Xalq xo’jaligini faoliyat ko’rsatishi, qishloq xo’jaligi ekinlaridan
barqaror hosil olinishi suv xo’jaligi ob‘ektlarining ishonchli hamda
bexatar ishlashiga bog’liqdir. Mana shunday shar – sharoitlarni
ta‘minlash bunday ob‘ektlarning texnik holati ustidan nazorat
kuchaytirilishi, turli vazirliklar va idoralar faoliyati muvofiqlashtirishini,
Markaziy Osiyo davlatlaridagi suv xo’jaligi tashkilotlarining baxamjixat
hararakat qilishlarini taqozo etadi. Shuningdek, katta va alohida muhim
suv xo’jaligi ob‘ektlarining ishonchli texnik holatini hamda bexatar
ishlashini ta‘minlash ko’zda tutilgan.
Bundan tashqari, hozirgi paytda aholi
yashash joylarini ichimlik
suvi bilan ta‘minlash va uni muhofaza qilish maqsadida hukumat
tomonidan ham bir qator chora – tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu muammoning yechimi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1999 yil 1 iyunda qabul qilingan «Qishloq aholi
yashash joylarini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlashni yanada
yaxshilash chora – tadbirlari to’g’risida»gi Qarorida ham o’z ifodasini
topgan.
Uning 5 – bandida qishloq aholisini ichimlik suvi bilan ta‘minlash
samaradorligini oshirish va sifatini yaxshilash maqsadida qishloq suv
ta‘minoti idoraviy tizimlarni kommunal xizmat ko’rsatish hududiy
organlari balansiga berish yo’li bilan yo’li bilan ichimlik suv ta‘minoti
sohasida tarkibiy o’zgartirishlarning amalga
oshirish va mintaqaviy
va mintaqalararo magistral suv quvurlaridan foydalanishning yagona
tizimini yaratish maqsadga muvofiq deb hisoblanishi alohida
ko’rsatilgan.
Suvni xuquqiy muhofaza qilish maqsadiuning ma‘lum vazifalarini ham
amalga oshirish holati bilan bog’liqdir.
«Suv
va
suvdan
foydalanish
to’g’risida»gi
Qonunda
ko’rsatilishicha, «Hamma suvlar aholi sog’lig’iga zarar yetkazishi
shuningdek baliq zahiralarining kamayishi, suv ta‘minoti sharoitining
yomonlashishi hamda suvning fizikaviy, kimyoviy va biologik xossalari
pasayishi, suvning tabiiy tozalanish xususiyatining kamayishi suvni
gidrologik va gidrogeologik rejimining buzilishi natijasida kelib
chiqadigan boshqa ko’ngilsiz hodisalarga olib kelishi hollaridan
muhofaza qilinishi kerak» (97 - modda).
Suv to’g’risidagi qonunda, faoliyati suvlarining holatiga ta‘sir etuvchi
korxonalar, tashkilotlar va muassalar, mahaliy hokimiyat organlari,
tabiatni muhofaza qilish, suv xo’jaligi, sanitariya nazorati organlari
hamda boshqa mafaatdor idoralar bilan kelishilgan holda texnologiya,
o’rmon – melioratsiya va agrotexnika, gidrotexnika, sanitariya – texnika
tadbirlarini o’tkazishlari shart, deb ko’rsatilgan.
Suv manbalarini ifloslanishdan muhofaza
qilishning eng yaxshi
yo’li markazlashgan suv ta‘minotini tashkil qilishdan iborat.
Ochiq suv havzalaridan suv olinadigan joyni tanlashda suvning
ifloslanmasligi, suv havzasiga yetarli miqdorda suv tushib turishini, suv
havzasi atrofining to’silganligini, qirg’oqning buzilmasligini hisobga
olish kerak. Suv olinadigan joyni tanlash har safar murakkab sanitariya
masalasi hisoblanadi. Muhimi, suv olinadigan joyni tanlash oqova suvlar
tushadigan joydan yiroqligi aholi yashaydigan punktning istiqboli, ya‘ni
kengayishi nazarda tutiladi. Shuningdek, suv olinadigan joy daryo
irmoqlari chuqurligi kamida 2,5 metr bo’lgan, qirg’og’i yuvilmaydigan
joydan olinadi. Bu qoida suv omborlariga ham tegishlidir.
Har qanday suv manbai, ayniqsa ochiq suv havzalari tashqi muhit
bilan bog’langanligi va
suv sifatiga tabiiy hodisalar, sanoat va
communal qurilishlar, aholining xo’jalik va turmushdagi faoliyati ta‘sir
qilishni hisobga olib, vodoprovod qurilishida albatta, sanitariya zonasi
tashkil etish kerak.
Mavjud qonunchilikka asosan tashkilotlar barcha vodoprovod
uchun sanitariya muhofazasi zonasi tashkil qilishlari kerak.
Sanitariya maishiy suv ta‘minotidan foydalanadigan rayonlarda
sanitariya muhofazasi zonasi yaratish zarur.
Bunday hollarda sanitariya
nazorat organlari va shu teritoriyadagi suvdan foydalanishni va
muhofaza qilishni boshqaradigan organlarga quyidagi hajmli yer
ajratiladi:
Dostları ilə paylaş: