor bo’lgan shaxslar qonunlarga muvofiq jinoiy, ma‘muriy
va o’zga tarzdagi javobgarlikka tortiladilar. Qonunlarda suvga
oid boshqa turdagi xuquqbuzarliklar uchun ham javobgarlik
belgilab qo’yilishi mumkin.
Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, dexkon xujaliklari xamda
fukarolar suv tugrisidagi konunlarni buzish natijasida yetkazilgan
zararlarni konunlarda belgilangan mikdorda va tartibda koplashlari shart.
Uzboshimchalik bilan egallab olingan suv ob‘ektlari va konunchiz
foydalanish vaktida kilingan xarajatlar koplanmagan xolda uz egasiga
kaytarib olib beriladi. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan
yetkazilgan zararni koplash tegishli konunlarda belgilangan mikdorda va
tartibda amalga oshiriladi. Suv ob‘ektlari, shaxslar va davlatga zarar
yetkazishda aybdor bulgan mansabdor shaxslar xamda boshka xodimlar
ma‘muriy javobgarlik koidalariga muvofik ravishda moddiy
javobgarlikka tortiladilar.
|