Uchinchidan. Toza suv doimo harakatdadir. U ko’pincha daryolar orqali
bir davlatdan ikkinchi bir davlatga o’tib boradi. Bu degan so’z daryo
suvining muhofazasi xalqaro muammolar toifasiga kiradi va
davlatlardan juda katta diplomatik mahorat talab qiladi.
To’rtinchidan. Okean suvlarining keskin ravishda ifloslanishi atmosfera
havosida kislorodning kamayishiga sabab bo’lmoqda. Chunki kislorodni
«ishlab chiqaruvchi» okean yuzasidagi
planktonlar ifloslanayotgan
okean suvlarida kamayib boryapti.
Beshinchidan. Deyarli barcha xalq xo’jaligi sohalarida suv ishlatiladi.
Gidroresurslarning imkoniyati kamayib, unga talab esa ko’payib
bormoqda. Xo’jalikda ishlatilayotgan suv ham, afsuski,
toza-chuchuk
bo’lishi kerak ekan. Agrar respublika bo’lgan O’zbekistonda xalq
xo’jaligining asosiy tarmog’i-qishloq xo’jaligi. Qishloq xo’jaligi
maxsulotining 95% sug’oriladigan yerlardan olinadi.
Oltinchidan. Markaziy Osiyoda chuchuk suv zahirasi-183 km kub
(undan Amudaryo 78 km kub va Sirdaryoda-36 km kub). uning
aksariyati sug’orish uchun ishlatiladi va turli sun‘iy
suv havzalari
(kolelktor, drenaj, suv omborlari, tashlandiq ko’llar)da va yer ostida
yig’ilib, Orol ko’li muammosini yuzaga keltirdi.
Xalqimiz «Suv-hayot manbai, suv bor joyda hayot bor»,
deb bejiz
aytmagan. Suvlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish
nafaqat global, regional, balki o’ta dolzarb milliy masaladir.