- ochiq suv havzalari uchun 100 m. Suvni ikkala qirg’og’iga inspektorlik
yo’llari qilinadi, shahar doirasida esa qirg’oqlar qo’shimcha
ravishda
obod qilinadi:
- o’zanli va suv qo’yilib turadigan suv ombori uchun 300 m chor atrofi
muhofaza qilinadi:
- arteziyan quduq uchun foydalaniladigan ayrim quduqlar, buloqlar va
chashmalar yoki yer osti suvlari usti 30 m radiusda suvga chidamli
materiallar bilan yopiladi, maydoni kamida 0,25 ga bo’ladi;
- ayrim quduqlar uchun yer osti suvi yoki infiltratsion suvdan
foydalanganda 30 m radiusda usti yopiladi, maydoni kamida 0,75 ga
bo’ladi.
Ayrim rayonlarda, masalan, yirik shaharlar yoki korxonalarda qishloq
xo’jaligida zaxarli ximikatlar ko’p ishlatilganda sanitariya nazoratining
tegishli organlari talablariga ko’ra, bu zonalar kengaytirilishi mumkin.
SHuningdek, yuqorida ko’rsatilgan «Davlat suv xo’jalik
nazorati»ning suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi
vazifalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 24 maydagi
Farmonida belgilab berilgan.
«Davsuvxo’jaliknazorat» davlat nazorat organi hisoblanib, quyidagi
asosiy vazifalarni hal etilishini ta‘minlaydi:
katta va alohida muhim suv xo’jaligi ob‘ektlaridan
foydalanishda ularning ishochli texnik holatini ta‘minlash
ustidan nazoratni amalga oshirish hamda bexatar ishlashini
ta‘minlash;
-katta va alohida muhim suv xo’jaligi ob‘ektlarining
bexatarligi mezonlari hamda qoidalarini ishlab chiqishni tashkil
qilish va tasdiqlash;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda katta va
alohida muhim suv xo’jaligi ob‘ektlari texnik holatining
ishonchliligi hamda bexatar ishlashini ekspertizadan o’tkazish;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda katta va
alohida muhim suv xo’jaligi ob‘ektlari texnik holatining
ishochliligi hamda bexatar ishlashini ekspertizadan o’tkazish;
tegishli vazirliklar va idoralar bilan birga bog’liq
hodisalarni oldini olishga doir takliflarni ishlab chiqish;
katta va alohida muhim suv xo’jaligi ob‘ektlarni qurish va
qayta qurish loyihalarni ekspertizadan o’tkazishni tashkil etish,
ularni barpo etish sifati va foydalanishga qabul qilinishi ustidan
nazoratni amalga oshirish;
tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda katta va
alohida muhim davlatlararo hamda chegara bo’yi suv xo’jaligi
ob‘eklaridan puxta va bexatar foydalanish masalalarining
Markaziy Osiyo davlatlari bilan bartaraf etilishini ta‘minlash;
katta va alohida muhim suv xo’jaligi ob‘ektlaridan
foydalanishda
ularning
ishonchlitexnik
holatini
oshirish
masalalarini ko’rib chiqish hamda ularni O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
«Davsuvxo’jaliknazorat» ning o’z vakolatlari doirasida qabul qilingan
qarorlari vzirliklar, idoralar, korporatsiyalar, kontsernlar, uyushmalar,
korxonalar, muassalar, tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati
organlari tomonidan ijro etish uchun majburiy hisoblanadi.
Suv qonunchiligi va ushbu talablarni bajarmaslik suvdan xo’jasizlarcha
nooqilona foydalanish deb hisoblanib, uni muhofaza ailishni xuquqiy
tartibini buzish deb qarash mumkin.
Basharti, foydali qazilmalar konlarini qidirish, ularni o’rganish va
ulardan foydalanish bilan bog’liq burg’ilash hamda boshqa kon qidiruv
ishlarini bajarish chog’ida yer osti suvlari bor qatlamlar aniqlangan
taqdirda bu haqda tabiatni muhofaza qilish, suv xo’jaligi organlariga
ma‘lum qilinishi hamda belgilangan tartibda yer osti suvlarini muhofaza
qilishga qaratilgan chora tadbirlar qurilishi lozim. Basharti, sanoat oqova
suvlarini oqizish uchun qaziladigan quduqlar suvli qatlamlarni
ifloslantirish manbaiga aylanishi mumkin bo’lsa, bunday quduqlar
qazish hollari man etiladi.
O’z-o’zidan suv chiqarib, suvni foydalanish uchun yaroqsiz
bo’lgan quduqlarga suvni boshqarish uskunalari o’rnatilishi, ular
qonunlardan belgilangan tartibda to’xtalib qo’yilishi yoki tugatilishi
lozim.
Sifatli yer osti suvlari to’planadigan manbalar hududida qattiq va
suyuq chiqindilar to’plash, axlatxonalar barpo etish, yer osti suvlarining
ifloslanish manbaiga aylanish ehtimoli bo’lgan sanoat, qishloq xo’jalik
ob‘ektlari va boshqa ob‘ektlar qurilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Yer osti suvlarini muhofaza qilish chora tadbirlarini qurish, shu
jumladan quduqlarni kuzatish tarmog’ini yaratish faoliyati yer osti
suvlarining holatiga ta‘sir ko’rsatuvchi korxonalar tomonidan amalga
oshiriladi. Qonunning 102 – moddasida quyidagilar ta‘kidlanadi:
xo’jalik faoliyati kichik daryolarning holati va rejimiga salbiy ta‘sir
ko’rsatuvchi korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, dehqon xo’jaliklari
suv xo’jaligi, tabiatni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda suvni,
uning musaffoligi va sifatini saqlash chora tadbirlarini qurishlari lozim.
Yuqoriladigan ko’rinib turibdiki, suvni xuquqiy muhofaza qilish,
suv xuquqi me‘yorlari bilan hamda boshqa xuquq me‘yorlari bilan ham
tartibga solinadi.
Suvni muhofaza qilish, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
«Tabiatni muhofaza qilish», «O’rmon to’g’risida»gi, «Yer kodeksi»,
«Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida»gi, «Ekologik
ekspertiza», «CHiqindilar to’g’risida»gi qonunlar hamda Mehnat,
Fuqarolik, Jinoyat va ma‘muriy javobgarlik to’g’risidagi kodekslar bilan
tartibga solinadi.
Bulardan tashqari, suvdan foydalanish maqsadiga qarab, «Fermer
xo’jaligi»; «Dehqon xo’jaligi», «Qishloq xo’jalik kooperativlari
to’g’risida»gi qonunlari bilan ham tartibga solinishi mumkin.
Suvni xuquqiy muhofazasi to’g’risida gapirganda «Suv
muhofazasi», «Suvni xuquqiy muhofaza qilish», «Suvdan foydalanish
huquqini himoya etish» kabi tushunchalar ma‘nosini to’g’ri tushunish va
farqlash lozim.
Suv muhofaza – bu «Suv resurslari va manbalarini muhofaza
qilish» tushunchasiga nisbatan keng bo’lib, u o’zida suvni muhofaza
qilish jarayonida barcha tabiat boyliklarini ham saqlash, tiklash va
ulardan foydalanishda sanitariya biologik va ekologik talablari rioya
qilish jarayonida suvni muhofaza qilishni talab etadi. «Suvni xuquqiy
muhofaza qilish» jarayoni esa, tabiatni muhofaza qilish, suv va suvdan
foydalanish to’g’risidagi qonun talablariga asosan, suv manbalaridan
oqilona foydalanish, uni tabiiy xossasini saqlash, ifloslanishiga yo’l
qo’ymaslik, suv resurslarini, manbalarini muhofaza qilishga qaratilgan
boshqa tadbirlarni amalga oshirishda, suv, sanitariya to’g’risidagi qonun
talablarini buzilishiga qarshi kurashish, suvdan foydalanish va uning
muhofaza qilish sohasidagi xuquqbuzarliklarni oldini olish bilan bog’liq
va boshqa holatlarni o’z ichiga oladi.
«Suvdan foydalanish xuquqini himoya qilish» deganda esa, suvdan
foydalanuvchilarning xuquq va manfaatlarini himoya etish, ya‘ni suvdan
foydalanuvchilarning suv munosabatlari bo’yicha sub‘ektiv xuquq
vakolatlarini amalga oshirishga to’sqinlik qilishni bartaraf etishga
qaratilgan xuquqiy ekologik me‘yorlar yig’indisi tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: |